«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

I BOB. EKOLOGIYA VA HAYOT
I bob mazmuni bilan tanishib, Siz:

tirik  organizmlarning  tizimli  tuzilishi,  asosiy  xususiyatlari  va  ahami-
yatini  tavsiflay  olishingiz;

biologik sistemalarning iyerarxik tuzilishi va umumiy xossalarini tushuntira 
olishingiz;

ekologiyaning  vazifalarini  tahlil  qila  olishingiz;

tirik  organizmlar  tuzilish  darajalarining  o‘ziga  xos  jihatlarini  o‘zaro 
qiyoslay  olishingiz  zarur.
1-§. BIOLOGIK TIZIMLAR.  
EKOLOGIYA – BIOLOGIK TIZIMLAR HAQIDAGI FAN
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
Avvalgi  sinfda  o‘rgangan  bilimlari-
ngizdan  foydalanib,  Yerdagi  hayotning  tuzilish  darajalarini  eslang. 
Hayotning  har  bir  darajasining  tuzilish  va  funksional  birligini  aniqlang. 
Hayotning  har  bir  darajasida  qanday  biologik  jarayonlar  sodir  bo‘ladi?
Insoniyat  paydo  bo‘lgandan  boshlab  atrof-muhit,  o‘simliklar  va  hayvonot 
olami,  tabiatda  sodir  bo‘ladigan  hodisa  va  jarayonlarning  sirli  tomonlarini 
o‘rgangan.  Ulardan  kelgusi  hayotda  foydalanish  yuzasidan  dastlabki 
tajribalarga  ega  bo‘la  boshlagan.  Dastlab  tabiatda  sodir  bo‘ladigan  hodisa 
va  jarayonlarning  o‘ziga  xos  tomonlari  bo‘yicha  alohida  ma’lumotlar 
to‘plangan.  Shu  tariqa  inson  tafakkuri  rivojlangan,  mantiqiy  fikr  yuritish 
orqali  tabiatdagi  hayotning  mohiyati,  o‘simliklar  va  hayvonlar  hayotidagi 
mavsumiy  moslanish lar,  tabiatda  sodir  bo‘ladigan  hodisa  va  jarayonlarni 
tushunish  imkoniyati  yuzaga  kelgan.
Odamning  tabiat  va  uning  tarkibiy  qismlariga  bo‘lgan  munosabati  va 
tabiatdagi  hodisa,  jarayonlarning  mohiyatini  o‘rganishi  ilmiy  bilishning 
asosini  tashkil  qilgan.  Ilmiy  bilish  inson  tafakkurining  oliy  darajasi  bo‘lib, 
ilmiy  yangiliklar,  kashfiyotlar  avval  ma’lum  bo‘lmagan  o‘simliklar  va 


5
hayvonlarning  tuzilishi  hayotiy  jarayonlar,  qonunlar  va  qonuniyatlarni 
yaratishga  yo‘nalgan  bo‘ladi.  Shu  tariqa  inson  o‘zini  o‘rab  turgan  atrof-
muhitni  o‘rganishi  natijasida  yerda  yashaydigan  organizmlar,  ularning 
hayotiga  ta’sir  qiladigan  omillar  haqida  dastlabki  ilmiy  ma’lumotlar  yuzaga 
kelgan.
Antik davrda ilmiy bilimlarning birinchi shakli tabiat falsafasi edi. Tabiat 
falsafasining obyekti tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganish sanalgan. 
Tabiat  falsafasi  tabiat  haqidagi  ma’lumotlarni  to‘plab,  XVI–XVII  asrlarda 
tirik  va  anorganik  tabiat  haqidagi  mustaqil  fan  –  tabiiyotshunoslikning 
shakllanishiga  imkon  yaratdi.  Tabiiyotshunoslik  fani  negizida  o‘rganish 
obyekti, maxsus tadqiqot metodlariga ko‘ra fanlarning ixtisoslashishi vujudga 
keldi. 
Biologiyaning  o‘rganish  obyektlari  tabiatning  tirik  materiyasi  yoki 
organizmlardir.  Biologiya  tirik  materiyaning  tuzilishi,  ularning  hayot 
faoliyati,  anorganik  tabiat  bilan  o‘zaro  aloqasini  o‘rganadi.

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish