Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Dissertatsiya ishining natijalari o‘zbek tili imlosini nazorat qilish va tuzatish tizimlarini yaratish, nutqdan matn hosil qilish va sintez qilish, o‘zbek tilidagi matnlarni mashinali tarjima qilishda qo‘llanilishi mumkin. Tizimdan talabalarga o‘zbek tili grammatikasi asoslarini o‘rgatishda foydalanish mumkin.
4. Dissertatsiyaning har bir bobida qilingan ishlar
Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi:
1. Nostatsionar tabiatli ma'lumotlarga adaptiv ishlov beruvchi tizimlarni yaratishning model va algoritmlari Data Mining konsepsiyasiga binoan neyron tarmoqlar nazariyasi va amaliyoti asosida dolzarb predmet sohalarda keng turkumdagi masalalarni yechishda qo‘llanilishi. Muammoli masalalalar sifatida mikrobyektlarni, barmoq izlarini, matn elementlarini tanish, hamda medisina diagnostikasi, dinamik jarayonlarni bashoratlash, axborotlarni uzatish ishonchligini nazorat qilish kabi ilmiy-texnik masalalar ko‘riladi.
2. Tadqiq qilingan va ishlab chiqilgan sun'iy neyronni modellashtirish, adaptiv o‘rgatishning nazariy-uslubiy mazmuni turli arxitekturali neyron tarmoqlar uchun qo‘llaniladi. Olingan formulalar aktivasiya funksiyalarni va o‘qitish modellarni har hil korreksiya sharoitlarda ham chiquvchi neyron turini va bahosini aniqlash uchun xizmat qiladi.
3. Neyron tarmoqni matnli xatolarni teskari tarqatish bo‘yicha o‘qituvchi algoritmi namunaviy misol sifatida xizmat qiladi. Amaliyotda chang zarralar tasvirlarni vizuallashtirish, tanish va sinflashtirish dasturiy tizimi faoliyatining mantiqiy-axborot modeli va dasturiy-joriylashgan modullarini amalga oshirish o‘qituvchi algoritmlar bilan kengaytiriladi. Ishda bunday algoritmlar koordinatali tushirish, tasodifiy izlash usullari, N'yuton usuli, statistik gradient usuli va ularning kombinasiyalari bo‘yicha ishlab chiqilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
5. Chop qilingan ishlar royxati
SamDU talabalari va magistrantlari, kasb-hunar va professor-o‘qituvchilarining ilmiy-amaliy anjumanida dissertatsiya ishining asosiy xulosalari va ilmiy natijalari haqida ma’ruza qilindi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop etilgan.
pfof. Jumanov Isroil Ibragimovich, Tolipov Asliddin Erkinovich Jurnal nomi: International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT). Mavzu: Optimization Of Control And Correction Of Spelling Of Texts Of Electronic Documents
pfof. Jumanov Isroil Ibragimovich, Tolipov Asliddin Erkinovich Jurnal nomi: MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN Mavzu: Control of the Reliability of Textual Information in Documents Based on Neuro-Fuzzy Identification
Do'stlaringiz bilan baham: |