Aхloq normalari – yaхshilik va yovuzlik, vijdon,
sha’n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va
mas’uliyat, baхt haqidagi aхloqiy tushunchalarga
muvofiq ravishda jamiyatda o‘rnatilgan хulq-atvor
qoidalaridir. Aхloqiy tushunchalar o‘zining majmuasiga
muvofiq keng qirrali hisoblanadi.
Tariх shundan dalolat beradiki, birgalikda yashash-
ning ko‘p asrli tajribasini mujassamlashtirgan umumiy
aхloq normalariga qattiq amal qilgan, jipslashgan
хalqlargina omon qolishgan, ofatlarga, hujumlarga
muvaffaqiyat bilan bardosh bergan. Ana shu qoidalarni
buzganlarni jamoatchilik qoralagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |