Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi



Download 3,94 Mb.
bet13/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

MAVLONO JALOLIDDIN RUMIY

Jaloliddin Rumiy (1207-1273) jahon adabiyotining buyuk vakillaridan biri hisoblanadi. Uning salmoqli asarlari sakkiz asrdan beri dunyo aholisiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda. Maxsusan, shoirning diniy-tasavvufiy va ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan yo‘g‘rilgan she’riyati turli tillarda tarjima qilinib, o‘rganilishi bugungi kunda ham qizg‘in davom etayapti.


Dunyodagi eng buyuk olim va shoirlar ilm va adabiyot cho‘qqisiga ko‘tarilgandan keyin ham Rumiyning ma’naviy merosi oldida o‘zini nochor his qilgani haqida o‘nlab misollar keltirish mumkin. Uning she’riyatini chuqur o‘rgangan G‘arb olimlari tengi yo‘q shoir sifatida e’tirof etishganida ham asos bor.
Jaloliddin Rumiyni Abdurahmon Jomiy: «Payg‘ambar emas, lekin kitobi bor», – deb ulug‘lagan. Jumiy bu yerda Rumiyning «Tasavvuf qomusi» bo‘lmish «Masnaviyi ma’naviy» asarini nazarda tutgan. Mazkur asar o‘sha davrda ham ma’lum va mashhur bo‘lgan edi. Bundan tashqari, Rumiyning «Devoni kabir», «Ichindagi ichindadur», «Yetti majlis», «Maktublar» nomli yana to‘rt asari mavjud. Bulardan faqat «Masnaviyi ma’naviy» bilan «Devoni kabir» she’riy asarlardir. Qolgan uchtasi nasrda yozilgan. Ammo tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu asarlardan faqat «Maktublar» Mavlono Rumiyning qo‘li bilan yozilgan bo‘lib, uning turli kishilarga yo‘llagan 150 taga yaqin maktublarni qamrab olgan.
«O‘zlikni tanish kitobi»1
Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari haqida qancha ko‘p gapirib, asarlarini takror o‘rgansak ham kamlik qiladi. Uning tafakkur olami bir dengizga o‘xshaydi, har bir kishi o‘ziga bog‘liq narsani undan qo‘lga kirita oladi. Mutasavvif shoirning yozgan asarlari qatorida «Ichindagi ichindadur» kitobini alohida o‘rni bor.
Oyat, hadis va hikoyatlardan foydalangan holda Rumiy ushbu asarda fikrlarini nasr shaklida bayon etadi. Asarda keltirilgan har bir rivoyat boshqa ma’nolar qirralarini yoritib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun muallif doim hikoyatlarni keltirib, ularning ko‘magida boshqa mazmunlarni tushuntirishga jazm etadi. Asar «Masnaviyi ma’naviy» baytlari va hikoyatlaridek tushunishi qiyin va kompozitsiyasi murakkab emas. Bunda ikki asos bor. «Ichindagi ichindadur» nasriy asar, bu bir. Ikkinchi, shuki asar Mavlononing har bir ma’rakada qilgan mav’izalaridan iborat. Oddiy xalq uni tushunishi uchun til ravon va tamsillar tushunarli bo‘lishi kerak edi. Shu bois ayrim o‘quvchilar «Masnaviy» baytlari mazmunini anglash uchun bu asarga murojaat qilishadi. 2003 yil mohir tarjimon Ulug‘bek Hamdam tomonidan tarjima qilib, nashr ettirilgan ushbu kitob o‘zbek kitobxonining dunyoqarashini boyitdi.
«Ichindagi ichindadur» asari juda ravon tilda yozilgan bo‘lib, Rumiyning ta’limiy masalalarga bag‘ishlangan ma’ruza va mav’izalaridan iborat. Ammo muallifning o‘zi yozgan emas, balki uning muridlari tomonidan to‘plangan asardir. Irfonga bag‘ishlangan nasriy kitoblar ichida Rumiyning ushbu asari alohida o‘rin tutadi. Har bir o‘quvchi undan yetarlicha ma’naviy ozuqa oladi hamda muallifning irfoniy qarashlaridan bahramand bo‘lib, o‘zida yangi olamni kashf etadi. «Masnaviy»dagi fikrlar muallif qarashlarining qaymog‘i hisoblangan bo‘lsa-da, «Ichindagi ichindadur» kitobidagi fikrlar o‘sha ma’naviyat marvoridlarning nasriy shaklida berilganidir. Tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov (oxiratlari obod bo‘lsin!) o‘zbek tilidagi tarjimasi mukaddimasida ushbu asarni «botiniy ilmlar bayonnomasi, o‘z-o‘zini, o‘zlikni va Ilohni tanish kitobi» – deb, ta’kidlagan.
Asarda ko‘proq o‘zlik atrofida bahs yuritilib, bu masalaga bog‘liq ayrim muammolar yechimi topilgan. Kitobning ko‘p joylarida Rumiy hazratlari insonlarni hayotda to‘g‘ri yo‘l topib, o‘zlikni tanishish orqali saodatga undaganligi sezilib turadi.
Rumiyning o‘zlik haqidagi fikrlarini o‘rganarkanmiz, bu masalaga bog‘liq holatlarga e’tibor beramiz. Har bir kishi turli sohaga tegishli bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirishi bilan hali o‘zlikni taniydi degan g‘oya noto‘g‘ri ekaniga asos bor. Rumiy: «Xudi shunday zamonamiz olimlari ham qilni qirq yoradilar, o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan narsalarni juda yaxshi biladilar, ammo o‘ta muhim o‘zlari uchun qolgan barcha narsalardan yanada yaqin bo‘lganni, ya’ni, o‘zlarini bilmaydilar. Hamma narsalar yaqin bo‘lgan borliq–bu ularning menligi»2, – deb aytadi.
Demak, har bir inson o‘z menligi mohiyatini tushunmas ekan, boshqa bilimlari bilan haqiqat olamiga yo‘l topolmaydi. Bu yerda haqiqat hayot mohiyatini tushunishdan iborat.
Boshqa joyda so‘z va uning qudrati haqidagi g‘oyalarini Jaloliddin Rumiy mahorat bilan ifodalaydi. Uning g‘oyalarini o‘rganishdan so‘ng, so‘z inson ko‘nglidagi niyatlari ifodasi ekaniga ishonch hosil bo‘ladi. Rumiyning ushbu masalaga bog‘liq fikrlariga e’tibor qaratishimiz bilan uning tafakkur ko‘lami qancha keng ekani ko‘z oldida namoyonlashib boradi: «Insonni tanimoqchi bo‘lsang, uni gapga sol, so‘zidan uning kim ekanligini bilib olasan»3.
Insonni to‘g‘ri yo‘lga solib, dushmanlarni do‘stga aylantiradigan kuch ham so‘z, aksincha, yo‘lda adashtirib, do‘stni dushman qiladigan qudrat ham so‘zdir. So‘z borki, insonni boshqa hayvondan farqlanishiga imkon tug‘iladi.
Rumiy ta’kidlashicha, zohirparatslik buyuk ma’naviy maqsadlarga erishish uchun to‘siqlik qiladi. Shuning uchun, nozik masalalarga e’tibor berib, gumanizm nuqtai nazardan inson hayotiga bog‘liq masalalarni hal qilishga erishgani ko‘zga tashlanadi. U inson botinida barcha narsalardan ko‘ra, iymon zarur ekaniga ishora qilib o‘tgan: «Iymon namozdan ustundir. Chunki namoz kunda besh mahal, iymon esa hamma vaqt farzdir. Namoz uzrli sabab bilan fursat bo‘lishi bilan ado etilishi mumkin. Iymon uchun hech qanday uzrli sabab bilan buzilib, keyinroq bajarish ruxsati yo‘q. Namozsiz iymonning foydasi bo‘ladi. Biroq iymonsiz namozning foydasi yo‘q. Namoz har dinda turlicha, iymon esa o‘zgarmaydi»4.
Rumiy bu bilan iymonning qancha ahamiyatli ekaniga ishora qilib o‘tgan. Darhaqiqat, iymon inson botinidagi javhardir.
Asarni o‘qigach, anglashiladiki, Rumiy shakl girdobida qolmay, doimiy tarzda insonni o‘z mohiyatini anglashga chorlaydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, sakkiz asrdan beri uning asarlari zavq bilan o‘qiydigan kitoblar qatoriga qo‘lma-qo‘l yuradi. Inson mohiyati, uning ruhiyati bilan o‘ralgan kitob hech qachon eskirmasligiga yana bir karra ishonch hosil qilamiz. Demak, botiniy ehtiroslar vaqt va makondan tashqi bir xil amal qiladi. XXI asr insoni Mavlaviy merosida o‘z holati tasvirini ko‘rishi ham shunda.
Jaloliddin Rumiy dardni inson jismiga bir mehmondek biladi. Uningcha, dard borgan joyini oldin vayronaga aylantirib, keyin obod qiladi. «Masnaviy»da ham «Dard ista, dard ista, dard, dard» degani bejiz emas. «Ichindagi ichindadur» kitobida muallif bu masalani chiroyli tarza yoritib bergan: «Dard doimo insonga yo‘l ochadi. Dunyodagi har ish uchun inson yuragida ishtiyoq, havas va dard bo‘lishi lozim. Aks holda, inson bu ishni qilmas. Dardsiz va zahmatsiz ish ham unga muyassar bo‘lmas».
Boshqa joyda keltiradi: «Vujud ham Maryam kabidir. Har birimizning Isomiz bor. Bizda ham o‘shanday dard paydo bo‘lsa, Isomiz tug‘iladi. Agar dard bo‘lmasa, Iso ham o‘z kelgan yo‘lidan qaytib ketadi...».
Me’yorga rioya qilishni Mavlono Jaloliddin Rumiy takror ila taqozo qiladi: «... odam borki, dengizlarga qonmas, odam bo‘ladiki, bir tomchi suv bilan kifoyalanadi... Dunyodagi mol-mulklar, oltinlar, qimmatbaho toshlar konlari so‘ngsiz o‘lchovdadir. Biroq ular insonga bahosi miqdorida keladi»5. Uningcha, har bir narsa idish miqdorida keladi, ya’ni har doim me’yor saqlanajak. Nima bo‘lishidan qat’i nazar ortiqchasi ziyon keltiradi.
«Ichindagi ichindadur» asari Rumiyning uchta nasriy merosidan biri bo‘lib, irfoniy nasr taraqqiyotida alohida o‘rin tutgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu asarni Mavlono Rumiy zamonida «Maqolot» deyishar ekan, lekin keyinroq «Fihi mo fihi» nomini oladi. Asar ko‘pgina fasllardan iborat bo‘lib, anglashiladiki, muallifning mav’izalarini tashkil etadi. Turli munosabat bilan keltirilgan hikoyatlar asar salmoqligini oshirgani sezilib turadi. «Masnaviy» hikoyatlarida mavhum qolgan mazmunlarni zudlik bilan ushbu asardan topib o‘qish mumkin.
Rumiyda bir ajoyib uslub borki, jamiyatning har bir qatlami tafakkur ko‘lamini inobatga olib, fikr yuritadi. Natijada olim kishi ham, omiy kishi ham, oshiq kimsa ham, dindor kishi ham o‘ziga kerakli narsani Rumiy asaridan oladi Rumiy tasavvuf olamidagi har bir masalani hayotiy misollar bilan oddiygina qilib tushuntirib boradi. Natijada uning kitobini o‘qigan odam qanchalar boy tasavvurlarga ega bo‘ladi. Qancha irfoniy ma’lumot oladi hamda komil inson nimaligini yaxshigina anglaydi. Bir-biri bilan qorishib kelgan axloqiy, irfoniy, faslafiy mazmunlar inson tafakkuri taraqqiyotida xizmat qiladi. Shuning uchun ko‘pgina masallarni rivoyat qilib, ular orqali muallif tasavvufiy-tarbiyaviy ma’nolarni tushuntirishga erishadi. Asarda keltirilgan hikoyatlar boshqa adabiy asarlardan iqtibos olingan bo‘lib, muallif o‘zining irfoniy qarashlarini yoritib berish uchun ulardan foydalanadi.
70 fasldan tarkib topgan ushbu asar mavzu, mundarijasidan farq qilmagan holda, fasllari to‘ldirib borgan. O‘rni kelganda, muallif bayt va she’rlarni o‘z fikrlari tasdig‘ida keltirgan hamda ularni o‘z qarashlariga mos sharhlab borgan.
Rumiy har bir hikoyatni bir muammoning mavhum qolgan tomonlarini ochib berishga qo‘llanib, ularning syujet chizig‘i asosida oyat va hadislarni sharhlab boradi, so‘ngra ularni birgalikda irfoniy mazmun bilan bog‘lanadi. Muallif ushbu yo‘nalishni tanlashga «Kalila va Dimna» asarining uslubi katta ta’sir etgandek ko‘rinadi. Rumiy ko‘pgina qissalarni «Kalila va Dimna»dan olib, ularga yangicha ko‘rk beradi. Ya’ni, syujet chizig‘ini o‘zi istagan tomonga burib, maqsadlarini aytishga imkoniyat yaratib hamda madrasa muridlari ta’limiy sharoitlarini inobatga olgan holda, hikoyat mazmunini irfoniy masalalar bilan moslashtirib boradi. Ayrim hikoyatlarda yuqorida ko‘rsatgan turlardan ikkitasi ko‘proq kuzatiladi. Lekin «Masnaviy»ning asosiy uslubi hikoyat ichida hikoyat hisoblanadi. Bu uslub Rumiyning salaflari she’riyatida ham mavjudligiga qaramay, uning she’riyatida eng yuqori darajaga chiqqan. Sharqshunos olim A. Shimmel «Masnaviy»ni «Tasavvuf qomusi» deya ta’riflaydi6. Haqiqatan, asar keng ko‘lamli mazmunlari jihatidan bir butun ta’limiy-irfoniy qomusga aylangan. Bunday e’tirof asarni yana ham chuqurroq o‘rganib, Rumiy shaxsiyati va ijodini har tomonlama o‘rganishga chorlaydi. Chunki, muallif shaxsiyati, hayoti va u o‘rgangan manbalarni yetarli darajada bilmasdan, «Masnaviy» mohiyatini anglab yetish qiyin masala. Matnda noan’anaviy uslubdan foydalanilgan. Muallif hikoyatlar ichida qahramonlar so‘zidan tashqari, boshqa kishilar so‘zini ham keltiradiki, bunday yo‘l tutish syujetni ajratib olishga to‘siqlik qilishi mumkin. «Masnaviy» faqat irfoniy dastur sifatida emas, balki diniy-ta’limiy mukammal she’riy asar, deya baho olgan. Rumiy Sanoiy va Attor boshlab bergan irfoniy dostonchilikni davom ettirib, ushbu yo‘nalishda yuksak maqomga erishdi. «Hadiqa»ning ta’limiy mazmunlarini ochib berishga undagan shoir, muridlarga tasavvufiy ma’nolarni qiyos va dalil orqali kengroq ko‘lamda yetkazib berish uchun «Masnaviy»ni yangi uslubda yozdi. Shuning uchun, asardagi hikoyatlar bir tizimda bo‘lmasa-da, ular bir-birini g‘oya va mazmun jihatidan to‘ldiradi. Eng muhimi, shoir davridan to bugunga qadar «Masnaviy» o‘qimishli asar sifatida baholaganining asosiy sababi – unda xos va om guruhlar namoyandalarining xohish va istaklarini inobatga olinganidir.
Mutafakkir shoir ushbu asarida bir qancha sheva so‘zlaridan foydalangani ham kuzatiladi. Xususan, Movarounnahr miqyosida fors tilida gapiradigan elatning shevada ishlatiladigan so‘zlari ko‘p uchraydi. Bunday so‘zlar xalq tilida bugungi kunda ham mavjud bo‘lib, kundalik so‘zlashuvda foydalaniladi.
Umuman olganda, Rumiy asarning ijodi jarayonida an’analarni inkor etmagan holda, ko‘proq yangilik yaratishga urinib, hech kim kuzatmagan irfoniy dostonchilikning yangi yo‘nalishni asos solgan. «Masnaviy»ning boshqa asarlardan afzal jihati ham shunda namoyon bo‘ladi.

Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish