26
Huquqshunoslik
davlat ishida ishtirok etish huquqlari yotibdi. Har bir
davlat insonsiz mavjud bo‘lmaganidek, inson ham tabiiy
huquqlarga ega.
Tarixiy huquq nazariyasi
inson o‘ziga-o‘zi bajari lishi
shart bo‘lgan qoidalarni vujudga keltirib, o‘zi uning
bajarilishini ta’minlaydi, degan fikrni bildiradi. Bu
nazariya tarafdorlari qonunshunos o‘zidan o‘zi huquq
me’yorlarini
ishlab chiqmaydi, buning uchun ijtimoiy
tuzum, jamiyat rivojlanishining talabini e’tiborga olish
lozim, deb ham talqin qilishadi.
Realistik huquq nazariyasi
huquqni tashqi rivojla
-
nish, taassurot asosida vujudga keladi, deb tushuntira-
di. Inson o‘z oldiga qandaydir bir maqsad qo‘yib,
huquq asosida o‘z maqsadiga erishadi.
Sotsiologiya huquq maktabining
asosi
insonning
huquqqa taalluqli, huquq bilan bog‘liq xulq-atvorini,
huquqiy munosabat tizimini o‘rganishga qaratilgan.
Huquq kelib chiqish nazariyasining yana bir shakli
qoidali yo‘nalish bo‘lib, uning tarafdorlari huquq tizi-
mini bosqichma-bosqich, bir tizimdan ikkinchi ti zimga
o‘tadi, deb talqin qilishadi. Asosiy o‘rin qonunga, unga
bo‘ysu nishiga
qaratilib, boshqa huquqiy hujjatlar qo-
nun asosida bo‘lishi kerakligi ko‘rsatiladi. Bu huquq
nazariyasi tarafdorlarining fikri huquqiy davlat g‘oyasi-
ga yaqinroqdir.
XX asrda
psixologik huquq nazariyasi
tarafdorlari
keng tarqala boshladi. Jamiyat a’zolarining mulkiy va
shaxsiy munosabatlarini,
shaxslarning jamiyat boylik-
laridan foydalanish erkinliklarini, huquqlarini amalga
osh i rish jarayonining yechimini psixologik huquq
nazariyasi ko‘rsatib beradi.
Materialistik huquqiy nazariya
negizida huquq iqti-
sodiy hukmron sinfning irodasini ifoda etadi, degan
tushuncha bildiriladi.
Bu nazariyaga binoan hu
quq
davlatdagina mavjud, davlat o‘z kuchini yo‘qotishi bi-
lan huquq ham tugaydi deb tasdiqlashadi.
27
Yuqoridagi bir necha huquq vujudga kelishi to‘g‘
-
risi dagi nazariyalardan kelib chiqqan holda huquq
qa
xos quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Huquqiy me’yorlar jamiyatda davlat tomonidan
maxsus hujjat sifatida tasdiqlanadi.
2. Huquqiy me’yor davlat tomonidan muhofaza qili -
nib, ayrim vaqtda bajarishga majburlashni talab qi ladi.
3. Huquq shu jamiyatda, davlatda yashovchi shaxs
-
lar uchun shart bo‘lgan huquq tizimi bo‘lib xizmat
qiladi.
4. Huquq shu davlat
fuqarolarining umumiy va
shaxsiy ehtiyojlarining uzviy bog‘liq vositasi bo‘lib
hisoblanadi.
Demak, huquq jamiyat a’zolari rivojlanishini, jami -
yatda tartib o‘rnatishni tashkil etish, ijtimoiy muno
-
sabatlarni tartibga solish vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: