Ta’mirlash va tiklash korxonalarida rivojlangan mamlakatlarda qayta tiklanadigan detallarning umumiy hissasi eqtiyot qismlar umumiy hajmining 30-35% ni tashkil etadi. Talabalar mexanizatsiyalash sohasida foydalaniladigan texnik vositalarni ta’mirlashning nazariy asoslarini, nosozliklar paydo bo‘lish sabablarini, ishqalanish, yeyilish turlari va moylari ta’siri qonuniyatlari, ta’mirlashdagi texnologik jarayonlarning nazariy asoslarini, texnologik jarayonlarni modernizatsiyalashni, detallar resursini tiklash texnologik jarayonlarni loyihalashtirish asoslarini, тa’mirlash ustaxonalari, bo‘limlarini tashkillashtirish asoslarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |