daq o'z ijodini xalqi uchun o'lmas asarlar yaratishga bag'ishladi. She'rlaridan
biri ham “Xalq uchun” deb nomlangan. Uning she'rlarida zulmni qoralovchi
tuyg'ular, jo'shqinlik ustuvor bo'lgan. Jumladan, «Ahmoq podshoh» dostoni
shunday ulkan ta'sir kuchiga ega edi. Tarixiy mavzudagi “Avlodlar”,
“Omongeldi”, “Oydo'stbiy”, «Ernazarbiy» asarlarida shoir o'z xalqi
qahramonlarini faxr bilan kuylaydi.
XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq adabiyotidagi demokratik
an'analarni yangi avlod vakillari Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot;
Sodiq kabilar davom ettirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: