O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI “SHARQ MAMLAKATLARI
IQTISODIYOTI , SIYOSATI VA TURIZM FAKULTETI
“SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI”
FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU:
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning bilishdagi ahamiyati.
Bajardi:
Ilmiy rahbar:
Navoiy-2020
Mavzu : Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning bilishdagi ahamiyati.
Mundarija
Kirish
I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari
1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
II bob. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy ma’lumotlar
2.1.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyoj qonuni
2.2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning
chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni
taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida
iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har
qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz
rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini
erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada davlatimizning birinchi
rahbari I.Karimovning quyidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir: “Izchillik bilan amalga
oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan
oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini
yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2011 yilda soliq yuki, 1991 yil bilan
solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib,
41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. 2011 yilda mikrofirma va
kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga
kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining
kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo’shab qolgan qariyb 80
milliard 300 million so’m mablag’ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni
texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo’naltirish imkoni
paydo bo’ldi”.
Kurs ishining maqsad va vazifalari.Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy
hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy qonun
aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo
ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan
yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini
hal qilgan. Iqtisodiy qonunlar unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha
mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi
navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy qonunni boshqarishi zarur.
Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekistonning iqtisodiy qonun
va kategoriyalarini va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat.
Kurs ishining predmeti: O’zbekistonning iqtisodiy qonun va
kategoriyalarini kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2ta bob xulosa hamda foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari
1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini
to’g’ri tushunish ko’’ jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy
bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob insoniyat
jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan
vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot
nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni
qisqacha beriladi. Bu erda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi
fanining ‘redmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o’rnini
ko’rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal
qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o’rin beriladi.
Bu bobda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib
berishga alohida e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |