Sharq mutafakkirlari ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, ularga qo’yiladigan talablar



Download 35,73 Kb.
bet2/8
Sana06.12.2022
Hajmi35,73 Kb.
#880119
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sharq mutafakkirlari ijodiy meroslarida mudarrislarni tanlash, ularga qo’yiladigan talablar.

Konfutsiy (er.avv.551-479 y.y.) – xitoylik buyuk mutafakkir. U o’z yurtida ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etib axloqiy-siyosiy ta'limotga asos soldi. U ta'limda o’qish va fikrlash, o’ylash muhimligini qayta-qayta takrorlagan.
Konfutsiy o’zining pedagogik faoliyatida tajribaga alohida e'tibor berdi. Masalan, har bir inson bir nimani biladiki, hisob qiladi. O’qituvchi to’rt narsadan – quruq foydasiz fikrlashdan, o’z mulohazasida qat'iy turib olishdan, qaysarlik qilishdan, faqat o’z haqida o’ylashdan zinhor saqlanishi kerak. Bu g’oyalarning birinchisi sof ko’ngil bilan munosabatda bo’lish, ikkinchisi shaxsiyatga berilmaslik va qaysarlik qilmaslikdir.


SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJODIY MEROSLARIDA MUDARRISLARNI TANLASH, ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirshish mahorati, muomala madaniyati Shark mutafakkirlarining asarlarida o'z ifodasini topgan. Sharq ma'naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko'plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan. Abu Nasr Forobiy va’z aytganda to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq matnini tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning roliga nazariy va amaliy jihatdan katta e’tibor beradi. Forobiy voizlik talablari haqida gapirib: «Voizning so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin», - deydi.
«O’qituvchi, - deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o’quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to’la va aniq ifodalay olishni bilmog’i zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», -deb ta'kidlaydi. Mutafakkir o'qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan.
Abu Nosr Forobiy ustoz - o`qituvchiga shunday talab qo`yadi: "Ustoz-shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko`ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm shogirda ustozga nisbatan nafrat uyg`otadi, bordiyu ustoz juda ham yumshoq bo`lsa, shogird uni mensimay qo`yadi va u beradigan bilimdan sovib ham qoladi. U o`qituvchiga bolalarning fe'l atvoriga qarab tarbiya jarayonida "qattiq" yoki "yumshoq" usullardan foydalanishni maslahat beradi:
1. Tarbiyalanuvchilar o`qish o`rganishga moyil bo`lsa, ta'lim tarbiya, jarayonida yumshoq usul qo`llaniladi.
2. Tarbiyalanuvchilar o`zboshimcha, itoatsiz bo`lsa, qattiq usul (majburlov) qo`llaniladi.
U o`qituvchining tarbiya usullarini hO`qumat (davlat) va shohlarning xalqni tarbiyalash va boshqarishdagi usullariga o`xshatadi, ularni qiyoslaydi. Hap ikkalasida ham yumshoqlik va majburlov zarurligini o`qtiradi.
Mashhur olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o`qituvchiga o`quvchini zeriktirmaslikni, o`tiladigan mavzuni qiziqarli va ko`rgazmali holda bo`lishi lozimligini maslahat beradi. Beruniy Hindiston asarida esa olimlar ilm aqllarini hurmat qilishga chaqiradi. Bo`larni kishilar ayniqsa, hukmdorlar hurmat qilsa, ularga o`z o`rnida baho bersa, ilmlar ko`payadi, demak jamiyat iqbolli bo`ladi, gullab yashnaydi.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu bahs-munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadi. Inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talab bilan yuzaga kelgan mantiq fanining qiyosi rostni yolg‘ondan ajratish vositasi bo‘lib qoldi. Inson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq so‘zlash uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini uqtiradi.
Buyuk alloma Abu Ibn Sino (980-1037) talabaga bilim berish o`qituvchining mas'uliyatli burchi ekanligini ta'kidlaydi. U o`qituvchining qanday bo`lish kerakligi haqida fikr yuritar ekan, ularga shunday yo`l -yo`riqlar beradi:
bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo`lish;
berilayoggan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;
ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish;
talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi;
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bera olish;
bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berilishi;
har bir so`zning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bo`lishiga erishishi lozim.

Download 35,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish