1.2. Pxesol adabiyoti rivojlanishi
O'rta asrlarda pxesol adabiyoti yo'nalishi xanmundagi "yuksak" nasrga qarama-qarshi o'laroq yaratilgan kichik nasr hisoblanadi. Bu adabiyot alohida har xil xarakterdagi asarlarni o'z ichiga olgan to'plamlar shaklida rivojlanadi. Pxesol termini etimologik jihatdan, "pxe" - "mayda tariq doni", ko'chma ma'noda "kichik", "bo'shliq", "ahamiyatsiz" va "sol" - "hikoya", "qissa'ni anglatadi. Pxesol adabiyoti XII-XIV asrlarda paydo bo'lgan bo'lib, u o'rta asrlar koreys nasrining rivojlanishida katta tarixiy ahamiyatga ega. O'z maqsadiga ko'ra, rasmiy va norasmiy tarixnavislikning vazifasi -tarix to'grisida hikoya qilish, Konfutsiy ta'limotiga muvofiq, hukmdor va fuqaroning qanday bo'lishi kerakligini ko'rsatish, ibratomuz hikoyalarni yaratishdan iborat bo'lgan. Tarixnavislik manbalarida o'gzaki ijoddan asosan,voqealarni tarixiy boyitish, yoki doimiy manbalarning yo'qligi, yoki kitobxonda ko'proq taassurot qoldirish maqsadida foydalanilgan. Pxesol adabiyoti esa norasmiy tarzda tarqalgan, pxesol mualliflari o'zlarining to'plamlariga ba'zi tarixiy "o'rinli rivoyatlarni" xalq ogzaki ijodidan olib kiritganlar.
Shunday qilib, "Yuksak" nasr bilan birga "tuban" nasrdagi janrlar ham paydo bo'ladi.Pxesol xalq ogzaki ijodidan oziqlansa-da, folklor syujetidagi shartlilik o'rnini badiiylik egallaydi va u adabiyotning bosh g'oyasiga aylanib boradi. Bu holat amaldagi tarixnavislik prinsipi buzilganligidan darak berardi. Zero, aynan, adabiyotning pxesol yo'nalishida real voqelikning badiiy tasviri o'z aksini topadi. Xalq ogzaki ijodida "hayotiy faktlar"ni berish an'ana bo'lsa, badiiy adabiyotda uhga ko'chirma, badiiy to'qima sifatida qaraladi. Syuetli nasrning rivojlanish tarixida birinchi marta pxesolda mualliflar tomonidan u san'at asari misolida talqin etildi. Lekin, aslida pxesolni yozishdan maqsad, "kitobxonni qiziqtirish" yoki "jiddiy ilm" dan biroz chalg'ish hisoblangan. Agar rasmiy tarixnavislikda inson obrazi faqat shaxs yoki fuqaro sifatida konfutsiy ta'limoti nuqtai nazaridan talqin qilingan bo'lsa, pxesol mualliflarini odamlarning turmush tarzi ko'proq qiziqtirardi. Pxesol mualliflari adabiyotga xalq ogzaki ijodi asarlarini - afsonalarini, xalq novellalarini, anekdotlarni, rivoyatlarni, ba'zi adabiy masalalarni ham kiritdilar. Bularning hammasi XV asrda yaratilgan pxesol to'plamlaridan joy olgan janrlar edi.4
Xullas, pxesol adabiyoti o'zining yaratilishi davridan boshlab, rasmiy tarixnavislikdan ajralib chiqadi, adabiyotning oldidagi yagona va yangi maqsadi - "kitobxonni qiziqtirish" bo'ldi. Bu o'z navbatida, qiziqarli real tarixiy faktlar bilan bir qatorda syujetli manbalarni ham talab qilardi. Uydirma syujet mustaqil manba sifatida adabiyotga kirib kela boshladi. Keyinchalik, xalq ogzaki ijodi asarlarini ijodiy o'zgartirishga o'tib, mualliflar pxesol novellasini yaratdilar. O'rta asrlar koreys nasrida pxesol novellasining yaratilishini kuzatish XV-XVI asrlarda pxegvanlar bajaradigan asosiy ish hisoblanardi. Albatta, bunday keng qamrovli adabiyotni o'zlashtirish qiyin edi. Shuning uchun pxesol novellasining ba'zi bir o'ziga xosliklarini va yaratilishi tog'risida to'xtalamiz: Yangi Li dinastiyasi kiritgan islohotlar natijasida feodal koreys jamiyatining barcha jabhalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish avj oladi. Ichki mehnat bozorida kattagina o'zgarishlar bo'lib, hunarmandchilik keng taraqqiy etdi, ichki va tashqi savdo qaytadan tiklandi. Shaharlar tez o'sa boshladi, aniq fanlar, falsafa, san'atning xar xil turlari rivojlandi. XV asr Koreya taraqqiyoti tarixida oltin burilish davri bo'ldi. Bu davr - haqiqiy koreys tili tovushlari aks etgan yozuvning paydo bo'lshi, po'lat shriftlarning yaratilishi va shiddat bilan kitob bosib chiqarish rivojlangan asr bo'ldi. XV-XVI asrlar pxesol adabiyoti gullab yashnagan davr hisoblanadi.
Kundalik turmush tarziga yaqinroq voqea-hodisalarni qiziqarli va hayotiy qilib tasvirlash allaqachon xalq ogzaki ijodida mavjud usul edi. Ayniqsa, anekdot va novellalarda (minxva) bu usul kuchli rivojlangan edi. Aynan shu janrlar pxesol mualliflari diqqatini jalb qilgan edi. Ular o'zlarining to'plamlariga xalq ogzaki ijodi syujet va obrazlarini kirita boshlaydilar, ijodiy o'zgartirishlar natijasida adabiyotda pxesol novellasi shakllanadi. Bu to'g'rida rus olimi D.S.Lixachevning "Yangi janrlar xalq og'zaki ijodi va adabiyotining kichik bo'laklaridan kelib chiqishi" to'g'risidagi fikri o'rinlidir.XV-XVI asrlar Koreyada novella janrining tugilishi davri hisoblanadi. XV asrda Koreys shoiri, konfutsiychi olim Kim Si Sip (1435-1493) o'zining "Kimodan yangi hikoyalar" nomli novellalar to plamini yaratdi. Bu to'plamga kiritilgan asarlar nihoyatda murakkab novellalar hisoblanadi, ammo pxesol adabiyotining bu davrida klassik novella mustaqil tarzda hali unchalik rivojlanmagan, ko'proq u oddiy anekdot ko'rinishida uchrardi. Klassik novella paydo bo'lishining dastlabki davrida (XII-XIII asrlarda) novella tarixiy xarakterini ma'lum me'yorda saqlaydi. Keyingi bosqichda (XV-XVI asrlarda) u sezilarli darajada tarixnavislikdan uzoqlashadi. Mashhur adabiyotchilar So Godjon, Son Xen va boshqalar qimmatli xalq ogzaki ijodi janrlaridan badiiy manba sifatida kengroq foydalana boshlaydilar, ammo ular o'zining badiiy g'oyaviy qimmatini hamda demokratik ruhiyatini yo'qotmaydi. Xususan, anekdot va xalq novellalari xalq ogzaki ijodidan yuksak adabiyotga qarshi bo'lgan goyalarni olib kiradi, unda feodal jamiyatning salbiy tomonlari tanqid qilinadi.
Pxesol mu lari o'zlarining to'plamlariga xalq yaratgan, nafaqat kitobxonni qiziqtiradigan, balki, ularning o'z xalqining real hayoti to'g'risidagi qarashlarini kengaytiradigan anekdotlarni ham kiritadilar. Ularda feodal koreys jamiyatining bir butunligini inkor etuvchi fikrlar ochiq-oydin aytilardi, ba'zi pxesollarda da tarqoq jumhuriyatlarning alohida kamchiliklari fosh qilinar, shu jumladan, vanlar to'grisida ham achchiq tanqidiy fikrlar ochiq aytilardi, Adabiyotda demokratik g'oyalarning rivojlanishi tufayli oddiy xalqning o'zligiga e'tibor berila boshlandi. Xanmun adabiyotining aksi o'laroq, pxesolda ahamiyatsiz, martabasi past hamda idealga yaqin bo'lmagan odamlar (mayda odamlar mavzusi) ga qiziqish uyg'ondi, negaki bunday obrazda kitobxon o'zining hayot tarzini, g'am-tashvishlarini ko'rardi. Pxesol mualliflari kundalik hayot tarzini ko'rsatishga intilishardi, hamda oddiy odamlarning real maqsadlarga intilishini tasvirlashardi. Xalq novellasining asosida ularning demokratik harakatlari va optimizmga asoslangan xushchaqchaqlik yotardi.Xullas, XV asr koreys o'rta asrlar adabiyotida, jumladan, koreys novellasi tarixida, har tomonlama va shiddatli rivojlanish davri edi. 2. XV asrlarda pxesol novellasi allaqachon tuban adabiyot janri sifatida o'z o'rnini topgan bo'lsa-da, hali to'liq shakllanib ulgurmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |