Kuchli ijtimoiy siyosat tamoyili. Bu tamoyil Islom Karimov asarlarida nihoyatda mukammal va atroflicha ishlab chiqildi. «Aholining muhtoi tabaqalarini ijtimoiy himoyalash kechiktirib bo'lmaydigan. eng ustuvor vazifa. amaliy harakatlarning eng asosiy qoidasi bo'lib qoldi va shunday bo'lib qoladi» deganda uning ijtimoiy himova tamoyili o'z ifodasini topgan edi.
Islom Karimovning ijtimoiy siyosat konsepsiyasida keng qamrovli himoya mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu mexanizm bo'g'inlari asosan quyidagilardir: ijtimoiy himoyaning huquqiy bazasini yaratish, aholining nogiron, nafaqador, ko'p bolali va kambag'al oilalari, o'quvchi yoshlarga yordam berish, ish bilan vaqtincha ta'minlanmagan kishilarga nafaqa to'lash va ish joylari yaratish, ma'lum davrda narxlarning erkinlashuvini to'xtatib turish va asta-sekin bozor qonunlariga moslashib borishiga yo'l ochish, boqimandalik va tekis taqsimlash illatlarini batamom tugatish, pulning qadrsizlanishini to'xtatish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirib borish asosida iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish (bevosita iste'mol buyumlari ishlab chiqishga yo'naltirilgan iqtisodiyot barpo etish) va boshqalardir,
Kuchli ijtimoiy himoyalash konsepsiyasi ilmiy jihatdan muallifning boshqa sohalardagi iqtisodiy ta'limotlari bilan chambarchas bog'liqdir. Bu bog'liqlikni, ya'ni bozor munosabatlarini O'zbekistonda barpo etish-saqlash ta'limotini shunday ta'riflaydi:i «Samarali ijtimoiv siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish. tarkibiy o'zgarishlar. bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari bilan uyg'unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiv sohaga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mumkin».
O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi.
Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi.
Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Shu bilan birga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2000-2013 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |