Sharq olamida azaldan adabiyot so‘z san’atiga alohida nazar bilan qaralgan. Adabiyot asrlar davomida uch tarkibiy qismga ajratilib, ularning har biri mustaqil fan sifatida chuqur tadqiq etilgan



Download 137,5 Kb.
bet3/3
Sana19.04.2022
Hajmi137,5 Kb.
#564496
1   2   3
Bog'liq
Sharq olamida azaldan adabiyot so‘z san’atiga alohida nazar bila

zarb va masil so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, “masallar yig‘indisi”manosini beradi. Masal so‘zi o‘tmishda biz hozir qo‘llaydigan maqol ma’nosida ishlatilgan. Zarbulmasal so‘zga maqol qo‘shib gapirish, o‘xshashi va dalilini keltirish ma’nolarini ham anglatadi. Zarbuhmasal bo‘lish — el og‘ziga tushish, afsona bo‘lish, mashhur bo‘lish ma’nolarida ham keladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki. Gulxaniy o‘z davri va zamondoshlarini asarda zarbulmasal qilgan. Asar qahramonlari o‘z nutqlarida vaziyatga mos ko‘plab maqollarni keltiradilar, to‘g‘rirog‘i, maqollar yordaimida gapiradilar. Shu bilan birga, ular bir-birlariga turli masal va hikoyatlarni aytib beradilar. Asarda Yapaloqqush va Boyo‘g‘li bir-biriga quda bo‘lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda to‘y bahonasi bilan mamlakatni honavayron qiladi. Yozuvchi Ko‘rqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Sho‘ranul, Malik shohim va Kordonlarning bir-biriga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning g‘oyaviy mazmunini ochadi.
Yapaloqqush va Boyo‘g‘li yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochkoz va qonxo‘r bo‘ri, aldamchi va shayton tulkilarga o‘xshaydi. Bularning o‘y-fikrlari, yurish-turishlari shumlik, shahar va qishloqlarning vayron bo‘lishi ular uchun bayramdir.
Gulxaniyning “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulug‘ladi, qo‘lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo‘lma, ko‘r- ko‘rona birovga taqlidqilib falokatga yuliqma, degan fikrni maymun qismati orqali ko‘rsatadi. Najjor esa juda aqlli va mohit hunarmand sifatida tasvirlanadi. U ijtimoiy, foydali mehnat bilan shug‘illanishni har narsani yuqori qo‘yadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, durodgorlik mahoratini katta mahoratni katta muhabbat bilan muhabbat bilan tasvirlar ekan, hattoki maymuni ham mehnatga muhabbat bilan qaraydi, hunariga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni olg‘a suradi. Bu masal Ezopning “Burgut Zag‘cha va Cho‘pon” masalida ham keltirilganligini ko‘rish mumkin.
Mehnatkash xalqning og‘ir hayoti, huquqsizligi va nochorligi, bir so‘z bilan aytganda ayanchli qismati “Tuya bilan bo‘toloq”da o‘ziga xos badiiy ta’sirli qilib beriladi. Shoirning tasvirlashicha tuya hayotda, ezilgan, tutqin, erk-ixtiyorsiz, og‘ir mehnat bandisi hamda qul qismatiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy obrazidir. Bo‘taloq esa ona sutiga to‘ya olmay, og‘ir mashaqqatli hayot kechirgan, och-yalang‘ochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.Jumladan, adib “Toshbaqa va Chayon” rivoyatida jamiyatdagi nohaqliklarni, yovuz, nonko‘r insonlarning obrazini ochib bergan.
Muallifning ushbu masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki obraz berilgan: Toshbaqa – aqlli, farosatli, safarlarda ko‘p yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli sodiq va qadrdon do‘st timsoli. U o‘z hamrohi chayonning suvdan o‘ta olmasligini bilgach, uning yordam qo‘lini cho‘zadi. Lekin toshbaqa chayonning xiyonatini “sen bilmaysanmi? Chayonning muddosi hoh do‘sting ko‘ksiga, hoh dushmanning oraqasiga bo‘lsin nish urishdir” degan javobni eshitgach uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga o‘xshagan odamlar bilan do‘st va hamroh bo‘lmaslikka, kishi o‘zini va taqdirini o‘shanday kishilarga topshirib qo‘ymaslikka chaqiradi.
Shuningdek, adib badiiy so‘zning nechog‘liq qudratli ekanini, uni qadriga yetadigan kishilarga aytish kerakligi, behuda isrof qilmaslikni maqollar misolida shunday ta’riflaydi: “So‘zni aytqil uqqanga, jonni jonga suqqanga, so‘zni aytib netarsan, ondin yamon tuqqanga”, “Yaxshilar topib so‘zlar, yomonlar qopib so‘zlar”, “Agar so‘z jona paydo qilmasa so‘z, ani so‘z demagil, ey majlis afro‘z”, “Shirin-shirin so‘zlasang ilon inidan chiqar, achiq-achiq so‘zlasang musilmon dinidan chiqar” va boshqa bir qancha maqollar keltiradi.
“Zarbulmasal”da 400 ga yaqin maqol, matal, naql va 15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush-tarzi, an’ana va marosimlari, og‘zaki va yozma adabiyotni chuqur bilganligidan dalolat beradi. U mashhur hind eposi “Kalila va Demna” Abdurahmon Jomiyning “silsilat uz-zahab” asarlari, shuningdek, Sa’di Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, So‘fl Olloyor kabi ulug‘ so‘z ustalari hikmatlaridan ham mahorat bilan foydalangan.
5.Muvashshah (“bezatilgan”) – ma’naviy san’at turlaridan biridir. Ayni vaqtda buning o‘zi mustaqil she’riy janr hisoblanadi. Bunda she’r, asosan, g‘azal shaklida yoziladi. She’r misralari boshidagi terma harflar yig‘indisidan birorta ism yoki narsaning nomi kelib chiqadi. Muvashshah janrida inson nomi berkitilib, o‘sha odam haqida ta’rif beriladi. Boshqacha aytganda, xat boshidagi harflarni tepadan pastga qarata o‘qilganda, kishining ismini bilib olish mumkin. Ba’zi o‘rinlarda ichki va tashqi harflar tartibida ham bo‘lishi mumkin. Azaldan maktub hamda yodgorliklarda, shuningdek, oyat, hadis va hikmatli so‘zlar she’r tarkibiga joylash maqsadida foydalanilgan. Dastlab muvashshah janri IX-X asrlarda Ispaniyada arab shoiri Muqaddam ibn Muaf tomonidan ijod qilingan.
So‘zlarimizning bosh mezoniga qayta murojaat qilamiz. Navoiy ta’biri bilan aytganda, Hirot adabiy muhitida “so‘z pardozchisi”, “qasida maydonining chavandozi” va “o‘z zamonasining mislsiz so‘z ustozi” deb tan olingan Xoja Savojiy va Mavlono Kotibiyning “Dah bob” (“O‘n bob”), Mavlono Ahli Sheroziyning dostonlari boshdan-oyoq ikki vaznli va qo‘shqofiyali bo‘lib, qofiyalarning birinchisi – to‘g‘ri so‘zlardan, ikkinchisi – tajnislardan tashkil topgan. Bu allomalarning katta-kichik qasidalari ham muvashshah shaklida yozilgan. She’rning ayrim so‘zlaridan yoki baytlarning boshlanish harflaridan yangi she’rlar kelib chiqadi. Shunaqa usullar bilan kelib chiqqan ruboiy va qit’alarda yana o‘ziga xos “san’at” mavjud bo‘ladi. Bu janrning mukammal namunalari Munis, Ogahiy, Shavqiy, Uvaysiy, Muqimiy, Furqat, Maqsud Shayxzoda, Erkin Vohidov kabi shoirlar ijodida ravnaq topgan.
Oy desam oftoba o‘xshar,
dilrabo hayronlaring,
Jonima qasd otlamoqda
tiyrati mujgonlaring
deb boshlanadigan g‘azal-muvashshah shoir Yolqin qalamiga mansub bo‘lib san’atkorlar murabbiysi Ovtodxon Murodovaga atab yozilgan. Yetti banddan iborat g‘azalning bosh harflari bittadan tashlanib, bo‘yiga o‘qilganida – “OVTODXON” ismi paydo bo‘ladi.
Uvaysiy Alisher Navoiydan so'ng lug‘z-chiston, muammo va muvashshah janrlariga alohida e’tibor berdi, bu sirli janrlaming adabiy ijodda an’ana sifatida davom etishida katta xizmat qildi. Fikrimizcha, Nodira Uvaysiyga kanizak va yosh qizlaiga balog‘at(she’r ilmi), advor (musiqa) ilmlarini o‘rgatishni Uvaysiyga topshirgan. Uvaysiy bu imkoniyatlardan unumli foydalanib, navnihol yoshlarning bilimi va topqirliklarini chuqurlashtirish, so‘zga chechanligini oshirish maqsadida muammo baytlar, tajnisli qit’alar, fardlar, chistonlar, muvashshahlar yozib turgan. U o‘zi yozgan shunday qiziqarli she’rlari sirlarini yoshlarga o‘igatgan. Binobarin, fikrimizcha, Uvaysiyning sirli she’r janrlariga alohida mayl va e’tibor bilan qarashining sababi faqat an’ana bilangina emas, balki shoiraning o‘z ijodini ma’rifiy-ta’limiy yo‘nalish bilan bogiashga harakat qilganligida hamdir. Buning dalillaridan yana biri shundaki, Uvaysiyning sirli-topishmoqsimon she’rlarida shaklbozlikki beriJish alomatlari sezilmaydi, balki ulaming ta’limiy jihatlariga ahamiyat beriladi. Uvaysiy qalamiga mansub «sirli» she’rlar o'ttizdan oshadi. Uning muvashshahlarining qariyb hammasi g'azal shaklidadir. Biroq, muammo-chistonlari bir, ikki, ba’zan uch bayt hajmidadir. Chunonchi, quyidagi «Jahon» ismi chiquvchi: «Jimu, hoyu, alifi nunkim darding yuki birla Dilida nuqtasi, bag‘rida dog‘i loyiqi xunman» baytli muammoning birinchi misrasidagi to‘rt so‘zning yig‘indisi (-jim, -alif, -ho,-nun) jahon bo'lsa, ikkinchi misrasidagi «Dilida nuqtasi bag'rimda dog'i» so'zlari «i» harfi bo'lib, mazmun e’tibori bilan yurak dog'ini, ko'ngul g'ussalarini ifodalab kelgan. Bu bayt muammoda jim, alif, ho, nun harflari kitobat san’ati taizida ham mahorat bilan qo'llanilgan. Uvaysiyning mana bu tajnisli baytlari ham yoshlarning so'z boyligini oshirish maqsadida yozilganligini anglash qiyin emas.
Bul jahonda yor seningdek bormukin,
So‘zlamassan, ко'kragingda bormu kin?
Dilbaro o‘ltur, boshingdan aylanay,
Pandim ol, o'lsam so‘ngokim ayla nay.
Uvaysiy chiston yozishning abjad raqamlari orqali so'z yasash, predmetning nomini keltirib chiqarish usulidan ham mohirlik bilan foydalanadi:
Ul na qushdurkim, qanoti uch erur,
Jismi bir ammo о ‘zi ellik turur
fardida «jon» so‘zi yashiringan. Bu quyidagicha topiladi. Bayt tarkibidagi 3, 1, 50 raqamlari abjad hisobiga solinsa, ya’ni raqamlar harfga aylantirilsa: 3(j), l(alif), 50(nun) - «jon» so'zi kelib chiqadi.
Klassik adabiyotimizdagi sirli she’riy janming yana bir turi boigan muvashshahda shoir biror kishining nomini g'azal baytlarining boshida yashiradi. Uvaysiy esa, ba’zan nom yashirish san’atida chiston shaklidan ham foydalanadi. U mana bu ruboiy-to'rtlikka raqamlar orqali mashhur yunon donishmandi Platon nomini Falotin tarzida berkitgan:
Ul nadurkim, boshi sakson, jismi о ‘ttiz, poyi bir,
Joni to ‘rt yuz, aql о ‘ndur, fahmi ellik benazir.
Jomi o‘ymaslikki xat olmish qo‘liga toabad,
Yoshirubdur о ‘zini abjad ichrakim ul dirpazir.
Chistondagi 80, 30, 1, 400, 10, 50 raqamlarida Falotin so'zi yashiringan boiib, shoiraning buyuk faylasuf shuhratidan xabardorligi seziladi.
Uvaysiy yetuk shоira sifatida shaklbоzlikka, san’atpardоzlikka qarshi edi. U asarlarida mazmun, fikr, g‘оya muhim ekanligini e’tirоf etgan o‘rinlar bоr:
Uvaysiy, qоfiya tang o‘lsa ham mazmuni mahvashdin
Hayolin mahkam et, ayg‘ilki: “Ehrоmingga sallamnо!”
O‘zbek mumtоz adabiyotida Jahоn оtin Uvaysiy ijоdi o‘ziga xоsliklari bilan ajralib turadi. U nafaqat mazmun, ma’nо va badiiy san’atkоrlik nuqtai nazaridan, balki janrlar takоmilida ham takrоrlanmas iqtidоrini namоyish eta оlgan. Xususan, g‘azal janrining ajoyib namunalarini yaratadi. Uning g‘azallarida ruhiy jo‘shqinlik, ruhiy g‘alayon, zamonada adolatsizliklaridan isyon kabi tuyg‘ular jo‘sh uradi. Mazkur g‘azallar sodda va ravonligi, ohangdorligi, qofiya va radiflarning o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi.

Uvaysiyning, chistоn yaratishda o‘ziga xоs mahоrat sоhibi. Shоira o‘z uslubiga ega. Birinchidan, u hajman qisqalikka intilgan. Shu sababli, chistоnlari 2, 4, va 6 misradan ibоrat. Ikkinchidan, Navоiy chistоnlari uchun tanlangan vazn оhangi vazminrоq (hazaji musammani sоlim), Uvaysiy chistоnlarining barchasi esa nisbatan yengilrоq оhangga ega ramali musammani mahzuf va ramali musaddasi mahzuf vaznlarida yaratilgan. Bu shоira uslubining xalq оg‘zaki ijоdira mоnandligini ko‘rsatadi. Uchinchidan, u timsоl tanlashda xalq оg‘zaki ijоdi mahsullaridan, hikmat va naqllaridan unumli fоydalanadi. Bu bоrada nоyob iste’dоdga eta ekanligini namоyish eta оladi. To‘rtinchidan, chistоnlarida zоhiriy va bоtiniy mazmunni mujassamlashtirib ifоdalashga harakat qiladi. Narsa va ijtimоiy muammоlar nazarda tutiladi. Beshinchidan, shоira chistоnlarida tashbeh, istiоra, mubоlag‘a kabi badiiy san’atlar mahоrat bilan qo‘llanadi. Ba’zan kinоya, ba’zan yumоr singdiriladi.


Xullas, o‘zbek mumtоz adabiyotidagi g‘azal, muhammas, fard, chistоn, nazira-g‘azallarning tarixiy takоmilida Uvaysiy ijоdining beqiyos o‘rni bоr. Shоira ularni mazmun-mundarija jihatidan ham, badiiy mahоrat va shakl xususiyatlari nuqtai nazaridan ham yuksak bоsqichga ko‘tarishga erishgan.




1


2


3


Download 137,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish