Jazoga sazovorlik – bu ma’lum huquqbuzarlik
uchun uni sodir etgan shaхsning vakolatli davlat organi
tomonidan javobgarlikka tortilishidir.
Huquqbuzarliklar qonunchilikning qaysi sohasiga
tegishliligiga qarab, bir qancha turlarga bo‘linadi.
Huquqbuzarlik quyidagi turlarga bo‘linadi:
◊ intizomiy huquqbuzarlik;
◊ fuqarolik (moddiy) huquqbuzarlik;
◊ ma’muriy huquqbuzarlik;
◊ jinoyat.
Yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarga nisbatan
yuridik javobgarliklar belgilanadi. Yuridik javobgarlik
ijtimoiy javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli
bo‘lib, doimo huquq normalariga asoslanadi va
majburlov normalari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |