«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi


Shaharlari.  Viloyatda 9 ta shahar bor.  Farg‘ona



Download 10,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/247
Sana16.01.2022
Hajmi10,42 Mb.
#376066
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   247
Bog'liq
ijtimoiy iqtisodiy geografiya 8 uzb

Shaharlari.
 Viloyatda 9 ta shahar bor. 
Farg‘ona
 muhim sanoat, transport va 
madaniyat markazidir. Shahar suv bilan yaxshi ta’minlangan, yozi birmuncha 
salqin.  Shaharda  ikkita  IEM  ishlab  turibdi.  Iqtisodiy  rayonning  birlashgan 
energetika tizimi shu IEMlar asosida shakllangan. Shaharda Farg‘ona davlat 
universiteti, politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 
Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat 
institutlarining fi liallari faoliyat ko‘rsatadi. Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti 
bor.  Madaniyat  va  istirohat  bog‘lari,  favvoralar,  xiyobonlar,  soya-salqin 
maydonlar shaharga o‘zgacha tarovat beradi. Buyuk astronom, matematik va 
geograf Ahmad al-Farg‘oniy shu makonda tavallud topgan.
Marg‘ilon
 
shoyi (atlas) ishlab chiqarishning markazi sifatida qadimdan 
dong chiqargan shahar. Shaharda paxta, ko‘n zavodi, ipak ishlab chiqaruvchi 
korxonalar  bor.  Marg‘ilonliklar ning  to‘qimachilik  malakasi  yuksak 
darajada  takomillashdi  va  keng  quloch  yoydi.  Marg‘ilon  shoyi  kombinati 
mamlakatdagi eng yirik to‘qimachilik korxonalaridan biridir. Kombinat ayni 
105-rasm. 
O‘zbekiston 
Respublikasida Farg‘ona 
viloyatining salmog‘i 
(foiz, 2017-yil).
http://eduportal.uz


135
?
vaqtda yirik o‘quv markazi hamdir. Unda Ipakchilik ilmiy tadqi qot instituti 
ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Mashhur fiqh olimi Burhoniddin Marg‘inoniy 
shu yerda tug‘ilgan.
Qo‘qon
  Farg‘ona  viloyatining  g‘arbida,  transport  yo‘llari  ustida 
joylashgan. Undan Toshkent, Namangan va Farg‘ona tomonlarga temiryo‘l 
va  avtomobil  yo‘llari  o‘tadi.  Mustaqillik  yillarida  Qo‘qonning  sanoati 
rivojlanib, shahar muhim sanoat tuguniga aylandi. Shahardagi superfosfat 
zavodi hamda elektr mashinasozligi, to‘qimachilik mashinasozligi zavodlari 
respublikadagi  yirik  korxonalardandir.  Shahar  uzoq  vaqt  Qo‘qon  xonligi 
poytaxti bo‘lgan. U viloyatdagi asosiy madaniyat markazlaridan biridir.
Quvasoy
  1954-yilda  ishchi  shaharchasi  o‘rnida  barpo  etilgan.  Shahar 
yaqinidagi ohak, mergel, gips va gil boyliklari negizida u qurilish materiallari 
ishlab chiqaradigan sanoat markaziga aylandi. Endilikda sement, shifer, ohak 
hamda g‘isht zavodlaridan iborat kombinat ishlab turibdi. Mazkur kombinat 
respublikada ishlab chiqariladigan sementning salmoqli qismini bermoqda. 
Quvasoy chinni zavodida kosa, piyola, choynak, lagan va boshqa idishlar 
ishlab chiqarish yildan yilga ortmoqda. 
Rishton
 

  kulolchilik  buyumlari  ishlab  chiqaradigan  markaz.  Bundagi 
kulolchilik artellari birlashtirilib, kombinatga aylantirilgan. Hozir kombinatda 
20 xildan ortiq buyum ishlab chiqarilmoqda.

Download 10,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish