“shajarayi turk” asaridagi etnonimlarning lug’aviy tarkibi va nomlanish motiviga ko’ra turlari
Sirojiddin Mamadaliyev
Farg’ona davlat universiteti filologiya fakulteti 1-kurs magistranti
Tilshunoslikning onomastika bo‘limiga oid bo‘lgan etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan. Bunday etnik birliklar o‘zida ma’lum bir axborot tashiydi. Ular qadimiy so‘zlar bo‘lgani uchun xalqlarning etnogenezini, turmush tarzi, tili va diniga oid ko‘pgina ma’lumotlarni mujassam etadi, shuning uchun ham etnonimlarni chuqur tadqiq etish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Etnonim so‘zi yunoncha bo‘lib, ethnos – xalq +onuma – atoqli ot so‘zlaridan tashkil topgan. Har qanday etnos (urug’, qabila, elat, xalq, millat va boshqalar) ning nomi bir tilda mavjud etnonimlar majmuyi, yig’indisi, ro‘yxati etnonimiya, nomshunoslikning, shuningdek, tarix, etnografiya fanlarining etnonimlarni tadqiq qiluvchi sohasi esa etnonimika deb yuritiladi. [1, 95].
Har bir millat, xalq nomining o‘ziga xos ma’nosi, nomlanish sabablari bo‘ladi. O‘zbek xalqi elat bo‘lib, ma’lum tarixiy davrda, ma’lum hududda, mahalliy etnoslar asosida, turli davrlarda kelib qo‘shilgan etnik komponentlarning aralashib borishi natijasida yanada shakllanib, rivojlanib borgan. O‘zbek xalqining ajdodlari ham elat bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm hamda ularga tutash hududlarda shakllanib borgan. O’zbek tili turkiy tillar orasida eski yozuvli til bo’lib, tarixiy yozma yodgorliklarga nihoyatda boydir. Ushbu yozma yodgorliklarda atoqli otlarning boy lisoniy materiallari mavjud. “… o’zbek tilidagi tarixiy nomlarning materiallari shu kunga qadar deyarli tadqiq qilingan emas. Bu fikr o’zbek tilidagi tarixiy joy nomlariga , shaxs atoqli otlari va nomlarining boshqa xil tiplariga to’lig’icha tegishlidir. Natijada, o’zbek tili tarixida mavjud bo’lgan va ko’plab tarixiy yozma yodgorliklar hamda tarixiy asarlar tilida saqlanib turgan son-sanoqsiz atoqli otlar, ularning paydo bo’lishi, yasalishi va shakllanishi, ma’no va vazifaviy xususiyatlari boshqa xil lisoniy thamda tarixiy madaniy, ma’rifiy tomonlari fan uchun qorong’uligicha qolmoqda “ [6, 21].
Har bir millat milliy tilining o‘ziga xos xusususiyatlarini aks ettirgan muhim tarixiy manbalari mavjud bo‘ladi. Xususan, Abulg’ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari o‘zbek xalqi tarixi, urug‘lari va elatlarining o‘ziga xos etimologiyasini ochib beruvchi qimmatli material hisoblanadi. Ushbu asarda uchraydigan etnonimlar lug’aviy tarkibiga ko‘ra ikki xil:
1. Yakka holda uchraydigan etnonimlar: mang’it, qatag’an, chiychut, qiyot, turk, o‘zbek, qozoq.
2. Tarkibida izohli so‘zlar bo‘lgan etnonimlar. Bunda etnonim urug’, el, xalq so‘zlari bilan birgalikda keladi: ildurkin urug’i, budat urug’i, ungut eli, uyg’ur eli, tatar xalqi, jaloyir xalqi. [2, 13]. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |