184
– tadqiqotlar va rivojlanish bilan bog‘liq xarajatlar;
– tovar-moddiy zaxiralar;
– soliqlar hamda muddati kechiktirilgan soliqlar;
–
zahiralar;
– ishchi va xizmatchilarni ushlab turish xarajatlari;
– chet el valutasini o‘tkazish;
– inflyatsiya hisobi;
– hukumat subsidiyalari.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotning izohlarida,
hisoblarida va tushuntirishlarida daromadlar va xarajatlarni daromadlar,
xarajatlar va faoliyat turlari tahlilini guruhlashtirib ko‘rsatishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining izohlari,
hisoblari va tushuntirishlarida quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim:
– xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti va hisob
siyosati asoslari uchun turli asosiy muomalalar va hodisalarni tanlagani
va qo‘llanilgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
–
BHMA talab qilgan, hech bir moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan
axborotni yoritish;
– moliyaviy hisobotlarda aks ettirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni
aniq va haqqoniy taqdim etish uchun qo‘shimcha tahlil axborotlarini
taqdim etish.
Amaliyotda ko‘pgina korxonalarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘ladi
hamda bu moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun iqtisodiy
qarorlar qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Yillik moliyaviy
hisobotlar qo‘shimcha ravishda tuziladigan moliyaviy sharhni o‘z ichiga
olishi kerak, chunki u korxonaning
moliyaviy faoliyatini, moliyaviy
ahvolini va ular duch kelgan asosiy noaniqliklarni bartaraf etadi.
Moliyaviy sharh korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Bu sharh
korxonaning moliyaviy ahvoli va moliyaviy faoliyatining asosiy belgisini,
shuningdek, foydalanuvchi hisobot bilan tanishish jarayonida duch kelishi
mumkin bo‘lgan moliyaviy hisobotdagi noaniqliklarni izohlab berishi
va tushuntirib berishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumotlar: izohlar, eslatmalar va hisoblar korxona
tomonidan maxsus shakllarda ham, shuningdek, ixtiyoriy ko‘rinishda
ham taqdim etiladi.
Zaruriyat tug‘ilganida statistik hisobotning
shakllari moliyaviy
hisobotga beriladigan qo‘shimcha ma’lumotlar orqali zaruriy foyda-
lanuvchilarga taqdim etilishi mumkin. Bundan tashqari, korxona
rahbariyati qo‘shimcha ma’lumotlar sifatida subyekt doirasida ma’lu-
185
motlarni taqdim etish shakli hisoblanuvchi jadvallar va ma’lumot-
nomalarni taqdim etishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar quyidagi asosiy identifikatsiya rekvizitlarini
o‘z ichiga oladi:
– korxonaning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, bo‘ysunishi,
identifikatsion raqami va korxonani bilish uchun kerak bo‘lgan boshqa
rekvizitlar;
– alohida korxonalarni yoki korxonalar
guruhining moliyaviy hiso-
botlarini qamrab olishi, ya’ni bu hisobot jamlangan yoki yagona bo‘lishi
kerak. Agar hisobot jamlangan bo‘lsa, u holda barcha shakllarda
«Jamlanma» yoki «Subyektlar bo‘yicha yakuniy» subyektlar soni
ko‘rsatiladi. Tushuntirish yozuvida jamlangan yakuniy hisobotga
kiritilgan hisobotlarning soni ko‘rsatilishi zarur;
– moliyaviy hisobot tomonidan qamrab olingan hisobot kuni yoki
davri.
Choraklik yoki yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash
uchun buxgalteriyaning barcha bo‘limlari ishlarini bajarish muddatini
ko‘rsatib yig‘ma ish jadvali tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo‘lda yuritilsa,
grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal-orderlarning jami chiqariladi,
zarur bo‘lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va
korrespondentlanuvchi schyotlar o‘zaro muqobil tekshiriladi.
Jurnal-order
shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o‘tkazish va
hisob registrlarini xotimalash bo‘yicha hisob ishlarining ketma-ketligi
quyidagicha:
– rasshifrovka – varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal-
orderlar va vedomostlarga o‘tkaziladi, bunda rasshifrovka – varaqalari
va jurnal-orderlarda tegishli belgilar qo‘yiladi.
– 5010-schyotining debeti bo‘yicha 1-vedomost va 5110-schyotining
debeti bo‘yicha 2-vedomostlarning jamlari 3, 10/1, 13-jurnal orderlariga
o‘tkaziladi;
– 7, 12, 14, 15, 16, 17-va boshqa vedomostlarning analitik hisob
jamlamalari hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari
tegishli jurnal-orderlarda aks ettiriladi;
– jurnal-orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.
Agar jurnal-orderlarga schyotlar bo‘yicha analitik ma’lumotlar aks
ettirilgan bo‘lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga
qoldiq
aniqlanadi, korrespondentlanuvchi schyotlar bo‘yicha aloqasi bor
schyotlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1-jurnal-
orderdagi 5010-schyotining jami 2-vedomostdagi 5010-schyoti jami bilan
186
taqqoslanadi. Bunday ko‘rsatkichlarni taqqoslab tekshirish barcha jurnal-
orderlar bo‘yicha bajariladi.
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal-orderlardan bosh daftarga
o‘tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schyot bo‘yicha debet oborotlari
chiqarilib keyingi oyning 1-kuniga qoldig‘i chiqariladi. Bosh daftarga
ma’lumotlar faqat jurnal-orderlardan olib yoziladi.
Jurnal-order ma’lumotlarini Bosh daftarga yozish misolini keltiramiz
(ikkita sintetik schyotlarga yozish ma’lumotlari keltirilgan). Jurnal-orderlar
ma’lumotlari Bosh daftarga o‘tkazilgandan so‘ng
jurnal-orderlarda
quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi»
va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo‘yiladi.
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyot-
lar»
Do'stlaringiz bilan baham: