Avshar eli – qadimiy urug‘lardan biri bo‘lib, arab geograflari Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladilar. Abulg‘ozi Bahodirxon avshar so‘zini “ishini ildam ishlamoqchi” deb izohlaydi. [4, 88].
Nayman eli – Naymanlar mo‘g‘ul urug‘i deb hisoblanar edi; olimlar naim so‘zi mo‘g‘ulchada “sakkiz” ma’nosini anglatadi deb aytadilar. “Bu qadim el turur, boshlari va mollari ko‘p bo‘lur erdi. Yurtlari mo‘g‘ul yurtinda bo‘lur. Qoraqurim tegan yerda va ekinlari bo‘lmas” [3, 36].
Toponimist olim S.Qorayev etnograf N.A.Aristovning nayman so‘zi Sibirdagi Nayma daryosi nomidan olingan degan fikrni bildirgani haqida ma’lumot beradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra naymanlar asli turkiy qabila bo‘lib, sakkiz o‘g‘uzlarni mo‘g‘ullar o‘z tiliga moslab nayman deb ataganlar. [4, 88]. Bundan ko’rinib turibdiki, muallif ayrim etnonimlarni qaysi tildan kelib chiqqaniga ham ayrim o’rinlarda to’xtalib o’tadi.
“Shajarayi turk” da ishlatilgan etnonimlarning ko’pchiligi aslida (tarixan ham) xalq, el, urug’ yoki nasab ma’nolarini bildiruvchi so’zlar bo’lgan. Muallif ularning tarixan qanday ma’noda paydo bo’lgani haqida ma’lumot bermaydi. Lekin ayrim etnonimlarni kishi nomlari bilan bog’liqligi, biror bir tarixiy shaxs nomidan kelib chiqqanligi haqida fikr-mulohazalar bildirgan. Masalan: Qo‘niqqimar eli –“O‘rmavit uruqindin bir kishi bor erdi. Aning uch o‘g‘li bor erdi. Ulug‘iga xalq Qo‘niqqimar ot qo‘ydi. Qo‘niqning ma’nosi ulug‘ temak bo‘lur. Bu vaqtda ham ulug‘ qarg‘ani qo‘niq qarg‘a derlar. Qimarning ma’nosi burun, ul kishining burni bisyor ulug‘ erdi. Aning uchun Qo‘niqqimar laqab qoldi. Barcha qo‘niqqimar uruqib kishining nasli turur” [3, 38]. Bundan ko’rinib turibdiki, qo’niqqimar etnonimi shaxs nomidan kelib chiqqan.
Qo‘nqirat eli – (hozirda Qo‘ng‘irot) “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, qayon naslidan bo‘lgan Cho‘rliq mergan degan kishining Qo‘nqirat degan o‘g‘li bo‘lgan va barcha Qo‘nqirat eli uning naslidan tarqalgan.
Etnik nomlar til lug’at tarkibida eng qadimiy so’zlar hisoblanadi. Etnik guruhlarni nomlash mezonlari turlichadir. Xususan, turli totem, tamg’a-belgi, rang-sifat, miqdor bildiruvchi so’zlar asosida paydo bo’lgan ernonim turlari mavjud. [5, 3].
Biz asardagi etnik nomlarning nomlanish sababiga ko’ra quyidagi turlarga bo’ldik:
Kishilarga xos bo’lgan xususiyatlar, mashg’ulotlar asosida paydo bo’lgan etnonimlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |