204
Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order-jamlanma
qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.
Memorial orderdagi summa dastlab «Order bo‘yicha summa»
qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi.
Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham
kreditda ham «Order bo‘yicha summa» qatorining jamiga teng bo‘lishi
kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot
bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya
daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi.
Boshlang‘ich
hisob hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy
hisobotlarni saqlashni, ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirish
muddatlarini bosh hisobchi ta’minlaydi.
Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki
zamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich
hisob hujjat-
laridan, ular olinganidan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi.
Har oy tugagandan keyin analitik hisob registlarida aylanmalarning
jami hisoblanadi va subschyotlar bo‘yicha qoldiq chiqariladi.
Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan
xatolar belgilangan tartibda tuzatiladi.
Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarining
to‘g‘riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlarning har
bir guruhi bo‘yicha aylanma qaydnomalar (
M-44-son shakldagi material
zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma,
285-son shakldagi
aylanma
qaydnoma va
326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma
qaydnoma) tuziladi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi har
bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl «Bosh-jurnal kitobi»dagi
mazkur subschyotlarning qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oy
yakuni bo‘yicha taqqoslanadi.
Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, har
chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlar
kerak bo‘lgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi ham
mumkin.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registrlarida yil
boshiga qoldiq summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli
hisob registrlariga to‘la mos ravishda yoziladi.
Agar yillik hisobot moliya organi yoki
yuqori tashkilot tomonidan
qabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan bo‘lsa,
moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma ko‘rsatmasiga
205
asosan, bu tuzatishlar o‘tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yil
registlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritib
qo‘yiladi.
Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar,
memorial order – jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan
birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak.
Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta
qilib kitob qilish mumkin.
Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning
nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning
boshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari,
shuningdek,
debitorlar va
kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar
va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek, inventarizatsiya
natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda
davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, set, shtat va kontingentlar
bo‘yicha rejaning bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlarni
tuzadilar va topshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasida tashkilotlar tomonidan buxgalteriya
hisobi milliy valuta – so‘mda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: