O‘z fikringizni bayon eting. Tirik organizmlarning biosferada tarqalish chegaralarini va cheklovchi omillarini
sxemada ifodalang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Jadvalni to‘ldiring.
Yer qobiqlari Ta’rifi Tarkibi Biosfera uchun ahamiyati Atmosfera
Litosfera
Gidrosfera
26-§. BIOSFERANING TARKIBI Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. Yerning geologik qobiqlarida tirik organizmlarning tarqalish qonuniyatlarini eslang. Ekotizimlarni tashkil etuvchi komponentlarni aytib bering. Biosfera tarkibiga kiradigan moddalar tasnifi. Biosfera bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgan xilma-xil komponentlardan tarkib topgan ulkan
140
biosistemadir. V.I.Vernadskiy biosferani tashkil etuvchi komponentlarni
kelib chiqishiga ko‘ra guruhlarga ajratishni taklif etdi va yettita bir-biridan
farqli, lekin o‘zaro bog‘liq guruhlarni aniqladi.