2.3. So’rovnomani moslashtirilgan shaklini amaliyotga qo’llash bo’yicha ko’rsatmalar
Testlarning mahalliy ekvivalentlarini yaratish ushbu testlarni tekshirish, nazariy tushunish va amaliy foydalanish bo’yicha xorij psixolog olimlari tajribadan foydalanish imkonini beradi. So’rovnomalarni moslashtitishni samaradorligi shundaki mavjud test validlik, ishonchlilik, obektivlik, reprezintativlikga va vaqt nisbatan turg’unlikga ega yani, bir necha o’n yillab shaxsni baholashda shu testlar samaradorligi isbotlangan bo’ladi.
Natijalarni taqqoslash, moslashtirilgan xorijiy va mahalliy testlarning strukturaviy va funktsional xususiyatlari o’zbek va xorij psixolog olimlari tadqiqotlariga asos qilib olindi. Shuningdek, shaxs so’rovnomalarini moslashtirilishining psixologik meyorlariga, til ijtimoiy turmush tarzi ta’sirining o’ziga xos empirik darajasini xisobga olgan holda yondashildi. Xorij testlarni moslashtirilishida ayni shu jarayonlar yangi muhitda testni foydalanish uchun qayta tashkil etiladi.
V.M.Melnikov va L.T. Yampolskiylarning “Pixodiagnostik test” so’rovnomasi o’zbek mahalliy muhitiga moslashtirish testlarni moshlashtirish talablariga mos ravishda rus va o’zbek tiliga tarjimasi mutaxasis filologlari tomonidan o’zbek tili ijtimoiy, madaniy til mayorlariga muvofiq amalga oshirildi. Lingvistik va ijtimoiy-madaniy to’siqlarni bartaraf etish natijasida biz yangi so’rovnomani olamiz. Shuning uchun, ichki namunadagi tegishli normalarni yig’ish bosqichi oldin quyidagi tartiblarni o’z ichiga olgan psixometrik moslashuv so’rovnomasidan iborat bo’lishi kerak:
Moslashtirish test ballarini meyoriy taqsimlanishi amalga oshirildi, testning ishonchliligi va validliligi yangi muhit uchun to’g’ri deb qabul qilinadi, tets muallifining nazariy konsaepsiyasi validlilik ko’rsatkichlari to’g’ridan to’gri yangi muhitga qabul qilinadi. (bu yo’nalishda validlilikga ega yoki ega bo’lmagan metodikalardan ham shunday natija olish mumkin). Psixodiognostikadagi ko’p yillik tadqiqotlarga ko’ra ko’p omilli shaxs so’rovnomalari uchun testni konstruksiyalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. Tadqiqotning keyingi bosqichida biz test savolnomasini tashkil etgan savollarning o’zaro ichki muvofiqligini aniqlash, yani ichki validlikni tahlilini amalga oshiramiz. Bunda biz konstruktiv validlik o’lchovlari doirasidagi “disrkiminativlik validlik” o’lchovlaridan foydalanamiz.
Diskriminativligi ko'rsatkichi testning barcha topshiriqlarini muvaffaqiyatli (barcha javoblar belgilanishi kerak) ishlashini aniqlab beradi. Bu diskriminativlik koifsenti orqali aniqlanadi. Bu ko’p omillik so’rovnomlar doirasida oladigan bo’lsak, har bir shkalaning umimiy ballning o’rtacha qiymatini har bir savol bo’yicha olingan (1-Ha va 0-YO’q) qiymatning umimiy ballar ketma-ketligidagi yig’indisi bilan o’zaro mosligini ajratib, alohida guruhlanadi va 1 qiymatga mos ballarning o’rtacha qiymati olinadi. Buni quyidagi formula bilan ko’rsatish mumkin:
Tadqiqotimizning keyingi bosqichida standartlashtirilgan test kengi bosqich ishonchlilik mezoni aniqlanadi. Test me’yorlarini tekshirish yoki qayta standartlashtirish. Standartlashtirishda stenlash mezonidan foydalanib olingan natijalar so’rovnomaning rus tilidagi orginal shakli bilan o’zaro muvofiq ekanligini ko’rsatdi.
Retest ishonchlilik mezoni vaqtga nisbatan so’rovnomaning yangi muhit uchun barqarorligini taminlab beradi. Retest ishonchlilik mezonlari bo’yicha, olingan natijalar so’rovnomaning vaqtga nisbatan barqarorligini ko’rsatadi.
Shuning uchun har bir metodikani validlashtirish validlikning ma’lum bir turlaridan foydalaniladi. Bunda emperik validlik psixologik testning yoki o'lchangan xususiyatning namoyon bo'lishi uchun ob'ektiv mezonlarga ega bo'lgan testlar to'plami yordamida olingan natijalar o'rtasidagi mos kelishi yoki nomuvofiqligini tekshirish uchun matematik asosda xisoblash.
Korrelyatsiya tahlili normal ko'p o'zgaruvchan taqsimotga ega bo'lgan psixologik o'zgaruvchilar bilan amalga oshiriladi. So’rovnomaning o’zbek ijtimoiy-ma’daniy muhitiga mos o’zbek tilidaga shaklini mutaxasis filologlar yordamida tarjima ishlarini amalga oshirildi. Korelatsion bog’liqligini aniqlash uchun Kettell 16F, Ayzenk ekstroversiya-introversiya metodikalari bilan Pirson mezoni asosida tahlilni amalga oshirdik.
Emperik validlik uchun Ko’p omilli FBI testi bilan Pirson mezoni asosida korrelatsiyasini aniqlangan natijalar ko’ra aytish mumkinki, V.M.Melnikov va L.T. Yampolskiylarning pixodiagnostik test” so’rovnomasi shklalari ko’p omilli so’rovnomalar uchun gomogen so’rovnoma bo’la oladi.
Tadqiqotimiz natijasida V.M.Melnikov va L.T. Yampolskiylarning pixodiagnostik test” so’rovnomasining o’zbek muhitidagi yangi shakli ishlab chiqildi. Unga ko’ra, tadqiqot o’tkazishda sinaluvchilar soni 25-30 ta bo’lgani maqsadga muvofiq. Sababi psixolog qo’llanmani tushuntira olishi va sinaluvchilarning barcha savollariga javob berishi lozim. Sinaluvchilar barcha javoblarni bergilashlari shart. Natijalarni tahlil qilishda so’rovnoma kalitiga mos kelgan savollarga “1 ball” dan, mos kelmaganlarga “0 ball” beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |