Soyaga chidamli o‘simliklar – yorug‘ joyda yaxshi o‘sadi, lekin
yorug‘likning yetishmovchiligiga ham bardosh bera oladigan o‘simliklar. Bu
guruhga nastarin, lipa, qulupnay, binafsha kabi o‘simliklar misol bo‘ladi.
Soyasevar o‘simliklar – o‘rmonlarning quyi yaruslarida va suv havzalarining
tubida o‘sadigan o‘simliklar. Bu o‘simliklar kuchli yorug‘likni yoqtirmaydi.
Soyasevar o‘simliklarga yo‘sin, plaun, qirqquloq, qirqbo‘gim, qizil va
qo‘ng‘ir suvo‘tlar kiradi.
O‘simliklarning yorug‘likka bo‘lgan talabini yaxshi bilgan holda Yer
sharining turli joylaridan keltirilgan madaniy va manzarali o‘simliklarni
ko‘paytirish mumkin (13–14-rasmlar).
Hayvonlar yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagi ekologik guruhlarga
ajratiladi: kunduzgi, kechqurungi va tungi hayvonlar. Bu hayvonlarning
Shakarqamish
Oqjo‘xori
Makkajo‘xori
Anturium
Monstera
Giasint
Do'stlaringiz bilan baham: |