Shakillanishi va rivojlanishi reja: Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining predmeti va vazifalari



Download 129,5 Kb.
bet5/14
Sana30.12.2021
Hajmi129,5 Kb.
#87054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1-maruza

ABU NASR FAROBIY. Abu Nasr ibn Uzlug’ ibn Taron Farobiy 873-yili Toshkentning shimoli-g’arbida joylashgan, keyinchalik tarixda o’tror nomi bilan shuhrat qozongan Farobda xizmatchi oilasida tug’ildi. Farobiy o’z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi edi. U bu sohada o’nlab ilmiy asarlar yaratdi. Asarlarining umumiy miqdori 160 dan ortiq bo’lib, ular astronomiya, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot, kimyo sohalarini qamrab oladi.
Farobiyning tabiatshunoslikka doir asarlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, ularda inson va hayvonlar tana a'zolari, ular faoliyatining bir-biriga o’xshash tomonlari va boshqa qator ilmiy jihatlari keng yoritilgan.

Inson organizmi, uning faoliyatini Farobiy bir butun va yaxlit tizimdan iboratligini, kasalliklar asosan ovqatlanishning buzilishi bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tgan.


Farobiy Yevropa olimlari, xususan, rus fiziologi I.M.Se-chenovdan 1000 yillar avval fiziologiya fanining fundamental asosi bo’lgan birlamchi va ikkilamchi signal sistemasining rivojiga ilmiy asos solgan.
Farobiy o’z asarlarida sun'iy (inson yordamida) turlarning vujudga kelishi singari tabiiy ravishda (inson aralashuvisiz) o’simlik va hayvonlar turlarining paydo bo’lishini ham dunyoda birinchi bo’lib ta'riflab, bu masalani Ch.Darvindan 1000 yil avval hal qilgan edi.
BERUNIY. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy buyuk o’zbek qomusiy olimi, o’rta asrlar va undan keyingi davrlarning yetuk mutafakkiridir.
Beruniy 973- yili Xorazmning Kiyot (hozirgi Beruniy shahrida) tug’ilgan. Beruniy 1004- yilda Qobus ibn Vushmagirga bag’ishlangan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” deb nomlangan asarini yozadi.
Beruniy asarlariga tabiatga oid juda ko’p ma'lumotlar kiritilgan. Masalan, O’rta Osiyo, Hindiston va Afg’onistondagi qazilma boylik (dorivor o’simliklar, hayvon)lar, ularning foydali xislatlari haqida ma'lumotlar berilgan. Beruniyning ilmiy qarashlari “Mineralogiya”, “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya”, “Mas'ud qonuni” kabi asarlarida keng yoritilgan.
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy Eron shimolida keng tarqalgan tropik o’simliklar va hayvonot dunyosini ta'riflaydi. Beruniyning “Kitob as-Saydana-fit-tibbi” (“Tabiatda dorishunoslik”) asari 1927- yilda Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonalarning biridan topilgan. Bu kitobda 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf, sayyohlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Beruniyning tabiiy va sun'iy tanlanish haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Agar Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa,

bu holda hayvon va daraxtlarning ko’payishiga, daraxtning o’sishiga o’rin qolmaydi, deya ta'kidlagan edi alloma.


Beruniyning “Tabiatda dorishunoslik” asarida dorivor o’simliklar tasnifi ham berilgan. Beruniy o’z asarlari bilan tabiat fani tarixiga asos solgan.

Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish