Muhit yaratish funksiyasi muhit (litosfera, gidrosfera, atmosfera)ning
fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish orqali tirik organizmlar yashashi
uchun qulay sharoit yaratish bilan belgilanadi. Ushbu funksiya yuqorida
ko‘rib o‘tilgan energetik va destruktiv funksiyalar bilan bog‘liq. Aynan
shu funksiya natijasida quyidagi muhim hodisalar ro‘y bergan: birlamchi
atmosferaning gaz tarkibi va birlamchi okean suvining tarkibi o‘zgardi,
145
litosferada cho‘kindi jinslar qatlami, quruqliklarda esa unumdor tuproq
qatlami hosil bo‘ldi.