2013 yilda sanoatning tarmoq tarkibi, foiz hisobida
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YAIMining hajmi xarid qilish qobiliyatining pariteti bo‘yicha qariyb 4,5 marta oshdi, shu bilan birga, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil qilmoqda.
Inflyatsiya darajasi (o‘tgan yil dekabr oyiga nisbatan foiz hisobida)
1991-2013 yillarda sanoat ishlab chiqarish hajmi 3,7 marta oshdi va oxirgi 10 yilda sanoat o‘sishining o‘rtacha yillik sur’atlari YAIMning o‘sish sur’atlariga qaraganda ilgarilab, 9,4 foizni tashkil qilmoqda.
Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'atlari (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
2.Bozor iqtisodiyoti modellari.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellarning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud.
1.Aralash iqtisodiyot;
2.Ijtimoiy bozor xo’jaligi;
3.Korporotiv iqtisodiyot.
Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modelda mulkiy xilma-xillik mavjud boʻladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayr-ehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud.
Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqlanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartib-qoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xakami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqtisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadin . Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |