Davlat tuzilish shakliga ko‘ra unitar, federativ,
konfederativ bo‘lishi mumkin.
Federatsiya
– birlashgan, ittifoq ma’nosini bildira-
di. Federativ davlat esa bir necha siyosiy-huquqiy
mustaqillikka ega davlat tuzilmalaridan tashkil topgan
murakkab davlat hisoblanadi.
Unitar
so‘zi yakka degan ma’noni bildirib, davlat
tuzumida oddiy viloyat, shahar, tuman va h.k. bo‘lin-
malariga ega bo‘ladi. Bu bo‘linmalar suveren huquqqa
ega emas.
Unitar davlatning federativ davlatdan farqi unda
yakka Konstitutsiya, yagona Oliy davlat organi va h.k.
mavjudligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |