Shamol energ etika si



Download 2,3 Mb.
bet4/5
Sana03.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#736914
1   2   3   4   5
Bog'liq
(2)187A-19 Qurbonov Shukurullo kurs loyihasi

Pem=P2-dPp
Bu ifoda R2– mexanik quvvat. Mexanik quvvatning bir mexanik quuvvatning bir dRmqismi ishqalanishga isrof bo‘ladi va qolgan qismi foydali quvvat bo‘lib, dvigatel o‘qi (vali) da aylanuvchan moment hosil qiladi:
PM=P2-(dPp+dPH)
Generator toki, sirpanishi, istemol quvvatini, quvvat koeffitsientini va foydali ish koeffitsientini generator validagi foydali quvvatga bog‘liqlik grafigiga generatorni ishchi tavsiflari deb aytiladi. Ishchi tavsiflar odatda tajribada quriladi. Analitik usuldan foydalanib ishchi tavsiflarni quramiz. Buning uchun asosiy parametrlardan tashqari quyidagi kattaliklarni aniqlaymiz.
Magnitlovchi zanjirni aktiv qarshiligi:
r12=Pac/(3∙Im2)=167.0/(3∙3.442)=4.69 Om X12= 62.06596
Magnitlovchi zanjirni reaktiv qarshiligi:
C1=1+X1/X12= 1.029316
Kuyidagi koeffitsientlarni hisoblaymiz:
a= 0.895 a'= 1.059 b= 2.953

Olingan kattaliklar va jadvalda ko‘rsatilgan ifodalar bilan ishchi tavsiflarni jadval ko‘rinishida hisoblaymiz:


2-jadval






0,005

0,01

0,015

0,02

0,025

0,03

0,035



Om

67.0

33.51

22.34

16.76

13.41

11.17



Om

2.95

2.95

2.95

2.95

2.95

2.95



Om

68.0

34.54

23.43

17.90

14.60

12.42






0.999

0.996

0.992

0.986

0.979

0.971






0.043

0.086

0.126

0.165

0.202

0.238



A

3.24

6.37

9.39

12.29

15.07

17.71



A

3.23

6.35

9.32

12.12

14.75

17.20



A

3.58

3.99

4.63

5.47

6.49

7.65



A

3.33

6.56

9.67

12.65

15.51

18.23



A

2.13

4.19

6.15

8.00

9.74

11.35



A

0.06

0.15

0.28

0.46

0.68

0.93



A

0.01

0.04

0.08

0.14

0.22

0.30



kBt

0.01

0.01

0.02

0.04

0.06

0.08



kBt

0.51

0.63

0.82

1.08

1.38

1.73



kBt

1.63

3.56

5.33

6.93

8.36

9.62






0.763

0.850

0.867

0.866

0.858

0.847






0.670

0.847

0.896

0.911

0.915

0.914



Loyixada quvvati 7,5 kVt va aylanish tezligi 750 ayl/min bo‘lgan asinxron generatorni aktiv qismi loyihalashtirildi. Bu statorni o‘zagi va chulg‘ami hamda rotorni o‘zagi va qisqa tutashtirilgan rotor hisoblab chiqildi. Hisoblashlarda seriyali ishlab chiqariladigan asinxron generator Bilan taqkoslash uchun seriyali asinxron generator loyihalashtirildi. Hisoblangan generatorni ishchi parametrlarining nisbiy qiymatlari berilgan chegarada bo‘lib, seriyali generatorlarni nominal parametrlaridan og‘ishlar ruxsat etilgan doirada ekanligi aniqlandi. Hisoblangan asinxron generatorni stator chulg‘ami ishlab chiqildi. Bundan tashqari generatorni ishchi tavsiflari ham hisoblanib seriyali asinxron generatorni tavsiflari Bilan taqqoslandi. Hisoblash natijalari loyixalashtirilgan asinxron generator texnik va energetik ko‘rsatkichlari meyyoriy ko‘rsatkichlar doirasida ekanini ko‘rsatdi. SHuning uchun xisoblash natijalarini to‘g‘ri deb qabul qilamiz.

Uch fazali asinxron generator


Asinxron mashinaning generator rejimi. Asinxron mashina, boshqa eleklr mashinalari kabi, E. Lens kashf qilgan elektr mashinalarining qaytarlik xossasiga binoan, motor rejimida hamda generator rejimida ishlashi mumkin. Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha asinxron generator asinxron motordan farq kilmaydi. Motor rejimidan generator rejimiga o‘tkazish uchun, stator chulg‘ami tarmoqqa ulangan holda birlamchi motor yordamida asinxron mashinaning rotorini stator maydonining aylanayotgan tomoniga aylanish chastotasini maydon aylanish chastotasidan katta (n > n1) qilib aylantiriladi. Bu holda mashinaning sirpanishi
(4)
manfiy ishoraga ega bo‘ladi. Amalda asinxron generatorning normal ish rejimida ( - s ) < (6 - 8) % bo‘ladi.
Asinxron mashina generator rejimda stator va rotor chulg‘amining o‘tkazgichlari aylanma maydon bilan go‘yo qarama-qarshi yo‘nalishda kesishadilar. Motor rejimda mazkur o‘tkazgichlar mos yo‘nalishda kesishadilar. SHu sababli generatorning vektor diagrammasida (demak, ning ham) va vektorlarining yo‘nalishlari shartli ravishda teskari fazada qo‘yilishi kerak.
Rotor toki xususida mulohazalar quyidagilardan iborat. Rotor tokining umumiy ifodasi:
(5)
Rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi
(6)
o‘zining ishorasini o‘zgartiradi, chunki sirpanishning ishorasi manfiy
(—s); rotor tokining reaktiv tashkil etuvchisi esa
(7)
o‘zining ishorasini o‘zgartirmaydi (ya’ni motor rejimidagi kabi bo‘ladi), chunki (-s)2 — musbat kattalik.

8-rasm. Asinxron generatorning vektor diagrammasi
Rotor toki aktiv tashkil etuvchisining o‘z ishorasini o‘zgartirishi, elektromagnit momentning ishorasini o‘zgartiradi, demak, u torrmozlovchi moment bo‘ladi, reaktiv tashkil etuvchisining o‘z ishorasini saqlab qolishi, motor rejimidagi singari, magnit maydonni hosil qilish uchun mashina tarmoqdan magnitlovchi tokni oladi.
Asinxron generatorning vektor diagrammasi 8, a - rasmda ko‘rsatilgan. Bundan ko‘rinishicha , generator rejimda burchak va, demak, . Bu “sa aktiv quvvatning iste’mol qilinishini emas, balki tarmoqqa berilishini ko‘rsatadi.
Vektor diagrammada stator toki ,
(8)
Tenglamalar sistemasidagi asinxron mashina toklarining muvozanat tenglamasidan topiladi, ya’ni:
(9)
kuchlanish U1 ham (8) dagi kuchlanish va EYUK lar muvozanat tenglamasidan aniqlanadi, ya’ni:
(10)
Vektor U1 tarmoq kuchlanishini ifodalaydi. Tarmoq kuchlanishini muvozanatlovchi generator kuchlanishining vektori U1G qarama-qarshi yonalishga ega bo‘ladi, ya’ni U1G = - U1. Generatorning tarmoqqa beradigan aktiv quvvatini rostlash rotorning burchak tezligini o‘zgartirish orqall erishiladi. Asinxron generatorning ish xarakteristikalarini (8, b - rasm) doiraviy diagrammadan yoki almashtirish sxemasidan aniqlab qurish mumkin. Yuklamaning oshishi bilan kuchlanish U 1G = const qilish uchun rotorning aylanish chastotasi n oshiriladi.
Asinxron generatorning elektr tarmog‘i bilan parallel ishlashi
9, a - rasmda asinxron generatorning sinxron generator bilan parallel ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda mashinalar va tarmoq orasida, hamda o‘zaro mashinalar orasida aktiv (P) va reaktiv (Q) energiyalarning yo‘nalishi strelkalar bilan ko‘rsatilgan. 9, b - rasmda sinxron generator ish rejimiga asinxron generatorning salbiy ta’siri yaqqol tasvirlangan. Kuchlanish vektori U1 ni sinxron generator (SG ) bilan urnumiy yuklamaga parallel ishlalayotgan asinxron generator (AG) ning kuchlanishi deb hisoblash kerak.
Bunday izohlashda vektorini asinxron mashinaning stator chulg‘amiga berilgan tarmoq kuchlanishi vektori U1 ga nisbatan 1800 ga burish kerak, va bu holda AG ning tok vektori kuchlanish vektori U1 dan oldin keladi (9, b - rasm). AG da U1 dan oldin keladigan tokning reaktiv tashkil etuvchisi mavjudligidan SG da ham shunday tok bo‘lib, bu vektor esa kuchlanish vektori U1 dan orqada qolgan bo‘ladi. SHu sababli burchak bo‘lib, natijada nisbatan kamayadi (bu yerda — AG ulanmagan holdagi SG ning kuchlanish USG = U1 va tok ISGvektorlari orasidagi siljish burchagi).
AG ni qo‘zg‘atish uchun tarmoqdan reaktiv energiyaning olinishi uning kamchiligi hisobanadi, chunki u energiya manbasi bo‘Iib ishlaganda, iste’m olchilarga aktiv energiya bilan bir qatorda reaktiv energiya ham berishi (masalan, transformator va asinxron motorlarda magnit maydonni hosil qilish uchun) kerak bo‘ladi. SHu sababli AG lar ayrim hollarda kam quvvatli GES va shamol elektr stanstansiyalarida ishlatiladi.



9- rasm . Asinxron va sinxron generatorlarning parallel ishlashi (a) va vektor diagrammasi (b); Q —reaktiv quvvat.


Ta’kidlash lozimki, ilmiy izanishlar natijalarining ko‘rsatishicha, elektr energetika sistemasida katta quvvatli AG sinxron generatorlar bilan parallel ishlatilganda kam chastotali tebranishlarni sondirishda ahamiyatli ekanligi isbotlangan.
Elektr tarmog‘iga ulanmagan asinxron generatorning o‘z- o‘zini qo‘zg‘atishi va yuklama bilan ishlashi
Asinxron generatorning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi. Bunday rejimda AG ni qo‘zg‘atish rotor o‘zagidagi qoldiq magnit maydoni va stator chulg‘amiga ulanadigan kondensatorlar yordamida amalga oshiriladi (10, a-rasm).
AG ning stator chulg‘amiga kondensator S ulanganligidan tok I1= IC ning kuchlanishiga nisbatan oldin keladi (10, b - rasm). Agar qoldiq magnit oqim (Fqol) bo‘lsa, rotor aylanganda stator chulg‘amida kam miqdordagi Eqol hosil bo‘ladi (10, d - gasm). Uning ta’siridan “stator chulg‘arni — kondensatorlar” zanjirida kuchlanish vektori U1 dan oldin keluvchi reaktiv tok IC vujudga keladi. Bu tokning reaktiv tashkil etuvchisi I1 oqim F bilan bir xil yo‘nalishda bo‘ladi. SHuning uchun sig‘im toki Ic ning stator chulg‘amida hosil qilgan MYUK mashinani magnitlaydi.

10 - rasm. O‘z - o‘zini qo‘zg‘atishli asinxron generator (a), vektor diagramma (b) va AG ning o‘z - o‘zini qo‘zg‘atish jarayonini tushuntirishga oid (d)


O‘z - o‘zini qo‘zg‘atish jarayoni AG va kondensatorlarning kuchlanishlari teng bo‘lgunga qadar, ya’ni
(11)
davom qiladi. Bunda
(12)
- AG ning induktivligi; S - bir fazaga to‘g‘ri keladigan sig‘im.
Kondensatorning sig‘imi kamaytirilsa, Uc = Ic xc xarakteristikaning og‘ish burchagi kattalashib, AG ning kuchlanishi kamaya boradi va Icxc to‘g‘ri chizig‘i salt ishlash egri chizig‘ining to‘g‘ri chiziqli qismi bilan mos tushganda AG o‘z - o‘zini qo‘zg‘ata olmaydi (7, c - rasm).
Birlamchi motor bilan asinxron generator rotorini aylantirib
(13)
formula bilan aniqlanadigan aylanish chastotaga erishganda, statorda chastota tebranishlari vujudga keladi va —chastotaning eng yuqori kritik qiymati > bo‘lganda o‘z - o‘zini qo‘zg‘atish buziladi.
Asinxron generatorning yuklama bilan ishlashi. Sirpanishni aniqlash s=(n1—n)/n1, formulaga binoan yuklama bilan ishlayotgan AG kuchlanish chastotasini f1=const qilish uchun sirpanishning o‘zgarishiga mos ravishda aylanish chastota n ni o ‘zgartirish lozim bo‘ladi. Buni amalga oshirish murakkab hisoblanadi, chunki birlamchi motorning aylanish chastotasi regulator (rostlagich) bilan o‘zgarmas qilinganda AG ning sig‘imi va yuklamaning o‘zgarmas qiymatlarida chastota pasayadi.
Bu quyidagicha tushuntiriladi. AG yuklama bilan ishlaganda, stator chulg‘amining induktiv va aktiv qarshiliklarida kuchlanish pasayishi tufayli, uning kuchlanishi biroz kamayadi. Bunga yana ikkinchi sabab, odatda, yuklama bilan ishlaganda AG ning magnitlovchi toki ham biroz kamayadi, chunki kondensator tokining bir qismi rotor tokining reaktiv tashkil etuvchisini va yuklama tokini qoplashga sarflanadi.
Kuchlanishning kamayishi AG magnit sistemasining to‘yinish darajasini kamaytiradi va natijada, asinxron mashinaning induktivligi L1 ortadi; uning ortishi esa ) formulaga binoan, chastota f1 ning kamayishiga olib keladi va formulaga asosan, kondensatorning induktiv qarshiligi ortadi, natijada esa, tok kamayadi. Demak, AG ning ishiga yuklamaning xarakteri katta ta’sir qilar ekan.
Agar AG ning yuklamasi sof aktiv bo‘lganda kondensatorlarning quvvati generatorning reaktiv quvvatiga teng bo‘lishi lozim bo‘lsa, aktiv - induktiv yuklamada esa yuklamani ham reaktiv quvvat bilan ta’minlash maqsadida kondensator batareyasining quvvatini oshirish zarur bo‘ladi.
O‘z - o‘zini qo‘zg‘atadigan AG kondensator batareyasining quvvati ancha katta, ya’ni nominal quvvatining 70 - 100 % ni tashkil qiladi. Bu esa qurilmaning tannarxini oshiradi.
Amaliy jihatdan, tarmoqqa ulanmagan AG ni sof aktiv yuklama bilan ishlatishda kuchlanish va chastotaning o‘zgarish xarakteristikalari etarli darajada qanoatlanarli bo‘lmaganligidan AG larning qo‘llanish sohalari cheklangan.
Asinxron mashinalarning ishga tushirish xarakteristikalari yaxshiligi tufayli ularni aviamotorlarni ishga tushirish uchun startyor sifatida foydalaniladi. So‘ngra generator rejimga o‘tkazilib samolyot bortida o‘zgaruvchan tok manbasi sifatida ishlatilishi mumkin.
O‘z - o‘zini qo‘zg‘atishli asinxron generatorlar rostlanuvchi elektr yuritmada ishlatilishi mumkin (masalan, rekuperativ tormozlashda).
Asinxron mashina generator sifatida avtomobil va traktorlarda ishlatiladigan dizel motorlarini sinash stendlarida ishlatiladi. Bunda motor sovuq paytida asinxron mashina elektr motori sifatida ishlab, uni qizdiradi va keyin, u generator rejimiga o‘tkaziladi. Bu holda AG tormozlovchi momentni hosil qilib, avtomobil va traktor motorlariga yuk vazifasini bajaradi.
Qo‘lda ishlatiladigan elektr instrumenti uchun yuqori chastotali elektr energiya manbayi sifatida; avtomatik boshqarish sistemalarida, ergashuvchi elektr yuritmada va hisoblash qurilmalarida ichi kavak yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron taxogeneratorlar qo‘llaniladi.

Avtonom elektr ta’minot tizimi uchun asinxron generatorlar




Asinxron generator- generator rejimida ishlaydigan asinxron mashina; mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi. Asinxron generator xarakatlantiruvchi dvigatel yordamida magnit maydon yonalishida katta tezlik bilan aylantiriladi. Bu vaqtda asinxron generator rotorinint sirpanishi manfiy bo‘lib qoladi, mashina valida tormozlovchi moment vujudga keladi va energiyasini tarmoqqa berib, generator sifatida ishlaydi. Asinxron generatordan kichik quvvatli yordamchi elektr tok manbai va tormozlash qurilmasi sifatida foydalaniladi.
Asinxron generatorning parametrlari va ish rejimlariga stator va rotor chulg‘amlari sxemasi va tuzilishining ta’siri masalalari ko‘rib o‘tilgan.

Shamol energiyasidan foydalanishni xayot faoliyat xavfsizligi jixatlarini taxlil qilish




O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan mulkchilikni barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, sanoat, qurilish, davlat va jamiyat tashkilotlarining, qanday sohaga mansubligidan qat’i nazar, ushbu korxonalarda faoliyat yuritayotgan har bir mas’ul shaxsga quyidagilarni mukammal o‘rganishi va bilishini ta’minlash: Hayot faoliyat xavfsizligining umumiy qoidalari va qonuniyatlari; xavfsizlik texnikasini umummuhandislik asoslari; ishlab chiqarish sanitariyasi; avariyalar, yong‘in va portlash xavfsizligi masalalarini ilmiy asoslab, uni amaliy echimini topish usullarini o‘rgatish; sanoat xavfsizligi saboqlari; ishlab chiqarish korxonalarida shikastlanish va kasb kasalliklariga qarshi kurashishning zamonaviy usullari va muhofaza vositalarini qo‘llash natijasida baxtsiz hodisalardan, zaharli moddalardan samarali himoyalanishni, yong‘in, portlash va favqulotda hodisalarini oldini olishda amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amaliyotda tatbiq etish, bajarilishini ta’minlashdan iboratdir.
Hayot faoliyat xavfsizligi sohasi bo‘yicha korxona va tashkilotlarda muntazam ravishda manitoringlar o‘tkazib, ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqara oladigan, etuk saviyadagi bilimga ega bo‘lgan mutaxassis xodimlarni tayyorlashdan iborat hisoblanadi.
Korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlash
Korxonalarda xavfsizlikni ta’minlash va ish sharoitlarini yaxshilash ma’muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlarida yozib qo‘yilgan.
Ma’muriyat tarkibiga kiruvchi rahbar xodimlar, ya’ni xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qiluvchi, ishlab chiqarishdagi xodimlarni boshqaruvchi, moddiy mablag‘larni taqsimoti zaruriy texnik tadbirlarga ishlatish va uni nazoratini olib boruvchi shaxslar kiritiladi.
Ma’muriyat xodimlarining xavfsiz va sog‘lom ish sharoitlarini tashkil qilish talablari hamda majburiyatlari shundan iboratki, ular xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati va uni so‘zsiz amalga oshirish davlat va xalq manfaatlarini yaxshi tushungan bo‘lishlari, xavfsiz mehnat sharoiti tartibini saqlay bilishlari, ishchilarni mehnat intizomini saqlash va ishga rag‘batlanish, ish unumini oshirish darajasini bir necha o‘n yil oldindan ko‘ra biluvchi shaxs bo‘lishi lozim.

Yo‘l – yo‘riqlar o‘tkazish va ishchilarni xavfsiz


ishlash usullariga o‘rgatish


YUqori malakali mutaxassislar tayyorlash va sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va jarohatlanishga olib keladigan omilarni butunlay yo‘qotish sanoat korxonalari rahbarlari oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Hozirgi zamon fan va texnikasining o‘sishi yangidan yangi texnologiya va mashina-mexanizmlarning joriy etilishi, ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnika qonunlarini tushunadigan va unga amal qiladigan bo‘limlarini talab qiladi. Hozirgi vaqtda ishchilar xavfsizligini ta’minlash borasida qanchadan-qancha tavsiyanomalar, qoida va normalar ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramasdan sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning butunlay yo‘qolib ketishini ta’minlovchi sharoit mavjud emas.
Bundan tashqari sanoat korxonalarining xilma-xilligi, hattoki ma’lum bir korxonada ham ish sharoiti bir-biriga o‘xshash ikkita sexni topish amri mahol ekanligi, umumiy sanoat korxonalari xavfsizligini ta’minlovchi, tartibga solingan retsept ishlab chiqarish mumkin emas. SHuning uchun ham har bir sanoat korxonasi o‘zi uchun mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan instruktajlar sistemasi tashkil qilingan va bu sistealar ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o‘rgatish bilan ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
Yo‘l - yo‘riqlarlarni asosan to‘rt gruxga bo‘lib qarash mumkin: 1) kirish yo‘l - yo‘riqlari; 2) ish joyidagi yo‘l - yo‘riqlari; 3) vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan yo‘l – yo‘riqlar va 4) rejadan tashqari yo‘l - yo‘riqlar.
Sanoat jarohatlanish va kasb kasalliklarining o‘rganish usullari
Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarni va baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaruvchi xavfli holatlarni va baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlash ularni yo‘qotish chora-tadbirlarini ko‘rishga qaratilgan. Bu ishlar asosan oqilona ish usullarini qo‘llash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan holi bo‘ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amalga oshiriladi.
Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi.
1. Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishning materiallarini tahlil qilishga asosolangan. Bu usul sanoat jarohatlanishi tahlil qilish uchun asosiy material bo‘lishdan tashqari, baxtsiz hodisalarni kamaytirish uchun chora-tadbirlar ko‘rish uchun amaliy ma’lumot beradi. Bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffitsienti va jarohatning og‘irligi koeffitsientining o‘rtacha ko‘rsatgichini olish imkoniyatini beradi.
Statistika usulini ikkiga bo‘lib qarash qabul qilingan:bular gruppa usuli va topografiya usulidir.
Gruppa usuli. Statistik usulning tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz hodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan(masalan vaqti va sodir bo‘lgan joyi, baxtsiz hodisaning xususiyatini va H. Q. )gruppalangan holda, takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Topografik usul. Bu usul ham gruppa usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, quyidagi hollarda qo‘llaniladi:gruppa usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi ma’lumotlarni har xil shartli belgilar bilan belgilab(masalan, (N-I), ish uchaskalarining planida baxtsiz hodisa yuz bergan joylarga qo‘yil chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlanishi haqida ko‘rgazmali ma’lumot olinadi.
Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi normalari mehnat xavfsizligi standartlari sistemasi "Ish zonasi mikroiqlimi" (GOST 12,1005-76)ga asosan belgilangan. Ular gigienik va texnik iqtisodiy negizlarga asoslangan.
Sanoat korxonalari xonalarining xarakteri, yil fasllari va ish kategoriyasiga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan normalari belgilangan.
Ish kategoriyalari quyidagicha belgilanadi:engil jismoniy ishlar (1 kategoriya)-o‘tirib,tik turib yoki yurish bilan bog‘liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo‘riqish yoki yuklarni ko‘tarishni talab qilmaydigan ishlar,energ iya sarfi soatiga 150 kkal (172 J.S) ni tashkil etadi. Bunga tikuvchilik korxonasi,aniq asbobsozlik va shu kabi korxonalar kiradi.
O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlar(11 kategoriya)-soatiga 150-250 kkal (172-293 J.S) energiya sarflanadigan faoliyat turlari kiradi. Bunga doimiy yurish va og‘ir bo‘lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Masalan,yig‘iruv-to‘qish ishlari, mexanik-yig‘uv, payvandlash sexlaridagi ishlar shular jumlasidandir.
Og‘ir jismoniy ishlar (111 kategoriya)-muntazam jismoniy zo‘riqish xususan og‘ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish va ko‘tarish bilan bog‘liq ishlar kiradi. Bunda energiya sarfi soatiga 250 kkal (293 J.S) dan yuqori bo‘ladi. Bunday ishlar temirchilik,kuyuv va boshqa qator sexlarda bajariladi.
Sanoat korxonalarini shamollatish
Inson hayotida havoning ahamiyati juda katta bo‘lib, uning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari tarkibida har xil moddalarning bo‘lishi, havodan nafas olib, mehnat qilayotgan kishilar uchun juda muhim. CHunki havoning tozaligi inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
Er atmosferasi quruq havo bilan ma’lum miqdordagi suv bug‘larining aralashmasidan tashkil topgan. Quruq atmosfera havosining tarkibi 78% azot, 20,9% kislorod, 0,93% argon, 0,03% karbonat angedridi va kam miq-dorda geliy, neon, kripton va boshqa gazlar bo‘lib shulardan inson uchun eng zaruri havo tarkibidagi kislorodning mavjudligidir.
Havo holati uning bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi, namlik sig‘imi, nisbiy namligi, issiqlik sig‘imi va boshqalar bilan belgilanadi.
Korxonalardagi ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamollatish yo‘li bilan tozalanib, zaharlanish va kasbiy kasallaklarni oldini olishga erishish mumkin hisoblanadi.
Sanoat korxonalarini yoritish usullari


Yorug‘lik manbalariga nisbatan sanoat korxonalarini yoritish ikki usulda:
1) tabiiy quyosh yorug‘ligi yordamida yoritish (bunda quyosh tarqatayotgan nurdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’sirida yorug‘lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug‘ligidan foydalaniladi);
2) quyosh yordamida yoritishning iloji bo‘lmagan sanoat korxonalari xonalarini va quyosh botgandan keyin umuman sanoat korxonalarini elektr nurlari yordamida sun’iy yoritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tabiiy yorug‘lik o‘zining barcha xususiyatlari bilan suniy yoritilishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug‘lik inson ko‘rish organlari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo‘lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug‘lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko‘z uchun juda foydali. Tabiiy yorug‘lik yoritilish zonasi bo‘ylab bir tekis tarqaladi.
Sanoat korxonalarini tabiiy yorug‘lik bilan yoritish yon tomondan maxsus qoldirilgan oynalar orqali, juda katta sanoat korxonalarining yuqori tomonida maxsus qoldirilgan oynalari-framugalar va bu ikki holatni kombinatsiya qilgan holda amalga oshiriladi.
Suniy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda yoritish-umumiy yoritish va umumiy yoritishga qo‘shimcha ravishda ish joylarini maxsus yoritish bilan qo‘shib kombinatsiyalashtirilgan yoritilish usullari yordamida amalga oshiriladi.
Sanoat korxonalarini faqatgina ish joylaridagi yoritilish bilan qanoatlanishga mutlaqo ruxsat etilmaydi. Sanoat korxonalarining xonalari bir tekisda umumiy yoritilish usuli bilan yoritilgan bo‘lishi shart. Bunda ba’zi bir joylarda ma’lum miqdorda oshirilgan yoki qisman kamaytirilgan xolatlarga yo‘l qo‘yiladi, lekin har qanday holda ham umumiy sanoat korxonalari uchun sanitariya talablarini qondiradigan yoritilish bo‘lishiga erishish kerak.

Titrashning odamga ta’siri, titrashning normalari.




Titrash umumiy va qisman bo‘lishi mumkin. Umumiy titrashda inson organizmi butunlay titrash ta’sirida bo‘ladi, qisman esa inson organizmining ba’zi bir qismlarigina titrash ta’siriga tushadi. Umumiy titrashga transport vositalarini boshqaruvchilar, shtamp sistemalarini, yuk ko‘tarish kranlari va boshqa vositalarni boshqaruvchilar umumiy titrash ta’siri ostida bo‘ladi.
Qisman titrash ta’siriga qo‘lda ishlatiladigan elektr va pnevmatik qurilmalar bilan ishlayotganlar (qo‘lda silliqlash ishlarini bajaradigan vositalar, elektr drellari, betonni shibbalovchi vibratorlar va h.k.) tushadi. Ko‘pincha ishchilar har ikkala titrash ta’sirida bo‘ladi.
Umumiy titrashning 0,7 Gs dan kichik bo‘lgan chastotalari umuman titrash kasalligiga olib kelmaydi, ammo bunday chastotadagi titrashlar dengiz to‘lqinlari singari bo‘lganligi sababli, dengiz kasalligiga olib kelishi mumkin. Bunda odam ichki organlarining muvozanati buzilishi kuzatiladi.
Inson organizmining deyarli hamma qismlarida har xil chastotadagi titrashlar mavjud. Masalan, odam boshi, bo‘yni, yurak qismlari titrashlar sistemasi sifatida qaralishi mumkinki; bu o‘ziga yarasha og‘irlikka ega bo‘lib prujinasimon vositalar yordamida titrashlar vujudga keltiradi va bu titrashlarni so‘ndirishga harakat qiluvchi qarshiliklar gruppalari ham mavjud. Agar bu titrovchi qismlarga tashqaridan xuddi shu chastotadagi titrashlar ta’sir ko‘rsatsa, organizmda rezonans vujudga kelishi mumkinki, bu titrashni bir necha o‘n marta ortishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida organizm qismlarida siljishni vujudga keltiradi.
Masalan tik turib ishlaganda bosh, elka, bo‘yin va umurtqa qismlarining titrashi 4-6 Gs ni tashkil qiladi. O‘tirib ishlaganda boshning elkaga nisbatan titrashi 25-30 Gs ni, ko‘pchilik ichki organlarning titrashi 6-9 Gs atrofida bo‘ladi. Xuddi shunday chastotadagi titrash ta’siriga tushish katta asoratlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, ba’zan mexanik jarohatlarga olib kelishi mumkin.

Mashina va agregatlarda titrashni kamaytirish usullari




Titrashni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash, mashinasozlik sanoatining asosi bo‘lgan mashinasozlik sexlarini butunlay mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni unutmagan holda olib borish kerak. CHunki titrash ta’sirini butunlay yo‘qotishning birdan-bir chorasi - butun texnologiyani avtomatlashtirish va titrash zonalariga odamlarning kirmasligini ta’minlashdir. CHunki sexlar masofadan turib boshqarilsagina, titrash ishchiga ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilmagan ishlab-chiqarish uchastkalarida titrashni quyidagi kamaytirish usullaridan foydalaniladi:
1) Titrashni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish.
2) Tarqalish yo‘lida kamaytirish.
Z) Maxsus ish sharoiti tashkil qilish yo‘li bilan titrashta’sirini kamaytirish.
4) SHaxsiy muhofaza aslahalaridan foydalanish.
5) Sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini belgilash.
Bitta erkinlik darajaga ega bo‘lgan sistema titrash tenglamasini tahlil qilish xulosasi sifatida titrashga qarshi kurashning qu­yidagi usullaridan foydalanishmumkin:
1) Titrash ajralib chiqayotgan manbaiga ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan kamaytirish;
2) Rezonansrejimini yo‘qotish mexanizmning oqilona massasini tanlash yo‘li bilan yoki titrovchi sistemaning ustuvorligini oshirish yo‘li bilanamalga oshiriladi.
Z) Vibrodempfirlash usuli titrash energiyasini boshqa turdagi energiyalarga aylantirish hisobiga amalga oshiriladi.
4) Titrashni dinamik so‘ndirish - bunda sistemaga titrovchi tayanch orqali ma’lum kuch qo‘yish natijasida, titrashni fundamentga o‘tmasligi ta’minlanadi.
5) Mashina elementlari va qurilish konstruksirlarini o‘zgartirish yo‘li bilan kamaytiriladi.

Shovqinning zararli ta’siri, normalari.




SHovqin darajasiga va xarakteriga qarab, shovqinlar odam organizmiga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’sir darajasining o‘zgarishiga shovqinning ta’sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham shovqin hamma uchun bir xil ta’sir ko‘rsatadi deb bo‘lmaydi.
Uncha katta bo‘lmagan shovqinlar (50-60dB) ham inson asab sistemasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa bunday shovqinlarning ta’siri aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘proq seziladi. Bundan tashqari bunday shoviqinlarning ta’siri har xil odamda har xil bo‘ladi. Ba’zilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bermaydilar, ba’zilar esa keskin asabiylashadi.
Bunday shovqinning ta’sir ko‘rsatishi odamning yoshiga, sog‘lig‘iga va bajaradigan ishiga, kayfiyatiga va boshqa omillarga bog‘liq.
SHovqinning zararli ta’siri, shuningdek doimiy shovqinlardan farqliligiga, masalan musika tovushlari, odam so‘zlashgandagi tovushlarga odam mutlaqo befarq qaraydi, xuddi shu darajadagi begona shovqinlar uni asabiylashishga olib keladi.
Ma’lumki, ba’zi bir jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlar, masalan qon bosimi, ichak va oshqozon yarasi va ba’zi teri kasalliklari, asab kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning mehnat qilish va dam olish rejimlari umuman kasallik tufayli buzilgan bo‘ladi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bo‘lishi ularning nihoyat darajada toliqishiga olib keladi, agar bu shovqinlar tunlarda bo‘lsa, og‘ir asoratli kasallarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar shovqin darajasi bunday hollarda 70 dBga teng bo‘lsa, u bunday toliqqan bemorlar organizmida fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. YOsh va sog‘lom odamlar uchun bunday shovqinlar butunlay zararsiz deyish mumkin.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish