188
ARAB TILI FANI BOYICH A TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING KONSEPTUAL
ASOSLASI
1. «ARAB TILI » FANINING DOLBZARBLIGI VA
O’QITISH STRUKTURASI
Arab tili
«somiy
» tillar guruhiga kiradi. Arab tilining adabiy shakli islom dini paydo
bo‟lmasdan oldingi davrga to‟g‟ri keladi. Biroq uning grammatik va talaffuz qoidalari faqatgina
IX-XIII asrlarda ishlab chiqilgan.
Aynan mana shu davrga kelib arab tilining filologlari tamonidan folklor va
badaviylarning poeziyasi va grammatikasi, leksikollogiasi, she'riyat qonun goidalari ishlab
chigilgan. Bir necha asrlar davomida mana shu klassik adabiy arab tilida o‟sha zamonning boy
bilimlari asosida ko‟p ilmiy asarlar yozildi.
Arab davlatlarining kengayishi natijasida arab tili o‟zining qadimiy vatanidan ham
tashqariga yoyilib katta joyni egalladi.U Yaqin va Uzoq sharq, Shimoliy Afrika
mamlakatlarigacha tarqadi. Klassik adabiy arab tili ko‟p vaqtlar Sharqiy Osiyo mamlakatlarida
halqaro aloqa til bo‟lib kelgan.Dunyo fani ravnaqiga chuqur iz qoldirgan buyuk bobolarimiz
Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‟oniy, Marg‟inoniy, Ibn Sinolar Muhammad Xorazmiy,
Mahmud Zamaxshariylar bu tilda ilmiy asarlar yozganlar.
Klassik adabiy arab tili shakllanayotgan vaqtda Arabistonda adabiy arab tilidan farq
qilgan ko‟pchilk arab qabilalarining dialekti va so‟zlashuvi mavjud bo‟lgan. Keyinchalik tarixiy
sabablarga ko‟ra badiiy klassik til o‟zgarmasdan keldi, lekin shu bilan birga xalqlarning
so‟zlashuv dialektikasi o‟zgarib, tillarning umumiy qoidasi bilan birga rivojlanib bordi. Vaqt
o‟tishi bilan dialektika va adabiy til o‟rtasida farq chuqurlashib ketdi. Natijada bizning vaqtga
kelib klassik adabiy arab tili oddiy bilimsiz arab uchun tushunarsiz bo‟lib qoldi (ya‟ni faqat
o‟zining shevasida gaplashuvchilar uchun).Bir tamondan hozirgi zamon adabiy arab tili
dialektikasi hududiy jihatdan uzoq bo‟lganlihgi uchun ular fonetikada, leksikada va
grammatikada bir-biridan farq qiladi.Hozirgi vaqtga kelib ba‟zi bir arab dialektlari mustaqil tilga
aylanib qolgan.
Hozirgi zamon adabiy arab tiliga kelsak, u klassik tilning yangi shakli bo‟lib, uning
rivojlanishi yangi tarixiy sharoitlarga to‟g‟ri keladi.U XIX asrga kelib, avvalo matbuot va
publisistika uchun xizmat qilib so‟ngra esa yangi adabiy arab tili sifatidа shakllandi.Shu bilan
birga Evropa tillaridan ko‟p so‟zlar o‟zlashtirildi: Hozirgi zamon arab tili quyidagi davlatlar
uchun davlat tili hisoblanadi Suriya, Iroq , Livan, Saudiya Arabistoni, Yaman, Liviya, Jazoir,
Marokash, Sudan, Iordaniya, Tunis, Misr va boshqa davlatlar.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |