Шахс ва ўз-ўзини баҳолаш муаммоси



Download 204,13 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi204,13 Kb.
#498089
Bog'liq
Shaxs o\'z-o\'zini baxolash metodikasi


SHAXS VA О‘Z-О‘ZINI BAHOLASH MUAMMOSI
Maqsad: Shaxsning о‘z-о‘zini baholash
Zarur material. Shaxsning ayrim fazilatlarini xarakterlovchi sо‘zlar, saranjomlik, beg‘amlik, sermulohazalik, tajanglik, zehnli bо‘lish, g‘ururli bо‘lish, qо‘rslik, xushchaqchaqlik, g‘amxо‘rlik, hasadchilik, uyatchanlik, samimiylik, izlanuvchanlik, injiqlik, ishonuvchanlik, sustkashlik, xayolparastlik, vahimachi bо‘lish, qasoskorlik, matonatlik, nafislik, bemalollik, asabiylik, jur’atsizlik, о‘zini tuta bilmaslik, jozibadorlik, jizzakilik, ehtiyotkorlik, iltifotli bо‘lish, pedantlilik, harakatchanlik, gumonsirashlik, prinsipiallilik, shoironalik, kо‘rolmaslik, ochiq chehralik, shilqimlik, be’manilik, dadillik, ishga berilib ketib о‘zi­ni unutib yuborish, vazminlik, achinishlik, nomuslilik, chidamlilik, qо‘rqoqlik, qiziquvchanlik, sabotlilik, kо‘ngilchanlik, beparvolik, tashabbuskorlik.
Topshiriqning bajarilishi. О‘z-о‘zini baholash saviyasini miqdoriy ifodasini topishda quyidagi metoddan foydalaniladi.
Sinaluvchi oldin yuqorida keltirilgan sо‘zlar orasi­dan о‘zida mavjud bо‘lgan xislatlarni ifodalovchi sо‘z­larni topadi. Sо‘ngra о‘zida qanday xislatlar bо‘lishini xohlovchi sо‘zlarni topadi.
Sinaluvchi berilgan sо‘zlarni diqqat bilan kо‘rib chiqadi, sо‘ngra ularni ikki qatorga (har qatorga 10—20 gacha sо‘z) yozib chiqadi. Birinchi qatorga о‘zining idealiga mos, ikkinchi qatorga esa о‘zida bо‘lmasligini ifodalov­chi sо‘zlarni yozadi. Ikkinchi qatorni shartli ravishda «anti ideal» deb atashi mumkin. Birinchi qatordagi sо‘z­lar «ijobiy» kо‘plikni, ikkinchi qatordagi sо‘z­lar «salbiy» kо‘plikni tashkil etadi. Ular mezon bо‘lib hisoblanadilar.
Sо‘ngra sinaluvchi «ijobiy» va «salbiy» kо‘pliklar orasidan о‘zida bor xislatlarga mos bо‘lgan sо‘zlarni topadi. Bunda sinaluvchi mazkur xislatlarning qanday ifodalanganligi darajasini emas, balki uning о‘zida bor yoki yо‘qligini kо‘zda tutmog‘i lozim («Ha» yoki «Yо‘q»).

Bajarilgan topshiriq natijalarini ishlab chiqish. Sinaluvchi tanlab olgan fazilatlar soni har bir kо‘plik uchun sanalib chiqiladi va tegishli mezon qatoridagi umumiy sо‘zlar soniga taqsimlanadi; Agar ijobiy kо‘plik bо‘yicha koeffitsiyent birga yaqin bо‘lsa, bu sinaluvchi о‘zini ortiqcha baholab yuborgani va о‘ziga tanqidiy munosabatda bо‘lmaganidir. Salbiy kо‘p­lik bо‘yicha koeffitsiyentning ijobiy kо‘plik bо‘yicha nolga yaqinligi о‘ziga yetarli baho bermaganligidir.


Koeffitsiyentning 0,5 ga yaqin bо‘lishi sinaluvchining о‘ziga normal, о‘rta baho berishini kо‘rsatadi.
Shu bilan birga u о‘zini ortiqcha baholab yubormasdan, о‘z-о‘ziga tanqidiy yondashganligini kо‘rsa­tadi.
Topshiriqning bajarilishi. Bu eksperimentni ikki qator qilib yozib qо‘yilgan sо‘zlar orasida-gi bog‘lanishning koeffitsiyentini hisoblab chiqish yо‘li bilan о‘tkazish mumkin. Bunda sinaluvchi rо‘yxatda berilgan sо‘zlar orasidan tanlab olib ikki qatorga 20 tadan sо‘z yozib chiqadi. Birinchi qatorga sinaluvchiga kamroq ma’lum bо‘lgan fazilatni ifodalovchi sо‘zlar yoziladi. Undan keyin sinaluvchining kо‘ngliga kо‘proq yoqadigan fazilatni ifodalovchi sо‘zlar yoziladi va hokazo. Nihoyat, sinaluvchiga eng ortiq darajada yoqadigan fazilatni ifodalaydigan sо‘zlar yoziladi. Shundan sо‘ng sinaluvchi ikkinchi qatorni tuzadi. Uni sinaluvchi о‘zida kam dara­jada mujassamlashgan fazilatni ifodalaydigan sо‘zlardan boshlaydi. Sо‘ng sinaluvchi о‘zida kо‘proq mujas­samlashgan fazilatni ifodalaydigan sо‘zlarni yozadi va hokazo. Oxirgi о‘rinda esa sinaluvchi о‘zida eng kо‘p mujassamlashgan xislatlarni ifodalovchi sо‘zlarni yozadi.
Bajarilgan topshiriq natijalarini ishlab chiqish. Har ikkala qatorga yozilgan xossalarning tartib nomerlari ularning darajalari deb qabul qilinadi. U yoki bu xossani belgilab beruvchi nomerlar (darajalar) quyidagi formula yordamida hamma vaqt korrelyatsiyani hisoblab chiqish imkonini beradi.
Bunda - kо‘rilayotgan xossalar soni.
- daraja nomerlarining farqi.
Masalan, sinaluvchi quyidagi ikki qatorni tuzadi:

1. Hasadgо‘ylik.
2. О‘zini tuta bilmaslik.
3. Ishonuvchanlik.
4. Qasoskorlik.
5. Kо‘rolmaslik.
6. Gumonsirashlik.
7. Qо‘rqoqlik.
8. Xushchaqchaqlik.
9. Uyatchanlik.
10. Pedantlilik.
11. Odamovilik.
12. Achinishlik.
13. Izlanuvchanlik.
14. Nafislik.
15. Nomuslilik.
16. Tashabbuskorlik.
17. G‘amxо‘rlik.
18. Mag‘rurlik.
19. Ochiq chehralik.
20. Prinsipiallilik.

1. Ishonuvchanlik.
2. О‘zini tuta bilmaslik.
3. Hasadgо‘ylik.
4. Pedantlilik.
5. Gumonsirashlik.
6. Tashabbuskorlik.
7. Uyatchanlik.
8. Xushchaqchaqlik.
9. Qurqoqlik.
10. Qasoskorlik.
11. Nafislik.
12. Mag‘rurlik.
13. Prinsipiallilik.
14. Ochiq chehralik.
15. G‘amxо‘rlik.
16. Nomuslilik.
17. Izlanuvchanlik,
18. Nafratlilik.
19. Odamovilik.
20. Achinishlik.



Darajalar farqini aniqlaymiz:
Hasadgо‘ylik (1—3)=2;
О‘zini tuta bilmaslik (2—2)=0;
Ishonuvchanlik (3—1)=2;
Qasoskorlik (4—10)=6;
Kо‘rolmaslik (5—18) — 13 va xokazo.
Bizning misolga
22+02+22+62+132+12+0CH52+ +32+82+82+42+32+12+102+23+62+52+7=620.


D emak,
Download 204,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish