94
taxminan 8% qilib belgilangan. Xizmat muddati 15 yil. To‘g‘ri chiziqli va kamayib
boruvchi qoldiqli usulda amortizatsiyani hisoblang.
Yillar
Balans
Yillik amortizatsiya
Jamg‘arilgan
Qoldiq
qiymati
summasi
amortizatsiya
qiymati
1-yil
2-yil
3-yil
4-yil
5-yil
95
V BO‘LIM
MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISH
5.1. MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISHNING
ASOSIY VAZIFALARI
Hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining
bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko‘tarish,
ijtimoiy ishlab
chiqarish, ijtimoiy o‘sib borish, xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirish yo‘li
bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o‘stirishdan iborat.
Mehnat va ish haqini hisoblash, hisob ishlarining aniq va tezkor
ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda
xodimlar sonini o‘zgartirish,
ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi,
korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Mehnat
va ish haqi hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
2. Sarflangan mehnat yoki ishlab chiqilgan mahsulotni tegishli hujjat-
larda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish.
3. Hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri
taqsimlash.
4. Ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or
usullarini amalga
oshirish.
5. Mehnatga haq to‘lash fondining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat
olib borish.
Xodimlar bajaradigan ish turlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1. Ishchilar.
2.
Xizmatchilar.
Xizmatchilar o‘z navbatida quyidagi darajalarga bo‘linadi: rahbarlar,
mutaxassislar va boshqalar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish,
tuzatish, yuklarni
ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, bevosita moddiy xizmatlar ko‘rsatish
bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga esa rahbarlar, mutaxassislar va boshqa
xodimlar taalluqlidir.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida
rahbar-
lik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o‘rinbosarlari,
96
bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va
boshqalar kiradi.
Mutaxassislar
tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa
iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan
xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish
ishlarini
olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kas-
sirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: