Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet24/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

TOMAS MOR (1478-1535) Londonda sudyalar oilasida tug‘iladi. Oksford universitetini tugallaydi, lotin va grek tillarini o‘rganadi. Morning gumanistik qarashlari uning “Utopiya” 1516 y romanida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Roman asar muallifi bilan dengizchi Rafael Gitlodey o‘rtasidagi suhbat shaklida yozilgan. Kitobning birinchi qismida Angliyadagi mavjud ijtimoiy tartiblar, ikkinchi qismida esa “Utopiya” orolidagi ideal ijtimoiy tuzum ko‘rsatiladi. Voqea ko‘p joylarni ko‘rgan dengizchi-sayyoh–Rafae Gitlodiy tilidan bayon qilinadi. U Angliyada qattiq qonunlar natijasida azob chekayotgan xalq, yeridan ajralib, gadoylar sonini ko‘paytirayotgan dehqonlar haqida so‘ylaydi. Qishloqqa kirib borayotgan kapital va dahshatli eksppluatatsiyani, tekinxo‘rlik bilan hayot kechirayotgan hukmron tabaqalarning kirdikorlarini ochib tashlaydi. “Qo‘ylaringiz... shunday xo‘ra va asov bo‘lib qoldilarki, hatto odamlarni ham yamlab qo‘ymoqdalar, dala uy va shaharlarni ham vayron, ham yakson etmoqdalar” degan muallifning obrazli so‘zlari haqiqat ekanligini hayot isbotlagan edi.
XVI asrning 60-70 yillariga qadar teatr truppalarining doimiy binosi yo‘q edi. Ular o‘z o‘yinlarini mehmonxonalar hovlisiga, ko‘chma sahna o‘rnatib ko‘rsatar edi. Graf Lester nomidagi truppaga iste’dodli aktyorlar to‘plangan bo‘lib, ularning boshida qobiliyatli duradgor Jeyms Berbedj turardi. 1576 yilda Berbedj Londonning shimoliy qismida, Temza daryosi sohilida birinchi doimiy teatr binosini quradi. 1577 yilda Kurtina teatri qad ko‘taradi, shundan so‘ng shaharning janubiy qismida yana 3 ta teatr qad ko‘taradi. Teatrlarning dekoratsiya va jihozlari ham juda oddiy edi. Idishga o‘rnatilgan daraxt - o‘rmonzorni, stakan turgan stol–mayxonani, qora gilam–kechani, oq gilam–kunduzni bildirgan.
XVI asrning ikkinchi yarmida «universitet bilimdonlari» deb atalmish qator dramaturglar yetishib chiqib, ular uyg‘onish davri teatrini yangi bosqichga ko‘tarishga ulkan hissa qo‘shdilar. Bular Shekspirning zamondoshlari: Jon Lili, Kristofer Marlo, Robert Grin, Tomas Kid va boshqalardir.
Jon Lili (1553-1606) dramaturgiyada «tuban va yuqori» komediya janriga asos solgan yozuvchi bo‘lib, uning dastlabki asari «Evfues yoki donolik anatomiyasi» (1579) romanidir. Asar qahramoni afinalik yengiltak yigit Evfues do‘sti Filavit bilan aristokratiya muhitida juda ko‘p sevgi sarguzashtlarini boshlaridan kechiradilar. Dramaturg sifatida Jon Lili ko‘proq mifologik mavzuda va nafis ishlangan pastorallar tipidagi «Oydagi ayol» (1584), «Endimion» (1588) komediyalarida allegorik obrazlarda saroy hayoti va sevgi intrigalarini aks ettiradi. Lili ijodining o‘ziga xos tomoni shundaki, ingliz dramaturgiyasi uchun yangilik u tomoshabinda qattiq kulgu emas, balki yengil tabassum qo‘zg‘ashni ko‘zlaydi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish