Qayon eli – bu so‘z “kuchli, tez” degan ma’noni anglatgan va shuning uchun xalq nomi shunday atalgan.
Qirg‘iz eli – O‘g‘uzxonning Qirg‘iz otli bir nabirasi bo‘lgan. Qirg‘iz eli shuning naslidan tarqalgan.
Qirayt eli – qiraytning ma’nosi qoraburan bo‘lib, bir kishining yetti o‘g‘li bor edi. Yettisi ham qora. Ularni xalq kiroytlar deb atashgan, shundan keyin ularning naslini shu nom bilan tarqalgan.
Qiyot eli – “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, bu so‘z mo‘g‘ulcha “tog‘dan oqqan sel” ma’nosida bo‘lib, qiyon so‘zining ko‘pligidir.
Qo‘nqirat eli – (hozirda Qo‘ng‘irot) “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, qayon naslidan bo‘lgan Cho‘rliq mergan degan kishining Qo‘nqirat degan o‘g‘li bo‘lgan va barcha Qo‘nqirat eli uning naslidan tarqalgan.
Qo‘niqqimar eli –“O‘rmavit uruqindin bir kishi bor erdi. Aning uch o‘g‘li bor erdi. Ulug‘iga xalq Qo‘niqqimar ot qo‘ydi. Qo‘niqning ma’nosi ulug‘ temak bo‘lur. Bu vaqtda ham ulug‘ qarg‘ani qo‘niq qarg‘a derlar. Qimarning ma’nosi burun, ul kishining burni bisyor ulug‘ erdi. Aning uchun Qo‘niqqimar laqab qoldi. Barcha qo‘niqqimar uruqib kishining nasli turur” [3, 38]. Bundan ko’rinib turibdiki, qo’niqqimar etnonimi shaxs nomidan kelib chiqqan.
Turqaq eli – “So‘ngaki ma’lum ermas, qaysi turkdin erkani. Ma’nosi saqchi temak turur. Podshohlari o‘zlarini saqlamoq uchun bir necha kishilarni eshiklari oldida navbatchilikka qo‘yishgan. Podshohni qo‘riqlaganlarni turqaqlar deb, keyinchalik xalq nomiga ko‘chgan”.
Uyg‘ur eli – ma’nosi “yopishg‘ur”. Qoraxonning o‘g‘li O‘g‘uzxon bir elni birlashtirib, shunday atagan.
Xalaj eli – bu so‘z aslida “Qol, och” (tarixiy voqea asosida) shaklida bo‘lib, talaffuzda Qoloch, Xalaj tarzida o‘zgarishlarga uchrab kelgan.
O‘rmanqit eli – “…bu elning yurtlari qalin yag‘ochning ichinda turur. Aning uchun O‘rmanqit ot qo‘ydilar” [3; 38]. Yashash joyiga nisbat berilgan etnonim hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, turkiy xalqlar uzoq shakllanish va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Bu taraqqiyot davomida turk ulusi turli xalqlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatgan. Etnonimlarning kishi nomlari bilan bog’liqligi, tarixiy shaxslarning nomidan kelib chiqqanligi yoki elatning doimiy bajaradigan mashg’uloti, xalqlarning yashash joylari asosida shakllanganligi yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdi. Etnonimlarning etimologiyasi masalasi tilshunos, tarixchi hamda etnograflarning hamkorlikdagi tadqiq obyekti bo‘lib, bunday birliklarning o’rganilishi xalq va millatning kelib chiqishi, etnogenezini aniqlashda yordam beradi.
Adabiyotlar:
Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. Наманган 2006. Б. 95.
Турдибеков М. Абулғози Баҳодирхоннинг “Шажарайи турк” асари ономастикаси. Автореферат. Тошкент 2001. Б. 13.
Абулғозий Баҳодирхон . Шажарайи турк. Т.: Чўлпон. 1992, Б. 1-187
Qorayev S. Toponimika. Toshkent 2006. B. 88.
Do'stlaringiz bilan baham: |