X U L OSA
XVIII asrda uch xonlikdagi o’zaro urushlar, ichki nizolar va
parokandalik yurtimizni egallash uchun istilochilarga qulay zamin yaratdi.
Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston
xalqlarini mustamlaka asoratiga soldi. Podsho hukumati o'lkani siyosiy-
hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqini
ma'naviy-ruhiy bo'ysundirishga harakat qildi. Podsho hukumati tomonidan
joriy qilingan siyosiy tuzum o'lkada mustamlakachilik hukmronligini qaror
toptirishga va o'zbek milliy davlatchiligmi yo'q qilishga qaratilgan chora-
tadbirlarni amalga oshirdi.
Bu xususda Prezident Islom Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat
yengilmas kuch» asarida shunday deydi: «Bu hayotning shafqatsiz bir
qonuniyati bor. Ya'ni tarixiy murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida har
qanday millat va elat o’z ahilligi va birdamligini saqlab, o’z milliy
manfaatlari yo'lida qat'iyat bilan turmasa, mas'uliyat va hushyorligini
yo'qotadigan bo'lsa, oxir-oqibatda o'zining eng katta, tengsiz boyligi bo'lmish
mustaqilligi va ozodligidan judo bo'lishi shubhasizdir».
Darhaqiqat, Rossiya imperiyasining istilosi ko'pgina sabablar bilan bir
qatorda o'sha davrda mavjud bo'lgan harbiy-siyosiy boshboshdoqlik, davlat
hukmdorlarining uzoqni ko'rishga qodir emasligi, ma'naviy-ruhiy ojizligi
oqibatida ro'y berganini ko'plab tarixiy misollar asoslab turibdi. Bu achchiq
bo'lgan haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta
umid va ishonch
bilan kirib kelayotgan siz yosh avlodga doimo saboq bo'lishi lozim.
Mustamlaka yillarida xomashyoni qayta ishlash, tog’
kon sanoati,
paxtachilik sanoati, temiryo'l transporti va boshqa tarmoqlar Rossiya
imperiyasi sanoati ehtiyojlarini ta'minlashga mo'ljallangan edi Ana shu
korxona mahsulotlarining tashib ketilishi bu korxonalarni foyda ko'rish va
ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga imkon bermadi.
Rossiyadan keltirilgan sanoat tovarlari bilan raqobat tufayli
Turkiston hunarmandchilik-kustar ishlab chiqarishi inqirozga yuz
tutdi. Bu esa o’z navbatida o’lkaning iqtisodiy jihatdan Rossiyaga
qaramligini yanada kuchaytirdi.
152
Yurtboshimiz 1998-yil bir guruh ziyolilar bilan uchrashuvida
Turkistonda Rossiya imperiyasi o'tkazgan mustamlakachilik siyosatining
oqibatlarini xolisona yoritish vazifasini ilgari surib, shunday savolni
ko'ndalang qo'ygan edi: «... har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda
xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech
bir mubolag’asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo'q bo’lib ketishi kerak
bo'lgan sharoitda baribir, qator yo’qotish1ar bilan bo'lsa ham, millatimiz
o'zligini saqlab qoldimi yo yo’qmi?»
Albatta, davlatimiz rahbanning bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchilar
darsliklarda tarixiy ma'lumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustamlakachilarining
jabr-zulmi sharoitida ham xalqimiz o’zligini, milliy qadriyatlarini, madaniyatini,
uff-odatlari va turmush tarzini saqlab qolganini o'quvchilarga yetkazib
bermoqdalar.
Mustamlaka davrida ham mamlakatimiz to'la-to'kis dunyo sivilizatsiyasidan
ajralib qolmadi. Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat qilsa-da, turli zavod va
fabrikalar
, banklar, tijorat tashkilotlari hamda temiryo'l kirib keldi.
Darhaqiqat, mustamlakachilik sharoitida ham ota-bobolarimizning erkinlikka,
taraqqiyot va istiqlolga bo'lgan azaliy intiqlik kayfiyati so’nmadi. Xalqimizning
yurak-bag'riga teran o'rnashgan mustaqillik va ozodlik tuyg'usi tobora qudratli
kuchga aylana bordi va pirovard natijada O'zbekiston istiqloli
tantanasi uchun
mustahkam zamin hozirladi
Do'stlaringiz bilan baham: