§. KOMPLEKS MINTAQAVIY LOYIHALARNI
AMALGA OSHIRISHDA GEOGRAFIYANING O‘RNI
Tabiat muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina mintaqaviy muammolar o‘zining dolzarbligi va tobora jiddiylashuvi, tang ekologik vaziyatlarning tarkib topishiga olib kelishi bilan ajralib turadi. O‘zbekistonning barcha yirik hududlarida o‘ziga xos tabiat muhofazasiga oid muammolar mavjud. Farg‘ona vodiysi, Chir- chiq—Ohangaron vodiysi, Qizilqum, Orolbo‘yi, Ustyurt, Zaraf- shon vodiysi va boshqa hududlarida turli hududiy muammolar yuzaga kelganki, ularni ma’lum dastur asosida tizimli yondashuv asosida hal qilish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |