«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Moslanishlar
Hayvonlar
Moslanish mexanizmlari
Fiziologik moslanishlar 
Morfologik moslanishlar
Etologik moslanishlar
11-§.  TUPROQ VA TOPOGRAFIK OMILLAR
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
.  Tirik  organizmlar  uchun  mineral 
mod dalarning  qanday  ahamiyati  bor?  O‘simliklar  va  hayvonlarning 
mineral  oziqlanishi  qanday  sodir  bo‘ladi?
Tuproq  –  edafik  omillar  (yunoncha  «edaphos»  –  yer,  tuproq)  tirik 
organizmlar hayoti va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tuproqning xossalaridir. 
Edafik  omillarga  asosan  tuproqning  organik  moddalar  bilan  belgilanadigan 
xossalari:  kimyoviy  tarkibi,  strukturasi,  suv  rejimi,  havo  va  harorat  me’yori 
misol  bo‘ladi. 
Tuproq  Yer  qobig‘ining  o‘simliklar,  hayvonlar,  mikroorganizmlar,  tog‘ 
jinslari  o‘zaro  ta’siri  natijasida  paydo  bo‘ladigan  va  o‘zgaradigan  yuza 


64
qismi  hisoblanadi.  Tuproqning  tarkibi,  strukturasi,  paydo  bo‘lishi,  o‘zgarishi 
va  rivojlanishi  qonuniyatlari,  tabiatdagi  ahamiyati,  melioratsiyasi  –  
tuproqning  xususiyatlarini  yaxshilash,  unumdorligini  oshirish  usullari, 
tuproqdan  ratsional  foydalanish,  tuproq  ifloslanishining  oldini  olish  choralari 
kabi  muammolarni  tuproqshunoslik  fani  o‘rganadi.  Tuproqshunoslik  faniga 
rus  olimi  V.V.  Doku chayev  asos  solgan. 
V.V.  Dokuchayev  tuproq  hosil  qiluvchi  beshta  asosiy  omillarni  ko‘rsatib 
bergan:  geologik  omillar  (tog‘  jinslari);  iqlim  omillari,  topografik  omillar 
(relyef);    tirik  organizmlar;  vaqt  (geologik  yoshi). 
Hozirgi davrda yana bir omil – insonning xo‘jalik faoliyati ham kiritiladi. 
Geologik  omillarga  tuproqni  hosil  qiluvchi  tog‘  jinslari  misol  bo‘ladi. 
Yer  yuzasiga  chiqib  turgan  togʻ  jinslari  yogʻinlar,  atmosfera,  havo  harorati, 
mexanik  kuchlar,  suv  va  unda  erigan  moddalar,  mikroorganizmlar  va 
oʻsimliklar  taʼsirida  yemiriladi,  ya’ni  nuraydi. 
Tuproqning  hosil  bo‘lishi  va  shakllanishida  mineral  tog‘  jinslarining 
yemirilishini  ta’minlovchi  tirik  organizmlar  –  mikroorganizmlar,  o‘simliklar, 
hayvonlar  katta  rol  o‘ynaydi.  Evolutsiya  jarayonida  tirik  organizmlar  paydo 
bo‘lgach,  ularning  faoliyati  natijasida  tuproq  hosil  bo‘lgan.  Tuproqning 
hosil  bo‘lish  jarayoni  o‘simliklar,  hayvonlar,  mikroor ganizmlarning  o‘zaro 
uzviy  va  murakkab  munosabatlari  natijasi  sanaladi.  Yashil  o‘simliklar 
tuproqni  yangi  organik  birikmalar  bilan  boyitib  boradi.  Natijada  tog‘  jinslari 
o‘zgaradi.  Yer  yuziga  yetib  kelayotgan  quyosh  nurlari  tuproq  hosil  bo‘lish 
jarayonining  uzluksizligini  ta’minlovchi  omildir. 
Tuproqda  xilma-xil  mikroorganizmlar  (bakteriyalar,  bir  hujayrali 
suvo‘tlar), zamburug‘lar, umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, molluskalar, 
hasharotlar  va  ularning  lichinkalari),  umurtqali  hayvonlar  (yumronqoziq, 
yerqazar,  krot)  yashaydi.  Tuproqda  yashovchi  organizmlar  tuproq  hosil 
bo‘lishini,  uning  unumdorligini  oshiruvchi  omillardan  hisoblanadi. 
Insonning  xo‘jalik  faoliyati  tuproq  hosil  bo‘lishiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi 
omildir.  Hozirgi  davrda  Yer  yuzida  inson  ta’siri  bo‘lmagan  joy  kam 
qoldi.  Yerga  ishlov  berish,  o‘g‘itlash,  sug‘orish,  o‘tlarni  o‘rish,  mollarni 
boqish,  o‘rmonlarni  kesish  va  boshqa  inson  faoliyati  bilan  bog‘liq  tadbirlar 
tuproqning  hosil  bo‘lish  jarayonini  o‘zgartirib,  tuproqning  sifatiga  ta’sir 
etadi.  Inson  tuproq  hosil  bo‘lish  jarayonini  ongli  ravishda  boshqarib,  uning 
unumdorligini  oshiradi.  Hozirgi  ilmiy-texnik  taraqqiyot  davrida  tuproqdan 
foydalanishga  bo‘lgan  munosabat  ham  o‘zgarmoqda.    Shuning  uchun  tirik 


65
organizmlarning  yashash  muhitini  tashkil  etuvchi  omillardan  biri  boʻlgan 
tuproqdan  notoʻgʻri  foydalanish  tuproq  eroziyasiga,  uning  shoʻrlanishi  va 
botqoqlanishiga olib keladi. Tuproqning ifloslanishini kamaytirish maqsadida 
undan  foydalanish  qoidalari  joriy  qilingan.   
Ma’lum  hududda  o‘sadigan  o‘simliklarning  xilma-xilligi  tuproqning 
strukturasi,  kimyoviy  tarkibi,  pH  kabi  bir  qancha  ko‘rsatkichlariga  bog‘liq. 
Relyef,  yerosti  suvlarining  joylashuvi  kabi  omillar  ham  tuproqning 
xususiyat larini  belgilaydi,  bu  esa  o‘z  navbatida  unda  o‘sadigan  o‘simlik 
turlari  xilma-xilligini  ta’minlaydi.  Quruqlikda  yashovchi  hayvonlarga  esa 
tuproqning  yuqorida  keltirilgan  xususiyatlari  kamroq  ta’sir  etadi.  Lekin 
hayvon turlarining Yer yuzi bo‘ylab tarqalishi, xilma-xilligi o‘simliklar bilan 
bog‘liq.  Tuproqning  hayvonlar  harakatlanishiga  ta’sir  etuvchi  xususiyatlari 
ahamiyatli.  Ochiq  joylarda  yashovchi  va  dushmandan  katta  tezlikda  qochib, 
qutulib  qoladigan  tuyoqli  hayvonlar  qattiq  va  zich  tuproq  yuzasidan  itarilish 
kuchi  hisobiga  o‘z  tezligini  oshiradi. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish