I-Bob bo`yicha xulosa Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarining
mohiyatini adabiyotlardan o`rganish va tahlil qilish jarayonida shu narsalar
aniqlandiki, bu yo`nalishda bir necha olimlar bolalarning jismoniy rivojlanishi,
jismoniy tayyorgarligi, maktabgacha tarbiya muassasalaridagi jismoniy
tarbiyaning holati va boshqa-boshqa yo`nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borib,
o`z fikr mulohazalarini bildirishganlari aniqlandi. Bular G.Amantaeva, I.V.Plovtseva, L.D.Glazorina, Costas Karageorghis, Piter Terri va boshqalar.
Lekin shunga qaramasdan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning
jismoniy tarbiya to`g’risidagi ma’lumotlari etarli emas. Shu bilan birga
mustaqillik davrida maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiya
ishlarini asta-sekin rivojlanyatganligi, yosh olimlarning bu yo`nalishda ish olib
boryatganligi, ilmiy maqolalarni ko`payib boryatganligidan dalolat beradi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari hamda sog’lomlashtirish oromgohlarida yana shu narsa aniqlandiki, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini qiziqarli ravishda tashkil eishning tashkil etishning yaxlit ko’rinishi ishlab chiqilmagan. Pedagogik jarayon yo`nalishlari bo`yicha ilmiy tasdiqlangan ma’lumotlar yetarli emas.
II. ILMIY-TADQIQOT ISHINING TASHKIL QILINISHI, UNING METOD VA USLUBLARI 2.1. Ilmiy-tadqiqot ishining tashkil qilinishi Ilmiy tadqiqot ishini bajarishdan oldin tajriba jarayonida amalga
oshiriladigan ishlarning amaliy muammolari, tadqiqotning maqsadi, vazifalari
maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalarning jismoniy
rivojlanish ko`rsatkichlarini qiyosiy o`rganishga bag’ishlangan ilmiy-uslubiy
manbalar o`rganildi.Ilmiy tadqiqot ishini o`tkazish hujjatlari tayyorlandi.
Bolalar va o’smirlarning yozgi sog’lomlashtirish davri muayyan aniq belgilangan muddat va sharoitda o’tkazilib, ta’lim tizimining bir qismi bo’lmog’i va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya izchilligini ta’minlashi lozim. Bu davrning o’ziga xosligi – barcha bolalarning erkin ravishda o’z qobiliyatlarini to’liq namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratishi hamda o’quv yili davomida o’quv yuklamalarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy, aqliy va ruhiy-emotsional zo’riqishlarni bartaraf qilish, bolalarning yangi o’quv yiliga lozim bo’lgan tayyorgarlik bilan kelishlarini ta’minlashi bilan xarakterlanadi.
O’quvchilarning istedodini yanada rivojlantirish, dunyoda bo’layotgan voqea va jarayonlarga o’z munosabatlarini aniq bildira oladigan mustaqil fikrga ega, vatanparvar hamda xalqimizga sadoqatli farzand etib tarbiyalshida yozgi sog’lomlashtirish oromgohlarining o’z o’rni bor. Yozgi sog’lomlashtirish oromgohlari faoliyatiga mamlakatimizning taniqli shoir va yozuvchilari, yetakchi oliy ta’lim muassasalarining eng ilg’or professor - o’qituvchilarni jalb etgan holda maxsus dastur asosida mashg’ulotlar, fan kechalari, viktorinalar, mushoiralar, turli tanlov va musobaqalar o’tkazish alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan ko’zlangan maqsad yozgi oromgohlar faoliyatini yuksak ma’naviyat me’zonlari asosida tashkil etish bo’lib, farzandlarimizning dam olishini mazmunan boyitishga, qolaversa, ularni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi. Oromgohlarda bolalarni sog’lomlashtirish maqsadida turli sport musobaqalari bilan birgalikda har kuni ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari bo’lib o’tadi. Ushbu mashg’ulotlarni bolalar zavq bilan bajarishadi. Ammo ayrim bolalar ertalabki badantarbiya mashqlarini to’liq bajarishmaydi. Lekin oromgohlarda musiqiy tovush orqali jismoniy mashqlar bajarilsa, bolalar ushbu mashg’ulotni umumiy tarzda yanada xush kafiyat bilan bajarishadi.
Sog’lom turmush tarzini shakillantirishning ilmiy-nazariy jihatlarini o`rganishga oid adabiyotlar tahlil qilindi. Samarqand viloyat Urgut tumani “Chor chinor bolalar sog’lomlashtirish oromgohi va ushbu tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga qarashli 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchi bolalarining jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlarini qiyosiy o`rganish maqsadida tarbiyachilar tajribasi o`rganildi va pedagogik kuzatishlar olib borildi. Oldimizga qo`yilgan muammoni hal etish uchun Urgut tumanidagi “Chor chinor” bolalar sog’lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchi bolalaridan 24 - nafari ixtiyoriy ravishda ajratib olindi. Ixtiyoriy ajratib olingan barcha tarbiyalanuvchi bolalarni 2 guruhga bo`lib o`rgandik. Birinchi tajriba guruhiga (12-nafar) ertalabki gigienik gimnastika mashqlari bilan muntazam shug’ullanuvchi jismoniy faol 6-7-yoshli tarbiyalanuvchi bolalar, ikkinchi nazorat guruhiga esa (12-nafar) ertalabki gigienik gimnastika mashqlari bilan muntazam shug’ullanib bormaydigan jismoniy nofaol 6-7-yoshli
tarbiyalanuvchi bolalar kiritildi. Ilmiy-tadqiqot ishi uch bosqichda olib borildi.
Tadqiqotning birinchi bosqichida mavzuga tegishli bo`lgan ilmiy adabiyotlar o`rganildi, tahlil qilindi va umumlashtirildi. Mavzuning dolzarbligi yoritildi, maqsad va vazifalar belgilandi mahоratlarini spоrt musоbaqalarida yanada faоllashtirish, ularning jismоniy va ma’naviy salоmatligini mustahkamlash, ular оrasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishdan ibоrat.
Maqsasimiz yoshlarni nafaqat jismоniy va balki ma’naviy intеllеktual jihatdan ham kamоl tоptiradi. Oromgoh va maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy daqiqalarni o’tkazishni takomillashtirish, tabiyalanuvchi bolalarining qolaversa, yoshlarning salomatligini mustahkamlash, mamlakatimizda yangi barkamоl avlоdni tarbiyalash va uning shuxratini оshirishda katta rоl o’ynashi shubhasiz.
Ilmiy-tadqiqot ishi uch bosqichda olib borildi:
Tadqiqotning birinchi bosqichida mavzuga tegishli bo`lgan ilmiy adabiyotlar o`rganildi, tahlil qilindi va umumlashtirildi. Mavzuning dolzarbligi yoritildi, maqsad va vazifalar belgilandi.
Ikkinchi bosqichda oromgoh dam oluvhci bolalari va maktabgacha tarbiya yoshidagi 6-7 yoshli bolalarni jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik holatini aniqlash uchun test me’yor o`lchovlari aniqlandi va tajribagacha bo`lgan dastlabki ko`rsatkichlar olindi.
Uchinchi bosqichda esa oromgohning jismoniy tarbiya yo’riqchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarida o`quv tarbiya ishlarini tashkil etishning mohiyatli tomonlari o`rganilib, pedagogik tajriba o`tkazildi. Olingan dastlabki yakuniy natijalar o`rganilib, tahlil qilindi.
6-7 yoshli bolalarda harakatda funksiyalari tez takomillashadi, harakat sifatlarini yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydigan koordinatsiya mexanizmlari shakllanadi. Gavda muvozanatini saqlash tez rivojlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida 02.02.2021 yildan va oromgohda esa 10.06.2021 yildan tajriba sinov ishlarini o’tkazishni boshladik.
Bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash:
6-7 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligi darajasi berilgan maxsus testlar orqali aniqlandi (1-jadval).
Quyidagi test mezonlari orqali boalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi o’rganildi:
30 m. ga yugurish;
4x10 m. ga yugurish;
turgan joyidan uzunlikka sakrash;
tennis to’pini uzoqqa uloqtirish
Oromgohda bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi harakatli o’yinlar orqali aniqlandi :
To’psiz yugurish;