Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti



Download 2,17 Mb.
bet116/187
Sana08.12.2022
Hajmi2,17 Mb.
#881234
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   187
Bog'liq
3 Фалсафа мажмуа. 2022-2023

Ziyolilik. Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha ma’nosida nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan birga yuzaga keldi desak, xato qilmagan bo’lamiz. Lekin bu tamoyilning inson faoliyatidagi dastlabki unsurlari O’rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma’rifatparvarlar hayotida shakllanganini e’tirof etmoq lozim. Ya’ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual – aqliy taraqqiyot bilan bog’liq. Shu bois uni inson paydo bo’lganidan ancha keyin vujudga kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX asr allomalaridan biri, buyuk olmon faylasufi, «Frankfurt maktabi»ning namoyandasi Teodor Adorno Ikkinchi jahon urushidagi genotsiddan so’ng, ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha – tamoyil sifatida murakkab va ko’pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba’zilar ziyolilik deganda oliy ma’lumotli kishiga xos bo’lgan fazilatni tuShunadilar. Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma’nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer – dehqon ham, haydovchi ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko’rishi va atrofdagilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam–da», degan yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo’lishlari mumkin. Bunda u odamning kasbidan qat’i nazar, ham bilim, ham fahm–farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani tuShuniladi. Shunday qilib, ziyolilik asosida insonning ma’naviy–ma’rifiy yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilanadigan xatti–harakatlar yotadi.
Ziyolilik tamoyiliga hukmron–ma’muriy doiralar va xalq tomonidan o’ziga xos munosabatlar mavjud. CHunonchi, birinchi toifadagilar ko’p hollarda ziyolilikka umumiy tarzda ijobiy munosabatda bo’ladilar, lekin masala muayyan ziyoli shaxslarga borib taqalganda, manfaatlar to’qnaShuvi ro’y beradi: ziyolilar hukmronlar toifasini ziyolilik tamoyili asosida yashashi va ish yuritishini talab qiladi, bu esa ularga, tabiiyki, yoqmaydi, buni hokimiyat ishlariga aralashish deb ijirg’anadilar, turli bahonalar topib, zimdan ziyolilarga qarshi kurashadilar. Bunga Lev Tolstoydek buyuk, pokiza insonning cherkov tomonidan la’natlanishi yoki norasmiy Turkiston Ligasining rahbari, istiqlol fidoyisi, mard sarkarda, haqiqiy ziyoli, chor armiyasi general–mayori Jo’rabek Qalandarqori o’g’liga suiqasd uyushtirilishi – Qorasuvdagi o’z yozgi bog’ida sirli ravishda o’ldirilishi hodisalari yaqqol misol bo’la oladi. Mustamlakachilikka va totalitar tuzumlarga asoslangan mamlakatlarda ziyolilik tamoyiliga sodiq kishilar to’g’ridan–to’g’ri, ochiq qatag’on qilinadilar. Bunga misol qilib, Fitrat, Qodiriy, CHo’lpon kabi jadidlarni va Stalin–Hitler konslagerlarida halok bo’lgan minglab ziyolilarni keltirish mumkin.

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish