«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/312
Sana26.06.2021
Hajmi4,78 Mb.
#101651
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   312
Bog'liq
biologiya 11 uzb

Suv aylanishi. 
Suv  davriy  aylanish  jarayonida  suv  bug‘lanishi,  havo 
oqimlari  ta’sirida  suvning  harakatlanishi,  suv  bug‘larini  kondensatsiyalanishi 
(kondensatsiya–gaz  moddalarning  suyuq  yoki  qattiq  holatga  o‘tishi), 
yog‘ingarchilik  suvlarining  boshqa  suv  havzalariga  qo‘shilishi  kuzatiladi. 
Suv  bug‘lanishining  ko‘p  qismi  okeanlar  hissasiga  to‘g‘ri  keladi.  Okean  va 
dengizlar  yog‘ingarchilikdan  oladigan  suv  miqdoridan  ko‘p  suv  bug‘latadi, 
quruqlikning yog‘ingarchilik tufayli oladigan suv miqdori undan bug‘lanadigan 
suv  miqdoridan  ko‘p.  Suvning  davriy  aylanishini  ta’minlovchi  asosiy  kuch 
quyosh  energiyasidir  (47-rasm). 
47-rasm.
 Biosferada suvning davriy aylanishi.
Quyosh  energiyasi  hisobiga  okean  va  dengiz  yuzasidan  suv  bug‘lanadi. 
Suv  quruqlik  yuzasidan  va  o‘simliklardan  transpiratsiya  natijasida  ham 
bug‘lanadi.  Suv  bug‘lari  havo  oqimlari  bilan  bir  joydan  boshqa  joyga  harakat 
qiladi,  past  haroratli  zonalarda  bulutlarda  kondensatsiyalanadi.  Suv  yog‘inlar 
ko‘rinishida  quruqlik  yuzasiga  tushib,  tog‘  jinslarini  yemiradi  va  o‘simliklar, 
Okean
Bug‘lanish
Yerosti suvlari
Qor, yomg‘ir 
ko‘rinishidagi 
yog‘inlar
Bug‘lanish
Ko‘l
Daryo
Bug‘lanish
Kondensatsiya
Kondensatsiya
Transpiratsiya


159
mikroorganizmlar  uchun  qulay  sharoit  yaratadi.  Yog‘inlar  tuproqning  yuqori 
qatlamini undagi mineral moddalar bilan birga yuvib, yerosti suvlari, daryolar, 
dengizlarga  qo‘shiladi.  Suvning  bir  qismi  tuproqqa  shimilib,  chuchuk  suv 
manbayi  bo‘lgan  yerosti  suvlarini  to‘ldiradi.  Suv  qor  ko‘rinishida  muzliklarda 
bir  necha  oy,  hatto  minglab  yillar  davomida  saqlanishi  mumkin.
Suv  biosferada  muhim  rol  o‘ynaydi.  Tirik  organizmlar  tanasining 
yarimidan  ko‘p  qismi  suvdan  iborat.  Shu  sababli  ham  suv  tirik  organizmlar 
yashashi  uchun  zarur  va  muhim  omillardan  biridir.  O‘simliklar  suvni 
tuproqdan  qabul  qiladi  va  uni  faol  tarzda  transpiratsiya  qiladi.  Ma’lum 
miqdordagi  suv  o‘simlik  hujayralarida  fotosintez  jarayonida  parchalanadi. 
Vodorod  ionlari  organik  moddalar  tarkibiga  kiradi,  kislorod  esa  molekular 
holatda  atmosferaga  ajraladi.  Hayvonlar  suvdan  osmotik  bosimini  saqlashda 
foydalanadi  va  moddalar  almashinuvining  mahsuloti  sifatida  tashqi  muhitga 
ajratadi.
Sayyoramizdagi  turli  ekosistemalarda  chuchuk  suvning  yetishmovchiligi 
katta  muammolarni  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Inson  faoliyati  natijasida 
yerosti  suvlari  –  chuchuk  suv  zaxiralari  keskin  kamayib  bormoqda. 
Hozirgi  kunga  kelib  yuz  yillar  davomida  to‘plangan  yerosti  suvlaridan 
foydalanilayotgan  hududlar  mavjud. 

Download 4,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish