Lug‘at ishi:
hojatmand – ehtiyoji, talabi bor odam
ajrim qilish – kelishmovchilikni, nizoli holatni bir yoqlik qilmoq
tama qilmoq – birovdan biror narsa kutmoq, birovdan o‘lja olishga
intilmoq
O‘quvchilarga savollar beriladi:
– Qaysi saxiy hojatmandni hech nima demay kuzatarkan?
– Ikkinchi saxiy hojatmandlarga nima der ekan?
– Birinchi saxiyning tamagirlik haqida fikri qanday?
– Nuroniy chol, ikkinchi saxiy hojatmandlardan bir umr qarzdor
bo‘lib qolayotir, deganda nimani nazarda tutgan?
“Tosh-u tarozi” mashqi. O‘qituvchi ikkinchi saxiyning tosh-u
tarozisini amaliy tarzda yoki rasmlar yordamida ko‘rsatadi.
O‘quvchilar hojatmand va saxiy qiyofasida oldi-berdi qili shadi. Saxiy-
ning ulashgan narsasi, olgan savobi, so‘rab olgan duolarini taqqoslaydi-
lar. O‘quvchilarning fikri so‘raladi, bahs-munozara o‘tkaziladi.
O‘quvchilar fikri umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |