Xalqaro huquq manbalari Huquq manbalari bu – huquqiy normalarning mus-
tahkamlanish shaklidir. Xalqaro huquq manbalari asosiy
va qo‘shimcha turlarga bo‘linadi. Asosiy manba larga –
xalqaro shartnoma va xalqaro odatlar kiradi. Qo‘shim-
cha xalqaro manbalar bu – xalqaro tashkilotlarning
qarorlari , davlatning ichki qonuni, sud qarorlari, olim-
larning xalqaro huquq sohasidagi ta’limotlari va bosh -
qa lardir.
Shartnoma – huquq normalarining yozma shak-
lidir. Shartnoma ikki yoki undan ko‘p xalqaro huquq
subyektlari o‘rtasidagi bitimlardir.
Shartnoma xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida tuzil-
gan bitimlarni huquqiy tartib doirasiga tushiradi. Ular
o‘rta sidagi majburiyatlarni belgilash, o‘zgartirish yoki
bekor qilishga qaratilgan xalqaro normalarni aniq ko‘r sa -
tadi. Masalan, O‘zbekiston davlatining u yoki bu xorijiy