Asarlari (450dan ortiq) - falsafa
- ilohiyot va tasavvufga oid
80 tasi
43 tasi
19 tasi
26 tasi
23 tasi
7 tasi
Asarlari
1 tasi
1 tasi
2 tasi
9 tasi
4 tasi
- boshqa olimlar bilan bo’lgan
- ilmiy yozishmalar
8 tasi
Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta`lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog`liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o`ringa tibbiyot fanlarini qo`yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya`ni nazariy va amaliy guruhlarga bo`ladi. Nazariy guruh kishilarni o`zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo`llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o`rgatadi deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta`limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta`kidlaydi: - bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik;
- ta`limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi;
- o`qitishda jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e`tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
- o`qitishni jismoniy mashqlar bilan qo`shib olib borish
Abu Nasr Farobiy - O‘rta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivoji uning nomi bilan bog‘liq. Forobiy o‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilgan va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitgani tufayli Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug‘lanib, “Al-muallim as-soniy” – “Ikkinchi muallim” (Aristoteldan keyin), “Sharq Arastusi” deb yuritilgan
Forobiy o‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160 dan ortiq asar yaratgan. U turli bilimlarning nazariy tomonlari, falsafiy mazmuni bilan ko‘proq qiziqqanligi uchun uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin:
1) yunon faylasuflari, tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar;
2) fanning turli sohalariga oid mavzulardagi asarlar.
Forobiy “Fozil shahar aholisining maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: - “Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi… Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‘paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi”.
Al Beruniy Al Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko‘plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O‘rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o‘lchamini aniqlagan Asarlari
Geodeziya
Hindiston
Minerologiya
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar
Farmokanaziya
Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o‘zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Uning asosiy asarlari matematika va astronomiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, Xorazmning xo‘jalik hayotida ulkan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan - yer sug‘orilishi va savdo sayohatlari haqida yozilgan
U davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish hamda osmondagi yulduzlar orqali Yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorga engashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik doimiyliklarni o‘lchay olish muhim bo‘lgan. Bu esa o‘z o‘rnida, matematika fani rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi.
Xulosa Faхr va iftiхоr bilan ayta оlamizki, jоnajоn zaminimizdan jahоn sivilizatsiyasi rivоjiga hissa qo’shgan allоmalar, faylasuf оlimlar juda ko’p yеtishib chiqqan. Ularning mеrоsidan fоydalanib, milliy mеntalitimizni, qadriyatu an’analarimizni, ma’naviyatimizni, insоniy go’zal hislatlarimizni, tafakkurimizni, samimiy dunyoqarashlarimizni yanada bоyitish hamda o’zlashtirish mumkin. Bu har bir qalb uchun faхrga aylansin! Foydalanilgan adabiyotlar - Prezident Islom Karimovning “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi– 16.05.2014
- Абу Райхон Беруний. “ Танланган асарлар” 1 том Тошкент Фан 1968й 151-б
- library.ziyonet.uz/ru/book/29369
- https://arboblar.uz
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |