H I J K L M N
qismida mo‘tadil iqlim, faqat chekka janubida subtropik iqlim hukmron.
O‘zbekistonning makrogeografik o‘rni noqulay. U Dunyo okeanidan ancha uzoqda, materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol tomonda Qozog‘iston va Rossiya (Novorossiysk, Naxodka), Latviya (Klaypeda) portlari, janubi g‘arb tomonda Fors ko‘rfazidagi (Bandyr-Abbos) portga Turkmaniston va Eron hududlari orqali avtomobil va temiryo‘llar- da borish mumkin. Undan tashqari Qirg‘iziston va Xitoy hudud- lari orqali (Toshkent—Andijon—O‘sh—Ergashtom—Qashqar— Tinch okean) Tinch okeanga, Afg‘oniston va Pokiston hududlari orqali Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Ammo oxirgi yo‘nalish to‘g‘risida Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshi- langandan keyingina so‘z yuritish mumkin.
O‘zbekistonning mezogeografik o‘rni ham makrogeografik o‘rniga o‘xshab ketadi. Shu bilan birga mamlakatning mikro- geografik (ya’ni O‘rta Osiyo mintaqasidagi) o‘rni qulay deb baholanadi. O‘zbekiston O‘rta Osiyo mamlakatlari o‘rtasida joy- lashgan, shuning uchun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun ko‘prik vazifasini bajaradi (30-rasm).
O‘zbekiston xilma-xil tabiiy, ayniqsa, mineral resurslarga boy mamlakat. U O‘rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir. Unda sug‘orma dehqonchilik va u bilan bog‘liq paxtachilik, ipakchilik va qorako‘lchilik yuqori darajada taraqqiy etgan. Shu sababli, O‘zbekiston paxta, pilla yetishtirish hamda qorako‘l teri tayyorlash bo‘yicha jahon mamlakatlari orasi- da yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
O‘zbekiston rivojlangan sanoat majmuiga ega. Sanoat tar- moqlari ichida elektroenergetika, yoqilg‘i sanoati, mashinasozlik (traktorsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, avtomobilzoslik), kimyo va neft-kimyosi, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati katta ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda 2005-yilda 3,0 mln tonna ko‘mir, 5,4 mln tonna neft, 60 mlrd kub m tabiiy gaz qazib olindi, tabiiy gazning deyarli 20 foizi eksport qilinadi. Mamlakatimiz dunyoda oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, rux, mis va uran rudalari qazib olishda ham yuqori o‘rinlarni egallaydi.
O‘zbekiston kimyoviy xomashyo resurslari (osh va kaliy tuzlari, fosforlar), bezak toshlari (granit, marmar) va qurilish 140 —s 1 ; s k = £
30-rasm. Markaziy Osiyo davlatlari.
materiallarining katta zaxiralariga ega. Bularning barchasi jahon miqyosida mamlakat obro‘sini ko‘taradi va uni dunyoga mashhur qiladi.
Shu bilan birga, mineral resurslar, ayniqsa, strategik ahamiyat- ga ega resurslarning (oltin, gaz) katta zaxiralari mavjudligi O‘zbe- kistonning geostrategik ahamiyatini oshiradi. Agar mineral resurs- larga yer-suv resurslari qo‘shilsa, mamlakat ahamiyati yanada yuqoriga ko‘tariladi. Chunki yer-suv resurslari asosida dehqonchi- lik ekinlari yetishtiriladigan sug‘orma dehqonchilik rivojlangan. Respublikada 4 mln gektarga yaqin sug‘orma yerlar mavjud. Bu MDH mamlakatlari ichida Rossiyadan keyingi ikkinchi ko‘rsat- kichdir. Sug‘orma yerlarning deyarli 95 foizi haydaladigan yerlar- dan iborat. Haydaladigan yerlarga yana bahorikor dehqonchilik yerlari ham qo‘shiladi. Haydaladigan yerlarning umumiy maydoni 4 mln gektardan oshadi.
Inson resurslarining 55,2 foizini mehnat resurslari tashkil etadi.
O‘zbekiston aholisining soni 2006-yil 1-yanvar ma’lumotlariga ko‘ra 26,3 mln ga yetdi. Shundan 14,4 mln kishi mehnat resursla- rini tashkil etdi. O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha jahondagi 230 ta mamlakat ichida 37-o‘rinni egallaydi. Jami aholining 36,1 foizi shahar va shaharchalarda, 63,9 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Shahar aholisining hissasiga ko‘ra O‘zbekiston O‘rta Osiyo- da Turkmanistondan keyingi o‘rinda turadi. Lekin mintaqadagi shahar va shaharchalarning asosiy qismi, shu jumladan, yirik va katta shaharlarning ko‘pchiligi O‘zbekistonda joylashgan.
O‘zbekiston dunyo miqyosida tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha 5—6-o‘rinlarni egallaydi. Mamlakat aholi jon boshiga hisoblagan- da elektroenergiya (1800 kVt/soat), mineral o‘g‘itlar, sement ish- lab chiqarish bo‘yicha ham jahon mamlakatlari ichida munosib o‘rinlarni egallaydi hamda qator Osiyo va Afrika mamlakatlaridan oldinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |