Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sirtqi(maxsus sirtqi) fakulteti tarix yo'nalishi 2-kurs 258-a guruh talabasi alisherova gulmiraning tarixiy antropologiya fanidan mustaqil ishi darvinning evolutsion g'oyasi reja



Download 1,3 Mb.
Sana22.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#838702
Bog'liq
Darvin evolutsion g\'oyasi


SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI(MAXSUS SIRTQI) FAKULTETI TARIX YO'NALISHI 2-KURS 258-A GURUH TALABASI ALISHEROVA GULMIRANING TARIXIY ANTROPOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI
DARVINNING EVOLUTSION G'OYASI
Reja:
1.Darvinning evolutsion g'oyasi.
2.Eduard Taylor evolutsion nazariya asoschisi sifatida
Evolyutsion gʻoyani turli mamlakatlar antropologlari: Gerbert Spenser, Eduard Taylor, Teodor Vays, Genrix Shurs (Germaniyadan); sharl Leturno (Fransiya); Lyuis Genri Mofgan (AQSh) yuksaltirdilar. Ularning tadqiqotlari tufayli madaniyat avvalgi maʼlum mazmunga ega boʻlmagan alohida tur va xususiyatlar yigʻindisidan, insoniyat uchun umumiy tarixiy qonunlarga ega boʻlgan mujassam, tizimi va tartibli koʻrinishni oladi.
Tarixiy antropologiyada evolyutsion nazariya asoschisi deb haqli ravishda ingliz olimi Eduard Taylor (1833-1917) tan olinadi. U 1865 yili nashr qilingan “Insoniyatning qadimgi tarixiga oid tadqiqotlar” asarida oʻz qarashlarini bayon etadi. Olim asarida insoniyat madaniyatining ibtidoiy darajasidan hozirgi qadar yuksalib borishi, xalqlar madaniyatlaridagi farqlar esa haqiqiy xususiyatlarga emas madaniy taraqqiyotning notekis rivojlanishi natijasi ekanligini taʼkidlaydi.
Taraqqiyotning evolyutsion nazariyasini Taylor 1875 yilda nashr qilingan “Ibtidoiy madaniyat” kitobida yanada batafsilroq yoritadi. Unda J. de Mestraning yerda yarim sivilizatsiyalashgan odamlarning paydo boʻlgani hamda ularning bir qisimi yovvoyilikka boshqalarini esa oldingi sivilizatsiyaga qarab taraqqiy etishi gʻoyasiga qarshi insoniyat madaniyatining uzluksiz rivojlanishi gʻoyasi yotadi.
Shu bilan birgalikda Taylor maʼlum tarixiy va tabiiy fojialar madaniyatida rekrisiv, yaʼni salbiy (orqaga qaytish) rivojlanish boʻlishi mumkinligini ham inkor etmaydi. Madaniyat turlarining koʻpligini u taraqqiyot davomida koʻplab bosqichlardan oʻtish bilan izohlangan. Bu bosqichlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib barcha xalqlar madaniyatlarini bir zanjirga birlashtiradi.
Boshqa evolyutsionistlar kabi Taylor ham madaniy jarayonlarni oʻrganishda ilmiy – tabiiy metodni qoʻllashga xarakat qiladi. Shuning uchun olim tabiiy – ilmiy klassifikatsiyani tarixiy antropologiya ehtiyojlariga moslashtirishga intilgan. U moddiy va maʼnaviy madaniyatning maʼlum belgilarini tadqiq etib uni tabiatshunoslarning oʻsimlik va hayvonlar turlariga qiyoslagan (oʻxshatgan).
Oʻz asarlari va maqolalarida Taylor xususan madaniy borliq umuman insoniyat madaniyatining doimiy taraqqiyotda boʻlishi nuqtai nazarni yoqlagan. Oʻz nazariyasini tasdiqlash uchun olim katta hajimdagi, madaniyatning oddiy holatdan murakkab darajaga yuksalishini tasdiqlovchi dalillarni keltiradi.
Taylor madaniy jarayonlarning barchasidan ham, ibtidoiy xalqlarning diniy tasavvurlarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratib, dinning animistik kelib chiqishi gʻoyasini ilgari surdi. Qoloq xalqlar diniy tasavvurlarini oʻrganishda olim, insoniyat va uning madaniyati vujudga kelishi yagona ekanligi gʻoyasiga asoslanadi. U ayrim olimlarning “yovvoyilar” diniy tasavvurlari va udumlari turli boʻlmagʻir fikrlar aralashmasi emas, balki ularning aksari qismi mantiqli va tartibli ekanligini tasdiqlashga urinadi.
Taylorning yozishicha diniy tasavvurlar asosida jonlar va ruhlarga ishonch tuygʻusi yotadi. Olim bu tuygʻularni “animizm” (lotincha anima –jon, hayot) atamasi bilan ifodalaydi. U animizmning ildizlarini “yovvoyi” kishining “falsafasi” da, uning: tush, tushkoʻrish, hushdan ketish, kasalliklar, oʻlim sabablarini bilishga intilishda koʻradi. Uni izohlash davomida insonlar har bir kishida ruh mavjudligi va odamni vaqtinchalik (tush) yoki umuman (oʻlim) domiga tashlab ketishi mumkinligi haqidagi xulosaga keladilar.
Bu ruhlarga ishonch tuygʻusi asosida qadimgi odamlarda keyinchalik yanada murakkabroq diniy tasavvurlar shakllanadi. Ibtidoiy odamni afsungarlikka ishonchi, atrof-muhitdagi barcha narsalar, shu jumladan jonsiz buyumlar, narsalar ham oʻz ruhlariga ega ekanligiga ishontirgan. Shu tariqa avval hayvonlar va tabiat kuchlari ruhlarga eʼtiqod, keyinchalik esa “nargi dunyo”, tabiatning ulugʻ ilohlariga, eng soʻngida, yagona Xudoga ishonch paydo boʻladi.
Taylorning evolyutsion qarashlari antropologiyada oldinga tashlangan muhim qadam boʻldi. Ularni tarixiy jarayoni va madaniyatining ijobiy taraqqiyoti yagonalini asoslovchi batartib konsepsiya deb atash mumkin. Ammo evolyutsionizmning, xususan Taylor nazariyasining nuqsonlari keyinchalik maʼlum boʻldi. Olimning gʻoyalari oʻz zamonida antropologiyada juda tez tarqalib, uning qator davomchilari yetishib chiqdi.
ADABIYOTLAR
1.Аширов А. Антропология. –Т.., 2014.
2.Антропология. (Под ред. 3.Миськовой Е.В, Мехедова Н.А, Пименова В.В)-М.., Изд-во «Культура» 2005.
4.Жабборов Исо. Жаҳон антропологияси асослари. Тошкент. “Янги аср авлоди”, 2005.
5.Жабборов Исо. Жаҳон халқлари этнографияси. Дарслик. Тошкент.1985
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish