§. AGROGEOGRAFIK TADQIQOTLAR VA YER KADASTRI
Agrogeografik («agro» — yunoncha so‘z bo‘lib, dala ma’nosi- ni bildiradi) tadqiqotlar natijasida yer resurslari qishloq xo‘jalik maqsadlari nuqtayi nazaridan baholanadi. Agrogeografik tadqiqot- lar davomida olingan ma’lumotlar asosida har bir hudud uchun yerdan foydalanishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Qishloq xo‘jalik yerlariga ekin ekiladigan yerlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar, pichanzor va yaylovlar kiradi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishda relyef va uni tashkil qilgan yotqi- ziqlar muhim ahamiyatga ega. Joyning relyefi hududning tuproq, grunt suvlari va yer usti suvlari me’yorini, o‘simlik qoplami va iqlim xususiyatlarini belgilaydi. Madaniy ekinlar ham joy relyefiga mos ravishda tabaqalashtiriladi. Masalan, daryolarning (Sirdaryo, Amudaryo, Qoradaryo, Norin, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon va h.k.) yuqori terrasalari sug‘oriladigan yerlardan iborat bo‘lib, ularda paxta, g‘alla, yem-xashak ekinlari yetishtiriladi. Daryolar- ning quyi terrasalarida (I—II) sholi va boshqa suvni ko‘p talab
qiladigan ekinlar yetishtiriladi. Adirlarda, o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning yonbag‘irlarida lalmi ekinlar, cho‘llarda va tog‘ yon- bag‘irlarida yaylov va pichanzorlar joylashgan
(4-rasm).
O‘rmonlar va butazorlar 3,2%
4-rasm. O‘zbekiston yer resurslaridan foydalanish.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistondagi yerlar terrasali, deltali, yoyil- mali, adirli, tog‘ yonbag‘irli yerlarga ajratilishi mumkin.
Ma’lum bir davlat, viloyat, tuman yoki hududda yer resurslari bo‘yicha muntazam ravishda o‘tkazilgan kuzatishlar natijasida yig‘ilgan ma’lumotlarning jamlanmasi kadastr deb ataladi. Kadastr yer, suv, qazilma boylik, yaylov, o‘rmon va boshqalar bo‘yicha ham tuzilishi mumkin.
Davlat yer kadastri quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: yerning kimga qarashli ekanligi; uning miqdor va sifat xususiyat- lari; tuproq bonitirovkasi; yerning iqtisodiy baholanish natijalari.
Yer kadastri mamlakat bo‘yicha yagona tizimga ega bo‘lib, unda yerning aniq maydoni va sifati, tabiiy, xo‘jalik va huquqiy holati to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bo‘ladi. Yer kadastri asosini tuproq bonitirovkasi tashkil qiladi. Yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholash tuproq bonitirovkasi deb ataladi. Tuproq boni- tirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 100 balli shkala asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda bonitirovka asosini paxta hosili tashkil qiladi. Paxtadan gektariga 40 sentner hosil beradigan yerlar 100 balli bonitetga teng deb olinadi. O‘zbekistonda eroziyaga uchramagan tipik va bo‘z tuproqlar yuqori bonitetga (80—100 ball), deltalarda- gi sho‘rlangan, sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlar o‘rtacha bonitetga