Birinchi bob bo’yicha xulosa
1.Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, ko’plab shaxsiy so’rovnomalarning o’z hajmiga to’liq moslashishi original texnikani ishlab chiqishdan kam emas. Shundan kelib chiqqan holda, xulosa shuki, xorijiy testning moslashuvi boshlanishidan oldin, biz ushbu testning zarurligiga ishonch hosil qilishimiz va diagnostika asboblaridagi muayyan bo’shliqlarni to’ldirishimiz kerak. Shuning uchun, test moslashtirish uning nazariy asoslarini o’rganish oldin bo’lishi kerak. Ko’p hollarda xorijiy testlarning moslashuvi o’rniga original metodlarni ishlab chiqish kerak, deb ishonamiz.
2.Moslashtirilayotgan so’rovnomaning standart meyorga keltirish, yangi sharoitda moslashtirilgan nazariyaning validligi va ishonchliligi va test muallifining nazariy kontseptsiyasiga to’g’riligini asoslansa va u tomonidan qo’llaniladigan validlik mezonlarining mazmuni o'zgarishsiz bizning shartlarimizga oddiygina ko'chiriladi. Bunday hollarda ishinchlilik va validlilikga ega bo’lmagan testlarni ham moslashtirish mumkin. Ammo psixometrik talablarga ega bo’lmagan testlar tadqiqotlarni samarasiz yakunlanishiga olib keladi. Shuning uchun biz tadqiqotlarni aynan validlik, ishonchlilik mezonlari aniqlashga va so’rovnomani to’liq o’zbek muhitiga moslashtirishga kirishdik.
II BOB. V.M.MELNIKOV VA L.T.YAMPOLSKIYLARNING “PSIXOLOGIK TESTI” SO’ROVNOMASINING MOSLASHTIRISHNI EMPERIK NATIJALARI.
2.1 So’rovnomani mahalliy muhitga mos varyantini shakllantirish.
So’rovnomani mahalliy muhitga mos varyantini shakllantirishda orginal metodikani mutaxasiz filologlar jamoasi tamanidan o’zbek tildagi shakli shakllantirildi. Testni tarjima nusxasi o’zbek muhitida yaroqli deb tasdiqlangandan so’ng biz tadqiqod ishimiz dastlapki bosqichini o’tkazdik. So’rovnomani o’zbek muhitiga moslashtirishda biz so’rovnomani rus va o’zbek tilidagi varyantlari o’rtasidagi konvirgent va diskriminativlik validliklarini tekshiramiz. Bunda har ikki test 76 nafar rus guruhi talabalari va 78 nafar o’zbek guruhi talabalarida o’tkazildi. Olingan natijalarga ko’ra o’zbek va rus guruhlarida diskriminativlik koifsenti va diskriminativlik indekslarini har bir shkala bo’yicha va shkalalardagi savollar bo’yicha natijalarni ko’rib chiqdik.
Rus va o’zbek guruhlaridan olingan natijalar bo’yicha quyidagicha:
1— Nevrotizm shkalasi. Ushbu shkala jami 25 ta savoldan tashkil topgan. Rus guruhlarida olingan natijalarga ko’ra, 31-“Временами я бываю злым и раздражителным.”d-ks=0,0836, d-in=(-0.036); 61-“Я вспылчив, но быстро успокаиваюс.” d-ks=0,2675, d-in=0; 63-“Думаю, что нервы у меня в порядке как у болшинства людей” d-ks=0,409, d-in=0; 123-“Раз в неделю или чаще я бываю возбужденным и взволнованным.” d-ks=0,490, d-in=(-0,036); 151-“ Я впечатлительнее большинства людей.” d-ks=0,323, d-in=0; 154-“Kritika i zamechaniya v moy adres menya malo zadevayut.” d-ks=0.093, d-in=(-0,0721); Savollar diskriminativlik-koifsenti, diskriminativlik-indeksi -0 va minus natijalar olindi. Ushbu shkala bo’yicha qolgan savollardan d-ks=0,200dan 0.6389 gacha, d-in=0,036dan 0,1442 gacha yuqori natijalar olindi.
O’zbek guruhlarida ushbu shkala bo’yicha olingan natijalarga ko’ra, faqatgina 122-“Kutish meni asabiylashtiradi.” d-ks=0,111, d-in=(-0,07) olindi, bunga sabab ishtrokchilarning 58 nafari bu savolga ha deb javob berishgan. Shkala bo’yicha qolgan savollarning d-ks=0,111 dan 0.7095gacha, d-in=0.0351dan 0.1932gacha yuqori natijalar olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |