10. Nazokatlilik.
Bu shkala sinaluvchining ijtimoiy madaniy hayotdagi ayollik rolini aniqlab beradi. Bunda havotirlanishga moyillik, o’zini o’zi baholaydi, hulqdagi soddalik va shaxsiy muommolarga bog’lanib qolganlikni aniqlab beradi. Lekin o’z muommolariga bog’lanib qolganlik qayg’urish nevrologik holati va bu ayollik sifatiga hos.
0-2 sten/0-1,ball- dadil, tashbbuskor, o’z fikrini maqqullashga intiladi, tavakalga moil,ohirini o’ylamasdan tez qaror qilib, harakat qiladi. Sa’natga emas, kuchga ishonadi va shundan qoniqadi, kuchsizligi to’g’ri qabul qiladi.
3-5 sten/2-5,ball- amaliyotchi,hushyor va realist, shu bilan birga fantaziyaga ham boradi, odamlar, hodisalar, o’zi haqida mulohaza qiladi. Ba’zan faylasuflar kabi mulohaza qilishni yaxshi ko’radi. Hulqida dadillik, qa’tiyat va matonatlilik ba’zan kamlik qiladi. Agar qiziqib qo’ysangiz, iltifotli va ko’ngilchan bo’ladi.
6-10/6-9,ball- sezgir, ko’ngilchan, юmshoq tabiatli, havotirga berilishga moyil va kamtarin hulqli. Fantaziya va estetikaga berilishga moyil. Ko’pincha o’zi haqida, fikrlaydi, o’z hulqini tahlil va tanqid qiladi. Passiv, tobe, raqobatdan qochadi, tez yon beradi va bo’ysunadi. YOrdam va qo’llab quvvatlashni bajonidil qabul qiladi.
Yuqori shkala
11.Psixik beqarorlik. Ushbu shkala insondagi psixik berqarorlik darajasini aniqlab beradi. Bu yuqori shkala quyi uch shkalalar “nevrotizm”, “psixotizm” va “depressivlik” lardan tashkil topgan. Yuqori ball olganlarda psixik muozanatlashmaganlik daminantlik qiladi. “Psixik muozanatlashmaganlik” shaxsdagi dizadaptatsiya, doimiy bezovtalik, instinktlarni boshqara olmaslik, hatti harakatlarida tartibsizlik kuzatiladi. Ushbu shaxslar doimiy uyqusizlik, surunkali holsizlik, charchoqdan shikoyat qiladilar va ularda o’z o’zidan qoniqmaslik, noto’liqlik, ojizlik, tez-tez kuch ketishi va diqqatni jamlay olmaslik, o’z muommolarini hal eta olmaslik, kuchli yolg’izlik hissi va boshqalar kuzatiladi. Ularning xulq-atvorida nevroz, zo’riqish, jizzakilik,nizolashuvchanlik, qaysarlik, egoyizm va hulq-atvorda betartiblik kuzatiladi. Konformizm va tartib qoidaga bo’ysunish xususiyati ularga еtishmasligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Shaxs individual xulq-atvotdagi bunday og’ishishlar quyi shkalalalardagi ballarning yuqoriligidan ham bilish mumkin.
Ushbu shkalada ballarning past bo’lishi, bu shaxsda ichki zo’riqish, nizoli holatlardan chetda bo’lishini, o’zidan va o’z юtiqlaridan qoniqish mavjudligini, tartib qoidalar va ta’lablarga bo’ysunishga tayyorlikni ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |