Sharof Rashidov tumani 11-umumta`lim maktabining boshlag`ich o`qituvchilari bilan o`tkazilgan yig`ilish
BAYONNOMASI
Sentabr 2021-yil
Kun tartibida ko`riladigan masalalar:
1. 2020-2021 o`quv yilining tahlili, yutuq va kamchiliklar.
2.Yangi 2021-2022 o`quv yilidagi qilinadigan ishlar rejasini tuzish va vazifalar bilan tanishish.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari Toshpo`latova Iroda so`zi tinglandi.
2020-2021 o`quv yilidagi ishlarimizni namunali deb aytsak bo`ladi. Avvalo o`quvchilarni o`qitishdagi I.P.T va A.K.T dan foydalanish samarali kechdi. 1,2,3,4-sinflar uchun ishlab chiqilgan multimediali ilovalar fanni o`qitishda o`qituvchilar uchun asosiy qo`llanma bo`ladi.
Asosiy ishimiz bilimli, zakovatli, dunyo qarashi keng avlodni tarbiyalashdir. 2020-yil sentabr oyida fan oyliklari doirasida namunali ochiq darslar va tadbirlar o`lib o`tdi.
Zoirjonova N 2-“A” sinfida “O`qish” fanidan namunali dars o`tdi.
Abbosova N 4-“V” sinfida “Matematika” fanidan o`tgan ochiq darsi ham namunali deb topildi.
Mo`minova Gulnoza 2-“E” sinfida ona tili fanidan namunali dars o`tdi.
Yil davomida ko`plab ochiq darslar, tadbirlar o`tkazildi. O`quvchilarni bilimlarini bilish maqsadida monitoring testlari ham olib borildi. O`rtacha ko`rsatkich 76,8% ni tashkil etdi.
Rasm fanidan qiziqishlarini oshirish maqsadida fan o`qituvchisi G`aniyeva Dilfua tomonidan turli tadbirlar va rasmlar ko`rgazmalarini tashkil etishdi. Bunda 2-“V”, 2-“B”, 3-“A”, 3-“B”, 3-“V”, 4-“A” sinflari faol ishtirok etib faxrli o`rinlarni egallashdi.
Yutuqlarimiz ko`p, ammo kamchiliklardan holi emasmiz. To`garaklarning o`z vaqtida o`tilmasligi, fanlarni ko`rgazmalilik asosida o`tmaslik, bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlamasligimiz ko`rsatkichlarning pasayishiga olib kelmoqda.
Iqtidorli o`quvchilarni ajratish, ularni iste`dodlarini o`z yo`nalishlari bo`yicha o`rganishni yo`lga qo`yishimiz kerak. Asosiy vazifamiz komil insonni tarbiyalash, yetuk kadrlarni yetkazishda poydevorni mustahkam qo`yish ekanini unutmasak bo`ldi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan B.S.I.B.M Hazratqulova M so`zi tinglandi:
2021-2022 o`quv yili ham boshlandi. Bu yilda ancha rejalar va ko`plab ishlar oldimizda turibdi. Eng birinchi navbatda maktab hujjatlarini jamlash kerak. Ularga sinf jurnali, taqvim-mavzu reja, dars tahlili, kundalik dars ishlanmalari kiradi. Bundan tashqari:
-To`garak ish rejalarini tuzish va ularni tasdiqlash;
-Har bir dars uchun kerakli ko`rgazmali qurollarni tarqatmalarni tayyorlab borish;
-Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash, daftar tutish;
-Iqtidorli o`quvchilarni aniqlash va ular o`rtasida turli tanlovlarni tashkil etish;
-Kitobga havasni uyg`otish maqsadida “Yosh kitobxon”, “Men sevgan ertak” mavzusida kechalar tashkil etish;
-Yosh o`qituvchilarga metodik yordam ko`rsatish, “Ustoz-shogird” maktabi ishlarini tashkil etish;
-Ota-onalar bilan hamkorlikda pulli to`garaklarni tashkil etish (ingliz tili, rus tili, matematika fanlaridan)
-O`quvchilar o`rtasida odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va unga rioya qilish bo`yicha ko`rsatmalar berib borish;
-O`quvchilarda vatanparvarlik, milliy g`urur, mehr-oqibat, mas`uliyat, ishbilarmonlik kabi xislatlarni tarbiyalash;
-4-sinflar o`rtasida “Bilimlar bellashuvi”ni namunali tashkil etish va o`quvchilarni rag`batlantirish;
-Maktabda dars boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, o`quvchilar formasida kelishlarini ta`minlash;
-Yil davomida ochiq darslar, tadbirlarni muntazam tashkil etb borish;
-Ommaviy axborot vositalariga chiqish qilish.
Yuqorida ko`rilgan masalalar yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
2020-2021 o`quv yilida qilingan ishlar namunali deb topilsin.
Sinf rahbarlari va fan o`qituvchilari o`rtasida “Ustoz-shogird” maktabi yo`lga qo`yilsin.
2021-2022 o`quv yilida qilinadigan ishlar rejasini tuzish va uni amalga oshirish I.B.M Hazratqulova M zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi: Hazratqulova M
Sharof Rashidov tumani 11-umumta`lim maktabi boshlang`ich IV-“A”, “B”, “V”, “D” sinflari o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-yilligi bayrami munosabati bilan o`tkazilgan “O`yla, izla, top” bellashuvi tadbir
Do'stlaringiz bilan baham: |