II.O’zbekiston kafedrasidagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishdim. (2-ilova)
Bu hujjatlar O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, universitet kengashi qarorlari, nizomlar va yo’riqnomalar, buyruqlar, kafedra rejalari va o’quv rejalari kabi hujjatlar to’plami, kafedra mudiri va professor o’qituvchilar haqida ma’lumotlar, professor o’qituvchilar dars jadvallari, bitirib ketgan magistirlarning magistirlik disertatsiyalari, kafedraning stoli ustida Samarqand Davlat Universitetining odob-axloq kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand Davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarorlari bilan tanishdim.
O’qitilayotgan fanlarning, o’quv dasturlari bilan tanishdim.Bu o’quv dasturda fanning nomi unga ajratilgan soatlar taqsimoti qachon tastiqlanganligi va boshqa ma’lumotlar bor. Masofaviy ta’lim platformalarini Amaldagi masofaviy ta’lim platformalariga HEMIS, ZOOM, MOODLE kabilar kiradi. Biz pandemiya tufayli darslarimiz qisqa muddat onlayn tizimda o’tildi mana shu o’quv jarayonlari ZOOM ilovasi orqali amalga oshirildi. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish kabilarni o’rganib ozimda bilim va ko’nikma hosil qildim.
III.Kafedrada quyidagi fanlar o’qitilyapti.
Magistrlarga
1.Samarqand tarixi
2.Samarqand jahon sivilizatsiyalari tizimida va tarixshunosligi
3.O’zbek shaharlari transformasiyai
4.Samarqand tarixiga oid manbalar polegrafiyasi
fanlari ma’ruza va seminar tarzida o’qitilib kelinmoqda
IV.Ilmiy pedagogik ish davomida Samarqand davlat muzey qo’riqxonasi bilan ham tanishib chiqdik (4-ilova)
V.Amaldagi masofaviy ta’lim platformalariga quyidagilar kiradi: . (5-ilova
HEMIS, ZOOM, MOODLE kabilar kiradi.
HEMIS axborot tizimi - oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
ZOOM - bu bulutli videokonferentsaloqa xizmati bo'lib, siz boshqalar bilan deyarli jonli suhbatlar o'tkazishda video yoki audio orqali yoki ikkalasi bilan deyarli uchrashishingiz mumkin va bu ushbu sessiyalarni keyinroq ko'rish uchun yozib olishga imkon beradi.
Moodle dasturiy ta’minot platformasi - o’qituvchi va talabalar, shuningdek talabalarning bir-biri bilan faol o’zaro ta’sirini qo’llab-quvvatlashga – muammolarni birgalikda hal qilish, muhokama qilish, bilim almashish va jamoaviy ishning boshqa turlariga e’tibor qaratib, turli xil o’quv kurslarini yaratish va onlayn tarzda o’tkazishga imkon beradi.
Biz pandemiya tufayli darslarimiz qisqa muddat onlayn tizimda o’tildi mana shu o’quv jarayonlari ZOOM ilovasi orqali amalga oshirildi. Biz dars jadvallarini HEMIS flatformasi orqali ko’rib onlayn darslarga o’z vaqtida qatnashdik. Bundan tashqari uyga berilgan vazifalarni, imtihon jadvallarni, reyting daftarchamizni, o’zimiz haqimizdagi ma’lumotlar va boshqa shu kabi ma’lumotlarni onlayn kuzatishimiz mumkin. (5-ilova)
VI. Masofaviy ta’lim platformalariga kafedra fanlari bo’yicha monitoring olib borish va nazorat qilish, baholash tizimi va mezonlari bilan tanishib o’rganib chiqdim. (6-ilova)
VII.Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o’rgandim.
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarida prezintatsiya tayyorlashni o’rganib darslar davomida ana shu texnologiyalardan foydalanib kelmoqdaman. “XXI asr boshlarida Zarafshon vohasida madaniy me’ros obyektlarini saqlash va ta’mirlash jarayonini tashkiliy jihatlari” mavzusida taqdimot tayyorladim va uni ilovaga kiritdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |