Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari
Reja:
1.
Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi
2.
Quroni
Karim
va
Hadislarda
axloq-odob,
iymon,
oila
mustahkamligi, ota-onaga hurmat masalalari.
3.
Islom ma 'rifat sivilizatsiyasining ta 'lim-tarbiyaga ta 'siri.
4.
Imom Ismoil al- Buxori, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos
Xojib, Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy
merosi.
1.1 Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi
Tabiatning Oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o'zini
himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat
hodisalari, jarayonlarini o'rganish ulardan yashash uchun oqilona
foydalanish asosida insonlar sekin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi
asosida ma’naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojIana boshlagan.
Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan
foydalanishi, uy-ro'zg’or yuritish, o'zaro va tabiatga munosabat axloqi,
odobi sifatida shakllana boshlagan bo'lsa, bilimlar hajmi kengaya
boshlagach ehtiyoj maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug'ila boshlangan.
Ma'lum qabila, ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontseptsiyalarida ko'p
hollarda alohida kishilar tomonidan tüomillashtirilgan. Shuning uchun
han ta'lim kontseptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan
bog'lanmaydi.
1.2 Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi
Antik pedagogikada tabiatga, atrof-muhitga o'zaro ongli munosabatlarda,
axloqiy munosabatIar bo'Igan donishmandIik pedagogikasi shakllangan.
Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda:
•
Mehnatsevarlik
•
Manaviy - axloqiy sifatlar
bilan uyg'un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan.
Bu pedagogik qarashlar mashhur «Avesto» (er.av. VII asr) asarida va
qadimg V Xitoyning Daos maktabi (er.av. Ill asr) tajribalarida aks etgan
edi.
Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib O'rta Osiyo, qadimgi Hindiston
pedagogikasida saxiylik sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari
surilgan.
“Avesto” qo’lyozmasi(maket,teri)
2. Quroni Karim va Hadislarda axloq-odob, iymon, oila mustahkamligi,
ota-onaga hurmat masalalari.
610 yillarga kelib yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni
Karim»da inson mdliyati to'la ochib berilib, komil inson tarbiyasi bosh
maqsad qilib qo'yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid
ulug' xazina Al-Buxoriy hazratlarining Hadislarida beriladi.
•
(38-hadis) "Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-
odobini ham yaxshilangiz“
•
(626-hadis) “Harbir go’dak Islom tabiatida tug'iladi, so'ng ota-masi
uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi“
•
(136-hadis) "Hech bir Ota o'z farzandiga xulqu odobdan buyukroq
meros berolmaydi".
Imom Al-Buxoriy xotira majmuasi
3.1 Islom ma 'rifat sivilizatsiyasining ta 'lim-tarbiyaga ta 'siri.
Ta'lim — tarbiya. insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf
ilmida ochib beriladi. Shu Jumladan Islom olamining muqaddas kitobi
Qur'oni Karim»da ham komillikning beshta tanoyili kœnillikka erishish
uchun talab etiladi.
•
Mehnatim muhabatim
•
Ma'rifatim sarmoyam.
•
Dinim aqlim.
•
Ilmim qurolim.
•
Sabru qanoat libosim.
Pedagog — olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta'lim-tarbiya, shaxs
ma'naviy kamoloti masalalariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarning
pedagog fani rivojida muhim O'rni bor. Lekin ular allomalar merosida
Olg'a surilgan ta'limtarbiya masalalarini yœitishda milliylik tamoyilidan
kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarida
ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan e'tibor asosiy o'rinda turadiki, bu bevosita
inson kamolotini shakllantirishga omil bo'la oladigan hodisadir.
3.2 Islom ma 'rifat sivilizatsiyasining ta 'lim-tarbiyaga ta 'siri.
Sharq Renessansi deb nom Olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma'naviy
madaniyatining eng yuksaklikka ko'tarllgan, boy davri bo'lib, bu davrda
ilmfanning ikki yo'nalishi
•
Inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko'zi bilan egallanadi.
•
Bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib
o'rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi.
Bu fanlarning asosini Qur'onda va Sunnada bo'lga Alloh-va uning
elchisining oldindan belgilab bergan yo'l-yo'riqlari tashkil etadi.
Sharq mutafakkirlarning ma’naviy madaniy sohasiga qo'shgan ulushlari
nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo'nalishlarini
qamrab olgalligi bilan xarakterlanadi. Ular:
•
aqliy madaniyatni shddlantirish bilan bog 'langa qadriyatlar;
•
ma 'naviy-ruhiy qadriyatlar;
•
ijtlmoiy-siyosiy qadriyatlar;
•
badiiy-nafis aadrlvatlar:
•
diniy qadriyatlar tarzida o'z ifodasini topgan.
4.1 Imom Ismoil al- Buxori, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib,
Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy merosi.
Forobiy pedagogik qarashlari
•
Ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotini o'rganishda insm xislatlzi
to'g'risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiya kasb etadi. Forobiy
o'zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va
ma'naviv olamini o'rganishga ahamiyat beradi. Uning ta'limotida, inson
barcha boshqa jismlarda bo'lmagan qobilivat va kuchga, ruhiy quvvatga,
aql va so'zlash qobiliyatga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa
jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim bo'lish imkoniyatini
berganligi namoyon bo'ladi.
VS.
Abu Rayhon Beruniy
•
Abu Rayhon Beruniy bilim umuman insoniy qadiryatlarni
o'rganishning kaliti ekanligini alohida takidlaydi. Ilm-ma'rifatli odam
jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha
yomonliklardan uzoqdir. "Ilmning foydasi ochko'zlik bilan oltin-kumush
to'plash uchun bo'lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega
bo' lishdir"
4.2 Imom Ismoil al- Buxori, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib,
Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy merosi.
Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarida aqliy, axloqiy, mehnat,
jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikirlar katta tarbiyaviy ahamiyatga
egadir. U insonni ulug'laydi. Uning fikricha, insonning ulug'ligi aql-
idroki, so'zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o'quv
va bilimni farqlaydi:o'quv tug'ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir,
bilim esa o'qish-o'rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har
ikkisi o'zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:
•
Zakovat qayerda bo'lsa:ulug'lik bo'ladi,
•
Bilim kimdabo'lsa, buyuklik bo'ladi.
•
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
•
Bilimli, zakovatli tilakka vetadi.
Yusuf Xos Hojib ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liq holda bo'lishini
tavsiya etadi, o'g'il bolalarning bir necha san'at turlarini va hunarlarni
tugal o'rganmog'i lozimligini ta'kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari,
Jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.
4.2 Imom Ismoil al- Buxori, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib,
Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy merosi.
Somoniylar davrida (X asr) faqat Samarqandning o'zida 20 ga yaqin
madrasalar mavjud bo'lgan. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o'zining
«Donishnoma» («Bilimlar kitobi») nomli asarida mazkur madrasalarda
faqat musulmonchilikka oid bilimlar berilibgina qolmay, balki dunyoviy
ilmlar ham o'rganilganligi, ilmiy tadqiqotlar Olib borilganligi, ularning
negizida ilmiy maktablarning yuzaga kelganligi qayd etib o'tiladi;
O'z davrida madrasalarda o'qitilishi yo'lga qo'yilgan fanlarni Abu Ali Ibn
Sino quyidagi tizimlar bo'yicha ajratadi: Odob (xulq etikasi),
astronomiya, tibbiyotshunoslik, til va uning grammatikasi, fikr
(musulmon qonunchiligi). Alloma tomonidan taklif etilgan tarbiya turlar
esa quyidagilardan iborat: 1) aqliy 2) Jismoniy sog'lomlashtirish; 3)
estetik tarbiya; 4) manaviy tarbiya; 5) hunarga o'rgatish. Abu Ali Ibn Sino
tomonidan taklif etilgan tarbiya turlari Markaziy Osiyoda Uyg'onish
davridagi ta'limning insonparvarlik va shaxsning barkamol rivojlanishi
borasidagi g’oyalariga asoslangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |