Destruktiv funksiyasi nobud bo‘lgan organizmlar tarkibidagi organik
birikmalarning parchalanishi va mine ral lashuvi, tog‘ jinslarining yemirilishi,
hosil bo‘lgan mineral moddalar ning biokimyoviy aylanishga – biogen
migratsiyaga jalb etilishi kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi. Natijada
biogen moddalar hamda biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar paydo
bo‘ladi. Tog‘ jinslarining yemirilishi muhim jarayon hisoblanadi, chunki
tirik moddaning destruktiv funksiyasi tufayli litosferadan ajralgan mineral
moddalar davriy aylanishga qo‘shi ladi. Bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar,
zamburug‘lar, lishayniklar tog‘ jinslarini kimyoviy moddalar yordamida
yemiradi. Organik birikmalarning minerallashuvi tufayli hosil bo‘lgan
kalsiy, kaliy, natriy, fosfor, kremniy kabi biogen elementlar moddalarning
biokimyoviy aylanishiga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |