Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Ma’lumki, shaxs va uning o‘ziga xosligi, psixoligik holati muammosi hozirga qadar umumiy psixologiya, differensial psixologiya, shaxs psixogiyasi kabi fanlarning baxsbop va qiziqarli mavzusi sifatida ahamiyat kasb etmoqda. Shaxsning psixologik xususiyati, nevrologik holati, munosabatlarga kirisha olishi o’ziga xos bo‘lib, u o‘zining xayoti va faoliyati davomida shaxsda subekt sifatida ishtirok yetadi va ijtimoiy - tarixiy madaniyatni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. U inson psixikasining betakror qobiliyati va yextiyojining o‘sishida bir butunlik va yagonalik jarayonlari orqali aniqlanadi. Dunyo miqyosidagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot kishilik jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‘ziga xos xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki shaxsning psixologik xususiyatlari, intellektual salohiyat, aql-idrok, fikrlash, yangi texnika va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb-yetadi. Bunda xorij so‘rovnomalarning psixometrik talablar asosida ishinchlilik, validlik mezonlarini aniqlash va ular bo‘yicha empirik malumotlar olish, metodologik masalalarini tahlil qilish orqali, so‘rovnomalarning xususiyatlarini yoritish. Moslashtirilgan so‘rovnomalarining psixologik tavsiflash, so‘rovnomalarning namunalari asosida psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning empirik natijalarini tahlil qilish mumkin. So‘rovnomalarni mahalliy muhitga moslashtirib, “Psixodiognostik test” so‘rovnomalarni o‘zaro aloqadorlikda tadbiq yetishga erishilsa, shaxsning psixologik xususiyatlarini xolisona baholash imkonini berishi mumkin. Bu orqali kadrlarni saralashda, hodimlar bilan ishlashda yaxshi natijalarga erishiladi.
UMUMIY XULOSALAR
Xulosa qilib shuni etish mumkunki, jahon miqyosida foydalanilayotgan psixodiognostik so’rovnomalarni mahalliy muhutda foydalanishdan avval albatt testning yangi muhut uchun metrologik mezonlarini ishlab chiqishni talab etadi. Ko’p yillardan buyon xorij psixologik testlarini moslashtirishda metrologik ishlarni tashkil etishga zarurat ortib bordi.
Nazariy manbalar tahlili va empirik tadqiqot natijalariga asoslanib, so’rovnomalarni moslashtirish masalasi belgilangan tartibda butun jahon psixologlari taomonidan tan olingan ishinchlilik, validlik, reprezintativlik va standartlashtirish mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xorijiy manbalarga asoslangan holda, modifikatsiya ishlarini tashkil etishda bosqichli tadqiqotlarni tashkil etish, bunda ijtimoiy madaniy til meyorlariga amal qilingan holdamutaxasis filologlar yordamidan foydalanish zarur. Tadqiqotning keyingi bosqichlari so’rovnomani standartlashtirish, pilotaj tadqiqot uchun so’rovnomaning yangi shaklini ishlab chiqiladi.
Olingan natijalar asoslanib so’rovnomaning ishonchlilik va validlik meyorlari o’tkaziladi. Har bir bosqich bir biriga bog’liq bo’lgan holda ischillikga amal qilish talab etiladi. Bunda aynan shu test uchun mos ishonchlilik va validlik mezonlari belgilanadi. Retest ishonchlilik, porolell ishonchlilik va boshqalar foydalanish mumkin. Validlik mezoni asosida metodikalar bilan o’zaro korrelatsion, emperik validlik, tashqi validlik, konstruktiv validlik meyorlari olinadi.
Empirik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, V.M.Melnikov va L.T. Yampolskiylarning pixodiagnostik test” so’rovnomasi talabalarda namoyon bo‘ladigan shaxs psixomotor faoliyatga plastiklik, kommunikativ faoliyatga plastiklik va intellektual faoliyatga emotsionallik kabi shkalalarning pastligi va qolgan shkalalar o‘rta darajada ekanligi bilan tavsiflanadi.
“Psixodiognostik test” so‘rovnomani mahalliy muhitga moslashtirishda yanada so‘rovnomani keng auditoriyada o‘tkazish, so‘rovnomani o‘tkazishda qulay sharoitlarni yaratish, sinaluvchilarga to‘g‘ri tushunchalar berish, so‘rovnomani qayta-qayta o‘tkazish, mulohazalarni mahalliy muhitga moslash va so‘rovnomaning asosiy jihatlari ustida tizimli ravishda faoliyat olib borish maqsadga muvofiq sanaladi. Ushbu so‘rovnoma hali bizning muhitda ko‘p o‘rganilmaganligi sababli, biz o‘zbek muhtida sinab ko‘rishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |